Qarshi davlat universiteti nemis tili va adabiyoti kafedrasi adabiyotshunoslik



Download 2,64 Mb.
bet4/77
Sana01.02.2022
Hajmi2,64 Mb.
#421590
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77
Bog'liq
Адабиётшунослик 2021

2. Badiiy g’oya. Badiiy asarda yozuvchi ifodalagan asosiy fikr, tasvir predmetiga bergan bahosi „asarning g’oyasi" deb ataladi. Yuqorida qayd etilganidek, ,,0'tgan kunlar"ning g’oyalaridan biri – o’zbek xalqining tarixidagi feodal o’tmishni, aniqroq aytganda, XIX asrda hukmron bo’lgan ijtimoiy tuzumni, u vaqtdagi urug’chilik va qabilaviy nizolarni „tariximizning eng kir, qora kunlari" tarzida ko’rsatishdir.
Badiiy asarda g’oya tasvir etilgan kishilarning ruhiyati, taqdiri, voqealar va narsalarning mohiyati ichiga shunchalik singib ketadiki, bu g’oyaga muallif tomonidan ishora qilinmagan holda ham, o’zimiz o’sha muallif chiqargan xulosaga kelamiz. ,,0'tgan kunlar"ning so’z boshisida asarning asosiy o’oyalaridan biriga ishora qilingan bo’lsa, „Mehrobdan chayon"da bunday ishora yo’q, ammo, baribir, biz Abdulla Qodiriyning so’nggi Qo’qon xonlari davridagi hayotga bergan bahosini payqab olamiz.
Badiiy asardagi g’oya san'at asarining mazmuniga asos bo’lgan umumlashtiruvchi, emotsional obrazli fikrdir. Oddiy g’oyalardan farqli o’laroq, adabiy asardagi g’oya „badiiy g’oya" deb ataladi.
Badiiy g’oya obrazli fikrdir. U faqat obyektiv tasvir etilgan hayot manzarasi, kishilar taqdiri, voqealar mantiqi va mohiyatidan kelib chiqadi. Biz ,,0'tgan kunlar"da XIX asrdagi o’zbek xalqi hayotining keng va haqqoniy manzarasini ko’ramiz: Otabek, Yusufbek hoji, Kumush va boshqalar orqali oddiy sarbon va shohi to’quvchidan tortib, xon saroyidagi amaldorlargacha bo’lgan xalqning hamma tabaqalari ko’z oldimizdan o’tadi. Biz faqat shu hayot manzarasini yozuvchi bilan birgalikda bevosita mushohada etish natijasidagina feodal o’tmishning „eng kir, qora" kunlar bo’lgani haqidagi haqiqatga yetamiz, romanning bosh g’oyasi vatanparvarlikka da'vat ekanini fahmlaymiz. Hayotiylik, obrazlilik badiiy asar g’oyasining juda zaruriy, muqarrar xususiyatidir.
Badiiy g’oyaning yana bir xususiyati uning umumlashtiruvchiligidir. Badiiy g’oya hayotdagi hodisa va kishilarni tipiklashtirib, individuallashtirib ifoda etadi. Badiiy g’oya hayotdagi hamma hodisa va kishilarni ko’rsatish yo’li bilan emas, balki bu hodisa va kishilarning eng muhim xususiyatlarini tasvirlash orqali ifodalanadi. Otabek, Yusufbek hoji, Kumush, Homid, Musulmonqul, Azizbek, O’zbek oyim va boshqalar XIX asr kishilari orasida eng xarakterli, ya'ni shu davrning mohiyatini yorqin ifoda etuvchi kishilardirlar. Xarakterlilik, ya'ni biror hodisaning mohiyatini to’la ifoda etib bera olish xususiyati har bir badiiy asarning mazmunini badiiy g’oyaga aylantiruvchi kuchli quroldir. Feodal hukmronlarning xalqqa cheksiz jabri, odamni qul hisoblashi, xalqning turli tabaqalari (qipchoqlar va qorachoponlar) orasidagi ittifoqsizlik va bundan foydalanishga intilishlari, ota-onaning farzandlar taqdiriga zo’rlik bilan aralashuvi, xalqning mustamlaka qulligiga tushishni istamasligi XIX asrning xarakterli xususiyatlaridir.
Badiiy g’oya - muallifning tasvir predmetiga munosabatini yorqin ifoda etuvchi g’oyadir. Bunday g’oya yozuvchining hislarini ifoda etgani va shu hislarni o’quvchiga ham yuqtira olgani uchun emotsional (ta'sirchan) kuchga ega bo’ladi. Darhaqiqat, ,,0'tgan kunlar" muallifi romanda tasvirlangan har bir kishiga nisbatan qanday munosabatda bo’lsa, o’quvchilarda ham ularga ana shunday munosabat tug’dira oladi.
Badiiy g’oya - bo’rttirilgan g’oyadir. XIX asr hayotida feodal tuzumning chiriganini va bolalarni ota-ona orzusi bilan zo’rlab uylantirish odatining halokatli ekanini tushungan kishilar juda kam bo’lgan. Ammo Abdulla Qodiriy o’z diqqatini xuddi shunday kishilarga qaratadi, ularning fazilatlari va fojiali hayotini bo’rttirib ko’rsatadi. Feodal davrni „tariximizning eng kir, qora kunlari" tarzida tushunishning o’zi hayotning mohiyatini chuqur anglash va bo’rttirib ifoda etish natijasidir. Bo’rttirilganlik, ayniqsa, Otabek obrazida yaqqol namoyon bo’ladi.
Shunday qilib, badiiy asardagi g’oya turmush hodisalari ustidan chiqariladigan oddiy mantiqiy xulosa emas, balki hayotni bevosita mushohada qilish, sinchiklab tadqiq etish va obrazli, emotsional ifodalash yakunidir. Bu yakun adabiy asar „tanasi"ning har bir hujayrasiga singib ketgan bo’ladi. Shu sababli badiiy asardagi g’oyani faqat bu asarning butun obrazli mazmuni orqaligina anglash mumkin.
Adabiy asarning bosh g’oyasi juda muhim bo’lishi mumkin, ammo bu asosiy g’oya badiiy asardagi butun „g’oyalar xazinasi"ni to’la ifoda etolmaydi. Badiiy asardagi xilma-xil g’oyalar majmuasi asarning g’oyaviy mazmunini tashkil etadi.

Download 2,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish