Murakkab moddani tashkil etgan atomlarning oksidlanish darajalari yig‘ndisi nolga teng.
Masalan, H2+1S+6O4-2 =+2+6-4х2= +8-8=0; H3PO4 da fosforning oksidlanish darajasi +5; Н+1, О-2. Vodorod va kislorodning oksidlanish darajalari yig‘indisidan oksidlanish darajasi noma’lum element topiladi. HMnO4; Н+1, О-8; +1-8=+7 +7 marganesning oksidlanish darajasini ko‘rsatadi.
Murakkab ionlarda atomlar oksidlanish darajalarining yig‘indisi ion zaryadiga teng.
NH4+(-3+4=+1), MnO4-(+7-8=-1), Cr2O72- (+12-14=-2),
SO42-(+6-8=-2), PO43-( +5-8=-3) va hokazo.
Bir elementni oksidlanish darajasining qiymati bir nechta bo‘lishi mumkin. H2S, S, SO2, SO3, H2SO3, H2SO4 dagi oltingugurtni oksidlanish darajasi
-2, 0, +4, +6, +4 ва +6 ga teng. Ularni ichida eng kichik oksidlanish darajasiga ega bo‘lgan element birikmasi (H2S) qaytaruvchi va eng yuqori oksidlanish darajasiga ega bo‘lgan element birikmasi (SO3, H2SO4) oksidlovchi bo‘ladi.
NH3, N2, N2O, NO, N2O3,NO2, N2O5, HNO2 va HNO3 birikmalardagi azotning oksidlanish daragasi -3, О, +1, +2, +3, +4, +5, +3 va +5 ga teng. Bu birikmalardan -3 oksidlanish darajasiga ega bo‘lgan birikma (NH3) qaytaruvchi va +5 oksidlanish darajasiga ega bo‘lgan birikma (HNO3, N2O5) oksidlovchilardir.
Ba’zi bir birikmalar, masalan, Fe3O4 da kislorodning oksidlanish darajasi -2, lekin Fe uchun bunday hisoblash kasr son +8|3 ga teng.
1. Agar atom-molekula yoki ion o‘zidan elektron bersa bunday reksiyalar oksidlanish reaksiyalari deyilib, shu jarayonda ishtirok etgan zarrachalar qaytaruvchilarga kiradi. Bunday jarayonda ayni elementning oksidlanish darajasi ortadi.
2. Agar atom, molekula, yoki ion o‘ziga elektron qabul qilsa bunday jarayon qaytarilish deyiladi. Bunda ayni zarrachaning oksidlanish darajasi kamayadi. Shu atom, molekula yoki ion oksidlovchi deyiladi.
3. Oksidlanish- qaytarilish reaksiyalari bir paytni o‘zida sodir bo‘ladi.
Bizga tanish bo‘lgan oddiy turdagi oksidlanish-qaytarilish reaksiyalariga misol – metallarning korroziyasidir. Ba’zi sabablarga ko‘ra, korroziya faqat metall sirtida ro‘y beradigan hodisa hisoblanib, ba’zida biz misli tom va haykallarning sirtini yashil bilan qoplanishiga guvoh bo‘lishimiz mumkin. Yana boshqa hollarda, hodisaning yanada chuqurroq ketishi va metallning strukturaviy birlik yo‘qolishiga guvoh bo‘lamiz, masalan temirning zanglashi. Korroziya – metall va tabiiy muhitdagi biron bir modda o‘rtasidagi reaksiya natijasida, metalning shu metall birikmasiga aylanish jarayonidir. Qachonki, metall korroziyaga uchraganida, har bir metall atomi o‘z elektronini yo‘qotadi, natijada anion bilan bog‘lana oladigan kation hosil qiladi va ionlar o‘zaro ion moddalarni tashkil qiladi. Ozodlik haykalidagi yashil qatlam Cu2+ ning karbonatlari va gidroksidlariga dalolat qilsa, temirning zanglashi Fe3+ ning gidroksidlaridir va kumushli buyumlarga dog‘ tushishi Ag+ ning sulfidlari bilan bog‘liqdir.
4-rasm. Ba’zi korroziya mahsulotlari. (a) misning oksidlanishi natijasida yashil qobiq paydo bo‘lishi. (b) temir korroziyasi sababli zangning hosil bo‘lishi. (c) kumush korroziyasi sababli qora dog‘larning paydo bo‘lishi.
Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalariga yana misol qilib, murakkab moddalarning oddiy elementlardan hosil bo‘lishi, barcha yonish bilan ketadigan reaksiyalar, batareyalardagi elektr toki ishlab chiqarish jarayoni kabi reaksiyalarni ham keltirish mumkin. Bu mavzuda biz oksidlanish jarayonining muhim qismlarini va unga doir bo‘lgan asosiy terminologiyalar bilan tanishib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |