Reaksiyalarning tartibini aniqlash. Bu usul Vant-Goff tomonidan taklif qilingan bo‘lib, agar reaksiya tenglamasi V=kCn hisoblansa, bu tenglama logarifmlanadi:
lgV = lgk+nlgC; y = lgV; A = lgk; B=n; x = lgC; y =A+Bx
Bu tenglama to‘g‘ri chiziq ko‘rinishini oladi. Tenglamani yechish uchun har xil konsentratsiyalarda reaksiya tezligi aniqlanadi. lgV bilan lgC orasidagi bog‘liqlik grafigi chiziladi. Absisa o‘qidagi lgV bo‘yicha ajralgan kesma lg K teng bo‘ladi. lgV bilan lgC orasidagi to‘g‘ri chiziqning og‘ishi yoki o‘tkir burchak tangensi reaksiyaning tartibidir (2-jadval).
2-jadval
Nolinchi, birinchi va ikkinchi tartibli oddiy reaksiyalar
Do'stlaringiz bilan baham: |