Qarshi davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi davlat boshqaruvida inson resurslari


-mavzu. Davlat boshqaruvidagi kadrlar malakasini oshirish tizimi va uni



Download 2,31 Mb.
bet97/248
Sana13.07.2022
Hajmi2,31 Mb.
#792586
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   248
Bog'liq
ДБИР O\'UM 13.06.2022 16.35

9-mavzu. Davlat boshqaruvidagi kadrlar malakasini oshirish tizimi va uni boshqarish


Reja:
9.1. Kadrlar malakasini oshirish shakllari: xodimlarni oʻqitish, qayta tayyorlash, malakasini oshirish. Tashkilot xodimlarini boshqarish tizimida kadrlarni kasbiy tayyorlashning oʻrni va roli.
9.2. Davlat sektorida kasbiy tayyorgarlikka qoʻyiladigan talablar. Oʻqishga boʻlgan ehtiyojni baholash.
9.3. Oʻquv maqsadlari va kutilayotgan natijalar. Oʻquv dasturlarini tuzish. Oʻqitish usullari va texnologiyalari.
9.4. Davlat xizmatchilari va mutaxassislarni xorijda tayyorlashni takomillashtirish asoslari.


Tayanch so’z va iboralar : akkreditatsiya, anketa soʻrovi, attestatsiya, baholash, bilim, davlat buyurtmasi, intellekt, iqtidor, kadrlar zahirasi, kadrlarni oʻqitish, kadrlarni kasbiy qayta tayyorlash, kadrlar malakasini oshirish, kompetentlik, koʻnikma, malaka, ma’ruza, mutaxassis, natija, raqobat, stajirovka, seminar, ta’lim dasturi, ta’lim standarti, uquv, xodim, ehtiyoj, oʻqitish usuli, oʻquv maqsadlari, qiziqtirish.


9.1. Kadrlar malakasini oshirish shakllari: xodimlarni oʻqitish, qayta tayyorlash, malakasini oshirish. Tashkilot xodimlarini boshqarish tizimida kadrlarni kasbiy tayyorlashning oʻrni va roli

Zamonaviy jamiyat bugungi kunda bilimlar jamiyatidir. Rivojlangan mamlakatlar soha mutaxassislarining fikriga koʻra, elita oliy ta’lim muassasalari eng yaxshi bitiruvchilarining oʻqish va amaliyot asosida olgan bilimlari besh yilga oʻz kuchini saqlashi mumkin, shundan soʻng bu bilimlar eskiradi va yangilanishi kerak. Agar oddiy tashkilot xodimlarining ish oʻrinlarida bu jarayonlar sodir boʻlsa, davlat boshqaruvi sohasida bilimlarni yangilash zarurati yanada kuchliroq boʻlishi tabiiy. Bu esa davlat xizmatchilarining qoʻshimcha kasb ta’limi masalalarini va kengroq ma’noda ularning malakasini oshirishning ustuvor yoʻnalishlariga dolzarb-lik kasb etadi. Qoʻshimcha kasb ta’limi (QKT) va uning jamiyat taraqqi-yotiga ta’siri masalalarini tadqiq etish uzoq vaqt davomida turli milliy ilmiy maktablar tomonidan amalga oshirib kelinmoqda.


Xorijiy tadqiqotlarda asosiy oʻrinni inson resurslarini ta’lim dasturlarida ishtirok etishi bilan va OTMlari bitiruvchilarini ishga joylashtirish (yoki xodimlarni yuqoriroq lavozim kar’yerasi boʻyicha harakatlanishi) oʻrtasidagi munosabatlarni oʻrganish egallaydi. Bu masalalar sotsiologik soʻrovlar oʻtkazish va matematik modellar qurish orqali tadqiq etiladi. Davlat xizmatlari qoʻshimcha kasb ta’limi (QKT) tizimlarining rivojlanish jarayonlarini oʻrganish uchun koʻplab ma’ruzalar, ma’lumotnoma va hisobot materiallari mavjud. Ular xorijiy mamlakatlarda QKT tizimi rivojlanishining umumiy tendensiyalari haqida tasavvurga ega boʻlish imkonini beradi. Bu tendensiyalar oʻz ichiga quyidagilarni oladi:
– oʻquv dasturlarini amalga oshiruvchi sub’ektlar sonini koʻpaytirish: yirik OTMlarining ta’lim (trening) markazlariga yoʻl berishi;
– QKT dasturlari yoʻnalishlarini kengaytirish;
– unifikatsiya qilish (birxillashtirish)dan asta-sekin ketish;
– masofaviy (onlayn) ta’lim amaliyotini kengaytirish.
Jahon tajribasi shuni koʻrsatadiki, iqtisodiyoti rivojlangan va ijtimoiy madaniyati yuqori mamlakatlarda davlat boshqaruvi tashkilotlarida ishlash uchun mutaxassislar tayyorlaydigan maxsus oʻquv markazlari mavjud. Ushbu ta’lim muassasalari bitiruvchilari eng muhim davlat lavozimlarini egallashga qodir mutaxassislardir. Misol uchun, bunday ta’lim muassasasi Angliyada – fuqarolik xizmati kolleji, Germaniyada – ma’muriy Fanlar Oliy maktabi, Fransiyada – Milliy ma’muriy maktab hisoblanadi. Ular akademik mustaqil va oʻz-oʻzini moliyaviy ta’minlash asosida faoliyat yuritib, mahalliy davlat xizmatlari va xalqaro tashkilotlar ishi uchun yuqori darajali davlat xizmatchilarini qayta tayyorlab beradi. AQShda Davlat boshqaruvi maktablari, masalan, Garvard universitetida Kennedi maktabi bor. Bu muassasalar bitiruvchilari AQShda davlat boshqaruvi yoki shtat (shahar)lar darajasida ish topishadi.
Kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimini rivojlantirishning global tendensiyalari, nomzodlikka zahira bilan ishlash va davlat xizmatining barcha turlari uchun ta’lim siyosatida konvergensiya zarurligini hisobga olgan holda ichki ishlar organlari uchun kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirishning quyidagi asosiy yoʻnalishlarini shakllantirish mumkin:
– yuqori turuvchi organ (vazirlik, qoʻmita, agentlik, boshqarma va b.)ning kadrlar tayyorlash boʻyicha strategik rejalarini ishlab chiqish. Shu maqsadda tegishli tashkilot va muassasalar turli tarkibiy boʻlinmalarining kadrlarga boʻlgan ehtiyojlarini va binobarin, ta’lim xizmatlariga boʻlgan ehtiyojni ma’lum muddatga prognoz qilish zarur;
– boshqaruv kadrlarini tayyorlaydigan va qayta tayyorlaydigan ta’lim muassasalari tarmogʻini optimallashtirish. Ushbu maqsadlar uchun ta’lim muassasalarining oʻquv yuklamalari va vazifalarini amalga oshirishdagi imkoniyatlarini baholash amalga oshirildi;
– davlat boshqaruvidagi tashkilotlar rahbarlarini tayyorlash mazmuni va shakllarini takomillashtirish, ularning nomzod koʻrsatish boʻyicha zahiraga kiritilishi mumkinligini hisobga olish;
– ta’lim muassasalarining oʻquv-moddiy texnika bazasini rivojlantirish;
– kadrlar tayyorlash va qayta tayyorlashning eng muhim yoʻnalishlarini ishlab chiqish, sohaning oʻziga xos xususiyatlari, faoliyat turlari va lavozim darajalarini hisobga olgan holda oʻquv reja va dasturlarni yaratish va boshqalar.
Shu bilan birga, ushbu chora-tadbirlarni yanada muhimroq muammo – boshqaruv ta’limining yagona konsepsiyasini ishlab chiqish va kasb ta’limi mazmuniga yagona talablar qoʻyish uchun qoʻshimcha deb hisoblash lozim11.
Davlat xizmatchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish masalasida ta’kidlash joizki, koʻpgina xorijiy mamlakatlarda (Bolgariya, Germaniya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Latviya, Polsha, Rossiya, Fransiya, Yaponiya va boshqalar) davlat xizmati toʻgʻrisidagi qonunlarda davlat xizmatchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish toʻgʻrisidagi tartib-qoidalar mavjud.
Koʻpgina mamlakatlar, ayniqsa Sharqiy Evropada (Vengriya, Bosniya va Gersegovina, Slovakiya, Sloveniya, Bolgariya va b. Mamlakatlarda) davlat xizmatchilari ta’limini tartibga soluvchi hujjatlar asosida maxsus qonunlar qabul qilingan.
Xorijiy tajribani hisobga olgan holda qonun loyihasiga davlat xizmatchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bilan bogʻliq asosli fikrlar kiritilishi lozim. Davlat xizmatchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanishi nazarda tutilgan. Xuddi shunday yonda-shuv MDH davlatlarining davlat xizmati qonunlarida ham qoʻllaniladi.
"Davlat xizmati toʻgʻrisida"gi qonun loyihasini tayyorlashda xorijiy mamlakatlar davlat xizmatini huquqiy tartibga solish tajribasining tahlili va uni koʻrib chiqish boʻyicha takliflar berilgan.

Download 2,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   248




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish