Qarshi davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi davlat boshqaruvida inson resurslari


Turli guruhlarga tasniflanadigan lavozimlarda faoliyat olib boruvchi davlat xizmatchilarining malakasini oshirish va kasbiy qayta tayyorlash



Download 2,31 Mb.
bet99/248
Sana13.07.2022
Hajmi2,31 Mb.
#792586
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   248
Bog'liq
ДБИР O\'UM 13.06.2022 16.35

4. Turli guruhlarga tasniflanadigan lavozimlarda faoliyat olib boruvchi davlat xizmatchilarining malakasini oshirish va kasbiy qayta tayyorlash.
“Rahbarlar” oliy toifasidagi davlat xizmati lavozimlarini toʻldiradigan davlat xizmatchilarini kasbiy qayta tayyorlash va malakasini oshirish davlat xizmatidan ajralgan, qisman ajralgan va ajralmagan holda hamda masofaviy ta’lim texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalangan holda amalga oshiriladi.
5. Davlat xizmatchilarining stajirovkasi, malakasini oshirish va kasbiy qayta tayyorlash tamoyillari. Ta’lim dasturlari boʻyicha davlat xizmatchilari tayyorlash shartlari Oʻzbekiston Respublikasi hukumati tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan professional qayta tayyorlash, malakasini oshirish kurslari va ularning stajirovkasi davlat xizmatchilarini tayyorlash uchun davlat talablariga muvofiq ta’lim dasturlari muddati standartlari asosida ish beruvchi vakili tomonidan belgilanadi.
Davlat xizmatchilarining professional qayta tayyorlash, malakasini oshirish va ularning stajirovkasini tashkil etish davlat buyurtmasi asosida amalga oshiriladi.
Davlat xizmatchilarini professional qayta tayyorlash, malakasini oshirish davlat buyurtmasi asosida davlat xizmatchilari malakasini oshirish davlat organlarining dasturlarini hisobga olgan holda, davlat xizmatchilari malakasini oshirishning individual rejalaridan kelib chiqqan holda tuziladi.
Davlat xizmati uchun kadrlar tayyorlash amaldagi talablarga muvofiq oliy kasbiy va oʻrta maxsus kasb-hunar ta’limi oʻquv yurtlarida amalga oshiriladi.
Davlat xizmatiga kadrlar tayyorlashni muvofiqlashtirish davlat xizmatini boshqarish boʻyicha tegishli organ tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat xizmatchisining qoʻshimcha kasbiy ta’limi kasbiy qayta tayyorlash, malaka oshirish va stajirovkalarni oʻz ichiga oladi.
Stajirovka davlat xizmatchisi qoʻshimcha kasbiy ta’limining mustaqil turi, kasbiy qayta tayyorlash yoki malaka oshirishning tarkibiy qismi ham hisoblanadi.
Davlat xizmatchisini kasbiy qayta tayyorlash, malaka oshirish va stajirovkasi davlat xizmatining butun davrida amalga oshiriladi.
Davlat xizmatchisini kasbiy qayta tayyorlash, malaka oshirish yoki stajirovka oʻtash uchun yuborish asoslari:
1) tanlov asosida kar’yera boʻyicha rasmiy oʻsish tartibida davlat xizmatchisini boshqa davlat xizmati lavozimiga tayinlash;
2) davlat xizmatchisining kadrlar zahirasiga tanlov asosida kiritilishi;
3) davlat xizmatchisini attestatsiyadan oʻtkazish natijalari.
Davlat xizmatchisining malakasini oshirish zarur hollarda, lekin kamida uch yilda bir marta amalga oshiriladi.
Davlat xizmatchilarini kasbiy qayta tayyorlash va malakasini oshirish oliy kasbiy va oʻrta maxsus kasb-hunar ta’limining davlat akkreditatsiyasidan oʻtgan ta’lim muassasalarida amalga oshiriladi.
Davlat xizmatchisini oʻqitish bevosita davlat organlarida va boshqa tashkilotlarda amalga oshiriladi.
Davlat xizmatchisi Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida qoʻshimcha professional ta’lim olishi mumkin.
Davlat xizmatchilarini kasbiy qayta tayyorlash, malakasini oshirish va uning stajirovkasi davlat xizmatidan ajralgan, qisman ajralgan yoki ajralmagan holda amalga oshiriladi. Davlat xizmati lavozimining guruhi va turkumga qarab qoʻshimcha kasbiy ta’limning turi, shakli va ta’lim olish muddati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan oʻrnatilgan tartibga koʻra, ish beruvchining vakili tomonidan belgilanadi.
Davlat xizmatchisini professional qayta tayyorlash, malakasini oshirish yoki stajirovkadan oʻtishi tegishli davlat standarti hujjati bilan tasdiqlanadi va davlat xizmatchisi oʻrnini kadrlar zahirasida raqobat asosida bosishda davom etish uchun muhim asos hisoblanadi. Kasbiy qayta tayyorlash, malaka oshirish yoki stajirovka oʻtayotgan davlat xizmatchisiga, ish beruvchining vakiliga va oʻquv muassasasiga davlat organi yoki boshqa tashkilot tomonidan qoʻshimcha kasbiy ta’limning oʻquv dasturini ishlab chiqish va oʻqish jarayonlarini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratiladi.
Davlat xizmatchilarining kelgusi yil uchun kasbiy qayta tayyorlash, malakasini oshirish va stajirovkadan oʻtishi boʻyicha davlat buyurtmasiga quyidagilar kiradi:
1) davlat xizmatchilarini kasbiy qayta tayyorlash davlat buyurtmasi;
2) davlat xizmatchilarining malakasini oshirish va stajirovkasi davlat buyurtmasi.
Belgilangan davlat buyurtmasini amalga oshirish davlat organlari tomonidan davlat xizmatchilarining kasbiy qayta tayyorlash va malakasini oshirish hamda davlat akkreditatsiyasini oʻtkazish litsenziyasiga ega boʻlgan ta’lim muassasalarida tanlov asosida amalga oshiriladi.
Belgilangan davlat buyurtmasini amalga oshirilishida davlat organlari tomonidan tegishli davlat xizmatini boshqarish organi bilan kelishilgan holda, davlat organlarining vazifalari, ularning ixtisoslashuvi, davlat organlarida mavjud lavozimlar uchun zarur boʻlgan kasbiy ta’lim yoʻnalishlari hisobga olinadi.
Davlat xizmatchilarining kelgusi yil uchun kasbiy qayta tayyorlash, malakasini oshirish va stajirovkadan oʻtishi uchun zarur boʻlgan mablaGʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi va Davlat byudjetining tegishli yil xarajatlari uchun ajratiladigan mablaGʻlari asosida toʻlab beriladi.
Davlat xizmati sohasida kadrlar siyosatini amalga oshirishning asosiy yoʻnalishlari yuqori malakali kadrlar tayyorlash va shu bilan bir qatorda ragʻbatlantirish uchun kadrlar zahirasini shakllantirish borasidagi ishlar hisoblanadi.
Xodimning kasbiy mahorati nafaqat ishning yuqori samaradorligi, balki psixologik komponentlarning mavjudligi – insonning ishga ichki munosabati, uning aqliy sifatlarining holati hamdir. Shuning uchun, xodimning kasbiy mahoratini baholashda, insonni kasb-hunarga yoʻnaltiradigan omil muhim ahamiyatga ega.
Akmeologlar professionallik fazilatlarini yoritishda quyidagi mezonlar guruhidan foydalanishgan:
1) ob’yektiv mezonlar (mehnat samaradorligi, kasb (ish oʻrni)da muayyan mavqe (martaba)ga erishish, turli xil kasbiy vazifalarni hal qilish qobiliyati);
2) sub’yektiv mezonlar (insonning tanlagan kasbi talablariga rioya qilish darajasi, uning kasbiy faoliyati motivlari, ishdan qoniqish darajasi);
3) samarali (inson oʻz mehnatining istalgan natijalariga erishadigan daraja);
4) protsessual (kasbiy faoliyatda yangi texnologiyalardan foydalanish);
5) me’yoriy mezonlar (insonning kasb standartlari me’yorlarini, qoidalarini oʻzlashtirganlik va shu koʻnikmalarni egallaganlik darajasi);
6) mavjud darajadagi mezonlar (erishilgan professionalizm darajasini oʻz-oʻzini baholash darajasi – sifatlar, koʻnikmalar, tajriba);
7) kasbiy ta’limni oʻrganish mezoni (xodimning oʻz hamkasblariga bilganlarini oʻrgatishga va hamkasblarining kasbiy tajribasini oʻzlashtirishga tayyorligi);
8) jamiyatda ijtimoiy faollik va kasbning raqobatbardoshligi mezoni (insonning oʻz ishi natijalariga jamiyatni qiziqtirish, ishning ahamiyatiga ishontirish qobiliyati)12
Bizning fikrimizcha, davlat boshqaruvi sohasida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirish bilan shugʻullanuvchi ta’lim muassasalari faoliyatini nazorat qilish quyidagi tamoyillarga asoslanishi lozim:
1) muassasalarda quyidagilarga kuchaytirilgan normativ talablar nazorati tadbiq etiladi:
- pedagog xodimlarning malaka darajasiga;
- kirish imtihonlariga;
- rasmiy tasdiqdan oʻtadigan oʻquv dasturlariga;
- moliyalashtirish me’yoriga;
2) oʻquv kurslari tinglovchilari – boʻlgʻusi (ishlayotgan) davlat xizmatchilarini tayyorlash sifati kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash yoki malaka oshirishdan "chiqish" da ham qat’iy nazorat ostiga olinadi.
Bu jarayonlarni amalga oshirishda mezonlar hali ishlab chiqilmagan boʻlsa, ular boshqaruv ta’lim muassasalarining Davlat akkreditatsiya komissiyasi tomonidan belgilanishi lozim. Davlat akkreditatsiya komissiyasi davlat xizmatiga kadrlar zahiralarini tayyorlashda ishtirok etuvchi oliy ta’lim muassasasini akkreditatsiya qilish va sertifikatlarini berish huquqiga ega boʻlishi kerak.
Davlat xizmatchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning boshqaruv tizimini takomillashtirish xizmat xodimlarining rolini oshirish orqali tarmoq boshqaruvini tartibga solish va davlat xizmatchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish uchun ta’lim muassasalarining tashkiliy-huquqiy tartibga solishni takomillashtirish, yagona davlat boshqaruv tizimini mustahkamlashni oʻz ichiga olishi kerak.
Oʻzbekiston Respublikasi davlat boshqaruv organlari boshqaruv faoliyatida nafaqat zarur professional bilim, koʻnikma va qobiliyatlar egasi boʻlgan xodimlar kerak, balki keng koʻlamli islohotlarda bu bilim va malakalardan samarali foydalanuvchilar ham kerak.
Vaholanki, hozirgi kunda davlat tashkilotlarida qat’iy tartib-intizomga ega boʻlgan mutaxassislarni tayyorlash boʻyicha yangi talab va vazifalar ilgari surilmoqda. Bugungi kunda, har qachongidan ham koʻproq, davlat mustaqilligini ta’minlash, xalqimiz farovonligini oshirish maqsadida zamonaviy yondashuvlarni oʻrganish uchun har doim tayyor boʻlgan mas’uliyatli kadrlar tayyorlashda professional ta’limning roli beqiyosdir.
Ushbu vazifani amalga oshirish davlat xizmati xodimlarini tayyorlash, kasbiy qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirishni, shu jumladan, ta’lim sifatining zamonaviy standartlariga javob beradigan professional ta’lim tizimiga innovatsion kompetentlikka asoslangan yondashuvni joriy etishni, malakali mutaxassis-menejerlarda zamonaviy jamiyatning ehtiyojlarini qondirishni talab etadi.
Respublikamizda soʻnggi 20 yil ichida "kompetensiya" atamasi paydo boʻldi. Malakaga asoslangan yondashuv deganda oʻqish (kasbiy ta’lim malakasi) davomida olingan bilim va koʻnikmalarni emas, balki muayyan sharoitlarda ishlash uchun zarur boʻlgan bilim va koʻnikmalarni tushunish taklif etiladi13.
Davlat xizmatining boshqaruv kadrlarini tayyorlash muammolarini hal etish zamonaviy davlat boshqaruvi, davlat apparatidagi sifat va miqdoriy oʻzgarishlar, kasbiy tayyorgarlik va qayta tayyorlash sifatini oshirish va davlat xizmatchilarining axloqiy sifatlarini shakllantirishga qaratilgan boʻlishi kerak. Davlat xizmatining kadrlar siyosati sohasida hal etilmagan muammosi hali nazariy va amaliy asoslarning yetarli darajada rivojlanmaganligi, innovatsion ijtimoiy texnologiyalarni joriy etishning optimal modellari hamda ularning samaradorligini har tomonlama baholash mezonlaridir.
Davlat xizmati xodimlarini tayyorlashda yangi talablarga erishish faqat uzluksiz ta’lim tizimida amalga oshirilishi mumkin. Bundan tashqari, davlat xizmati xodimlarining uzluksiz ta’limi muayyan xususiyatlarga ega:
1) davlat va munistipal xizmat xodimlarini kasbiy qayta tayyorlash va malakasini oshirish ularni baholash va attestatsiyadan oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlgan kar’yera boʻyicha harakatlanishning muhim shartlaridir;
2) qoʻshimcha kasbiy ta’lim boʻyicha davlat buyurtmasi, davlat buyurtmasini bajarish boʻyicha raqobat tartiblari, oʻquv dasturlarida oʻqitish boʻyicha davlat shartnomalarini tuzish (ya’ni davlat byudjetidan moliyalashtirish, individual oʻz-oʻzini moliyalashtirish) cheklangan;
3) ta’lim dasturlari va individual tartibda oʻqitishni differensiallashtirilishi;
4) ta’limga yondashuvlarni oʻzgartirish: andragogik oʻqitish usullari qoʻllaniladi, ya’ni kattalar ta’limini samaradorligini oshiruvchi usullar;
5) masofaviy ta’lim texnologiyalaridan keng koʻlamda foydalanish14.
Koʻpgina rivojlanayotgan mamlakatlar, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi da davlat xizmatlari koʻrsatiladigan tashkilotlarda mazkur sohani rivojlantirish maqsadida turli islohotlar amalga oshirilmoqda: davlat xizmatining tizimlararo tajriba almashishning turli modellari; davlat xizmati tizimini tartibga solish; davlat xizmatlari boʻyicha yagona tizimni shakllantirish yuzasidan qonunlar ishlab chiqish; davlatlar milliy qonunchiligiga umumiy tizimda ishlaydigan davlat xizmatlari toʻgʻrisida ishlab chiqilgan bunday qonunlar kiritishni taklif etish. Natijada hozirgi kunda davlat xizmatini huquqiy tartibga solish modelining "uchinchi yoʻli", uning islohotini amalga oshirayotgan mamlakatlarning koʻpchiligi, jumladan, MDH va Sharqiy Evropa davlatlarida aniq belgilab berilgan.
Bunday yondashuv davlat huquqi va xususiy sherikchilikka yoʻnaltirilgan davlat huquqini tartibga solishning ijobiy tomonlarini birlashtiradi. Bu uning moslashuvchanligini ta’minlash, davlat-huquqiy yondashuvning biryoqlamaligidan qochish, mehnat kodeksiga samarali tartibga solingan masalalarni kiritish, qonunda davlat xizmatchilarining ishini tartibga solishning oʻziga xos xususiyatlarini aniqlash imkonini beradi. Koʻrinib turibdiki, bu yondashuv Oʻzbekiston Respublikasi uchun eng maqbuldir.
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga koʻra, qoʻshimcha kasbiy ta’lim infratuzilmasi kasbiy qayta tayyorlash va malaka oshirish dasturlarini oʻz ichiga oladi. Shunga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi davlat xizmatchilarini professional qayta tayyorlash tizimini ilm-fan, zamonaviy texnika va texnologiyalardan samarali professional foydalanishni amalga oshirishda muayyan fanlarni oʻrganish uchun taqdim etilgan ta’lim dasturlarida qoʻshimcha bilim, koʻnikma va tajribalarni egallashga qaratilgan davlat xizmatchilari qoʻshimcha professional ta’lim turi sifatida tushunish kerak.
Oʻzbekiston Respublikasi davlat boshqaruvida inson resurslari fanini oʻrganishda davlat xizmatlari mansabdor shaxslari va xodimlari qoʻshimcha ta’lim tizimining navbatdagi tarkibiy qismi elementi davlat xizmatchilarining malakasini oshirishdir. Bu ta’lim turi huquqiy xarakterga ega boʻlib, har tomonlama bilimlarni yangilash va davlat xizmatchilarining kasbiy malakasini oshirish, ularning malaka darajasiga boʻlgan talablarni oshirish va kasbiy muammolarni hal etishning yangi usullarini oʻzlashtirish zarurati bilan bogʻliq. Boshqacha qilib aytganda, malaka oshirish ta’lim darajasini oshirmasdan mavjud malaka doirasida yangi kompetenstiya olishni nazarda tutadi.
Davlat xizmatchilari malakasini oshirishning bir necha turlarini oʻquv dasturlari, ta’lim maqsadlari, shuningdek, davlat xizmatlari organlari va ularning tarkibiy boʻlinmalarining ish sohalari va turlariga qarab ajratish an’anaga aylangan (9.1-jadval).
Boshqaruvning barcha turlari orasida davlat tashkilotlarida inson resurslarini boshqarish alohida oʻrin egallaydi. Buni jamiyatning koʻplab oʻzaro bogʻliq sabablari va omillari keltirib chiqaradigan murakkab hodisa deb tushunish kerak. Jamiyatda ikkinchi darajali omil mavjud emas, barcha omillar: iqtisodiyot va siyosat, huquq va madaniyat, psixologiya va menejment birinchi darajali ahamiyat kasb etadi. Ammo bularning barchasi inson va jamiyat uchun ajralmas uzviy integratsion tizimga birlashtirilgandagina samarali ishlaydi.
Davlat xizmatini tashkil etish muammolariga oid asosiy masalalardan biri bu uning samarali boshqaruv tizimini yaratish masalasidir.
Mustaqillik yillarida Oʻzbekiston Respublikasi yaxlit muvofiqlashtirilgan boshqaruv tuzilmasini yaratishga muvaffaq boʻldi. Soʻnggi besh yilda esa, yangi Oʻzbekistonda davlat boshqaruviga yoʻnaltirilgan tashkilotlar xizmatchilarini professional tayyorlash, stajirovkadan oʻtkazish, malakasini oshirish va kasbiy qayta tayyorlash yoʻnalishlari zamonaviy tizimga ega boʻldi.
9.1-jadval

Download 2,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   248




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish