1. "Talab boʻyicha" oʻqitish. Kompaniya faoliyatining dastlabki yetti yilida ushbu bosqichni bosib oʻtdi. Treningga ehtiyojni baholash test sinovlari orqali bilimlarni sinash natijalariga asoslangan. Professional testlarni ichki murabbiylar – savdo boʻyicha sobiq xodimlar ishlab chiqdilar. Ularga tovarlar va xizmatlar, mijozlarga xizmat koʻrsatish standartlari, ichki prosteduralar va qoidalarni bilish boʻyicha savollar kiritilgan.
Sinov natijalarini tahlil qilish mashgʻulot yoʻnalishlarini aniqlashga imkon berdi: qaysi mahsulot / xizmat uchun bilim darajasini oshirish zarur; savdo boʻyicha treninglar oʻtkazishda mijozlarga xizmat koʻrsatishning qaysi bosqichiga e’tibor qaratish kerak va h.k.
Savdo boʻyicha kadrlarni tayyorlash butun Ukraina boʻylab amalga oshirildi (bir nechta ichki murabbiylar). Oʻquv jarayonida asosan sinf mashgʻulotlari, ish joyida oʻqitish uchun uslubiy qoʻllanmalar ishlatilgan. Test (kasbiy testlar) natijalariga koʻra mashgʻulotlar samaradorligi baholandi. Bundan tashqari, rahbarlar va mutaxassislar uchun treninglar tashkil etildi. Ular uchun mashgʻulot mavzulari xususiy mulk egalari va top-menejerlarning xohish-istaklari asosida, shuningdek, oʻsha paytda dolzarb boʻlgan vazifalarni hisobga olgan holda aniqlandi (masalan, "Menejment asoslari", "Savdo menejmenti", "Taym-menejment" va b.).
Ushbu oʻquv yondashuvining afzalliklari – savdo xodimlarining vakolatlari kengayganligi. Kamchiliklari – samarali oʻquv dasturlarini ishlab chiqish uchun ma’lumotlar yetishmasligi; reaktivlik ("teshiklarni yamoqlash"); tor yoʻnalish (asosan sotuvchilarga).
2. Tizimli yondashuv. Kompaniyaning rivojlanishi kadrlar tayyorlash masalasini reja asosida va tizimli tartibda ishlashiga olib keladi.
Yuqori turuvchi tashkilot (vazirlik, qoʻmita, agentlik, boshqarma va b.) tomonidan davlat xizmatlari koʻrsatuvchi tashkilotlarda bir yilda bir yoki ikki marta rahbarlar va oʻrta boʻgʻin rahbarlari zamonaviy bilim va texnologiyalarni qanday oʻzlashtirayotganliklarini baholash amalga oshiriladi. Baholash natijalariga koʻra, rahbar va xodimlar uchun boshqaruv koʻnikmalarini rivojlantirishga qaratilgan oʻquv rejasi tuziladi. Masalan: chiziqli rahbarlar (линейные руководители) xodimlarni ragʻbatlantirish, oʻzgarishlarni boshqarish, yetakchilik masalalari boʻyicha treninglarda qatnashadilar; boʻlim (boʻlinma) boshliqlari uchun taqdim etiladigan dasturlarda strategik menejment, innovatsion menejment, ishlab chiqarish menejmenti, hayot faoliyati xavfsizligi kabi fanlar koʻproq oʻqitilishi maqsadga muvofiqdir.
Ushbu yondashuvda kadrlarni oʻqishga boʻlgan ehtiyojini baholash va oʻqitishning afzalliklari quyidagicha:
izchillik (natijalarni davriy baholash va / yoki kutishlarni yigʻish, oʻquv rejalarini shakllantirish va b.);
maqsadga muvofiqlik (trening davlat xizmatining asosiy ehtiyojlariga yoʻnaltirilgan, investitsiyalar tashkilot uchun eng foydali yuqori malakali davlat xizmati xodimlarini tayyorlashga sarflanadi);
moslashuvchan jadval (doimiy ravishda alohida xodimlar / boʻlimlarning ish faoliyati tahlil qilinadi, oʻquv jarayonlariga mavjud ilmiy-pedagogik salohiyat jalb qilinadi, rahbarlar (menejerlar) va boshqa tinglovchilar tashabbusi bilan jadvalga muntazam tuzatishlar kiritilishi mumkin va hokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: |