Qarshi davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi davlat boshqaruvida inson resurslari


Davlat sektori tashkilotining boʻsh (boʻshayotgan) lavozimlar zahirasiga nomzodlar kamida toʻrt xil usul boʻyicha koʻrsatilishi mumkin



Download 2,31 Mb.
bet94/248
Sana13.07.2022
Hajmi2,31 Mb.
#792586
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   248
Bog'liq
ДБИР O\'UM 13.06.2022 16.35

Davlat sektori tashkilotining boʻsh (boʻshayotgan) lavozimlar zahirasiga nomzodlar kamida toʻrt xil usul boʻyicha koʻrsatilishi mumkin:
1) xodimning bevosita rahbari tomonidan;
2) tashkilotning birinchi rahbari tomonidan;
3) yuqori turuvchi tashkilot (vazirlik, qoʻmita, agentlik va b.) tomonidan;
4) xodimning oʻzini oʻzi koʻrsatishi.
Kadrlar zahirasiga qabul qilish uchun nomzodlari e’lon qilingan davlat xizmatchilari tanlovning standartlashtirilgan tartibini amalga oshiradilar. Tanlovning maqsadi, xodimning intellektual qobiliyatlari va boshqaruv salohiyatini aniqlashdir.
Tanlov ikki bosqichda oʻtkazilishi kerak:
1) oldindan (xomaki) tanlov – davlat sektorida nomzodning kadrlar zahirasiga kirish talablariga rasmiy muvofiqligi oʻrganiladi.
2) asosiy tanlov – boshqaruv salohiyati (kasbiy va ishbilarmonlik fazilatlari)ni baholash har bir lavozim uchun tasdiqlangan yoʻriqnoma talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Masalan, quyidagi vakolatlarga baho berish:
– biznesni tushunish, ishlarni rejalashtirish va tashkil etish koʻnikmalari;
– axborotni tahlil qilish va asoslangan qarorlar qabul qilish qobiliyati;
– yetakchilik qobiliyati, munosabatlarni rivojlantirish qobiliyati;
– natijalar va javobgarlikka intilish qobiliyati;
– islohotlarni qabul qilish, oshkoralik ochiqlik va rivojlanishga intilish qobiliyati.
Tanlov mezonlari. Xodimni zahiradan yuqori lavozimga tayinlash toʻgʻrisida qaror qabul qilish tartibi quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:
– ushbu lavozimga bir nechta nomzodning mavjudligi;
– davlat sektorida nomzodlar malaka va intellektual imkoniyatlarining lavozim talablariga muvofiqligini baholash;
– kadrlar zahirasi nomzodlarining eng munosibini tanlash uchun nomzodlarning barcha yutuq va kamchiliklarini qiyosiy tahlillar asosida baholash va tegishli qaror qabul qilish.
Kadrlar zahirasini shakllantirish uchun, qoida tariqasida, lavozimga koʻtarilish qobiliyatiga ega boʻlgan davlat xizmatchilarini tanlash yetarli emas. Zahira bilan ishlashning eng muhim yoʻnalishlaridan biri bu lavozimga tayyorgarlikni tashkil etishdir. Ishlab chiqarishni boshqarish mexanizmining keyingi oʻzgarishi bilan zamonaviy menejerning kasbiy tayyorgarligiga talablar tabiiy ravishda oshib boradi.
Oliy ta’lim muassasasini bitirgan yuqori malakali kadrlar 3(6) yil mobaynida oʻz mutaxassisliklari boʻyicha asosiy tayyorgarlikdan oʻtgan hisoblanadilar. Bu tayyorgarlikka qoʻshimcha ravishda har qanday darajadagi rahbar muntazam ravishda boshqaruv faoliyati sohasida qoʻshimcha bilim va koʻnikmalarga ega boʻlishi kerak. Bunga kadrlar va rahbarlar malakasini oshirish kurslari va davlat boshqaruvi kadrlarini qayta tayyorlash orqali erishiladi.

Download 2,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   248




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish