Qarshi davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi davlat boshqaruvida inson resurslari


-mavzu. Davlat boshqaruvi xodimlarining karyerasini boshqarish



Download 2,31 Mb.
bet80/248
Sana13.07.2022
Hajmi2,31 Mb.
#792586
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   248
Bog'liq
ДБИР O\'UM 13.06.2022 16.35

8-mavzu. Davlat boshqaruvi xodimlarining karyerasini boshqarish
Reja:
8.1. Ishbilarmonlik martaba modellari. Karyera rivojlanishini rejalashtirish va boshqarish.
8.2. Tashkilot xodimlari martabasini boshqarish sifatida kadrlar zahirasini shakllantirish.
8.3. Kadrlar zahirasini shakllantirish tamoyillari va manbalari. Zahira bilan ishlash bosqichlari.


Tayanch so’z va iboralar : bilim, vertikal rotatsiya, gorizontal rotatsiya, davlat xizmatchisi, ishbilarmonlik, kar’yera, koʻnikma, lavozim, lavozim yoʻriqnomasi, martaba, moslashuv, rotatsiya, tajriba, qobiliyat, martaba modellari, kadrlar zahirasi.


8.1. Ishbilarmonlik martaba modellari. Kar’year rivojlanishini rejalashtirish va boshqarish

Hozirgi globallashuv va tezkor axborot almashinuvi davrida respublikamiz iqtisodiyotini yuksaltirish, yurtimizda zamonaviy oliy ta’lim va iqtisodiyotning boshqa yetakchi tarmoq (soha)larida salmoqli muvaffaqiyatlarga erishish yurtimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning kuch-qudratini va xalqimiz farovonligini oshirishning kafolatidir. Respublikamizning zamon talablariga mos ravishda taraqqiy etishini boshqarishda mustaqillik yillaridan hozirga qadar mamlakatimizning ulkan ilmiy, ijodiy, intellektual va mehnat salohiyatining tarkibiy qismi boʻlgan oliy ta’lim muassasalarini bitirib, mehnat bozori talablariga amal qilib, tashkilot va korxonalarda samarali faoliyat koʻrsatib kelayotgan yuqori malakali kadr-larning oʻrni ahamiyatli. Vaholanki, ular nafaqat oʻz mutaxassisliklari boʻyicha zamonaviy bilim va texnologiyalarga ega boʻlishlari, balki, ishga joylashgan davlat tashkilotlarining ixtisoslik yoʻnalishlarini bilishlari, tashkilotga va kollektivga moslashishlari, oʻzlarining va boshqa lavozimlar yoʻriqnomalari talablarini oʻzlashtirishlari lozim. Chunki, ular tashkilot maqsadiga erishish yoʻlida xizmat pogʻonalari boʻyicha boshqa kattaroq, mas’uliyatliroq lavozimlarga taklif etilishlari mumkin yoki bir vaqtning oʻzida ikki yoki undan ortiq xizmat vazifalarini bajarishlari mumkin. Ana shu xizmat vazifalarida koʻtarilish umume’tirof boʻyicha kar’yera deb ataladi.


Davlat tashkilotlarida lavozimga tayinlashda xodimning shaxsiy, amaliy va axloqiy sifatlariga hamma vaqt katta e’tibor berib kelingan. Masalan, “Qobusnoma”da “Agar birovga amal bersang, munosib odamga bergil” deb uqtiriladi.
Karyerafransuzcha (carirere)dan tarjima qilinganda olgʻa qarab muvaffaqiyatli siljish ma’nosini berib, bugungi kunda ijtimoiy, xizmat, ilmiy va faoliyatning boshqa turlarida mansab lavozimida muvaffaqiyatli oʻsish sifatida tushuniladi. Karyera birgina xizmat vazifasi va lavozimda oʻsish ma’nosinigina anglatmaydi. Shuningdek, aktyor karyerasi, sportchi karyerasi, olim karyerasi va boshqalar mavjud boʻlib, ular albatta xizmat vazifasi yoki lavozimda oʻsish, degani emas.
Davlat xizmatchilarining karyerasi qoida tariqasida shaxs va jamiyat (davlat sektori)ning oʻzaro ta’sirida amalga oshiriladi. Bundan tashqari u yaqindan shaxsning ehtiyojlari, motivlari va qiziqishlari tizimini rivojlantirish va kengaytirish bilan oʻzaro bogʻliq. Davlat sektori uchun individual strategik martaba va rejalashtirish metodologiyasi kar’yera boʻyicha maslahat tizimini ishlab chiqish hamda amalga oshirishda asos boʻlib xizmat qiladi. Bu esa, davlat sektori manfaatlarini davlat boshqaruvidagi tashkilotlar xizmatchilari manfaatlariga moslashtirish jarayonini optimallashtirishga qaratilgan. Karyera strategiyasini oʻzlashtirgan davlat xizmatchisi uchun: oʻta murakkab sharoitlarda ishlashga tayyorlik; uning tarkibiy tashqi va ichki munosabatlarini shakllantirishning barcha murakkabliklarida martaba jarayoniga tizimli qarash qobiliyatini rivojlantirish muhim ahamiyatga ega.
Davlat tashkiloti xodimlari martabasini rivojlantirish modeli 8.1-rasmda keltirilgan.


Download 2,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   248




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish