7.10-rasm. Xodimlarni boshqarishda ehtiyojlar, qiziqishlar va ragʻbatlantirish oʻrtasidagi bogʻliqlik
Motivatsion mexanizm tashkilotda ishlaydigan xodimlarning xususiyatlariga, shu jumladan xodimlarning ehtiyojlari, qiziqishlari, qarashlari va qadriyatlariga asoslangan boʻlishi kerak. Motivatsiya mexanizmi xodimlar boshqaruvining mavjud tarkibiga, kompaniya faoliyatiga asosiy ta’sir koʻrsatadigan ichki va tashqi omillarga toʻliq mos kelishi kerak. Muhim qadam – bu ragʻbatlantiruvchi sabablar va ehtiyojlar oʻrtasidagi sabab-oqibat munosabatilarni toʻgʻri oʻrnatishdir. Bundan kelib chiqadiki, tashkilotning maqsadlari bilan chambarchas bogʻliq holda xodimlarning qiymat yoʻnalishlariga asoslangan toʻgʻri tuzilgan motivatsiya tizimi kompaniyaga mehnat potensialidan toʻliq va samarali foydalanishni va belgilangan maqsadlarga tezroq erishishni ta’minlashga yordam beradi. Xodimlarni motivatsiyalash mexanizmi 7.11-rasmda tasvirlangan.
7.11-rasm. Xodimlarni motivatsiyalash mexanizmi
Shunday qilib, davlat boshqaruvida inson resurslarini ragʻbatlantirish tizimi – bu davlat sektoridagi tashkilot faoliyatida qabul qilinadigan istiqbolli va qisqa muddatli maqsadlarga erishishni ta’minlash uchun davlat xizmatchilariga ta’sir koʻrsatishning amaliy vositalari va usullarining murakkab tizimidir. Motivatsiya mexanizmining samarali ishlashi uchun zarur shart – bu ragʻbatlantirish motivlari va xodimlarning ehtiyojlari oʻrtasidagi sababiy bogʻliqlikni toʻgʻri belgilashdir. Bu davlat tashkilotida nafaqat ishchi kuchlari faoliyatini samarali faollashtirish va yoʻnaltirishga, balki xodimlarning tashkilotga sodiqligi va sadoqatini oshirib, rejalashtirilgan faoliyat ufqlariga muvaffaqiyatli erishishga yordam beradi.
Nazorat va muhokama uchun savollar
1. Davlat tasarrufidagi tashkilotlarda inson resurslarini boshqarishdagi motivatsiya tushunchasi, mohiyati va mazmuni.
2. Davlat tashkilot va muassasalarida inson resurslari mehnat faoliyatini ragʻbatlantirish toʻgʻrisida nimalarni bilasiz?
3. Davlat organlarida motiv tushunchasi nima, M.N.Melnikova tasnifi boʻyicha motivatsiyalarning asosiy turlarini ayting.
4. Davlat sektorida motivatsiya turlarini ayting.
5. Motivatsiyaning iqtisodiy ahamiyati nimadan iborat?
6. Motivlarning turlari. Motivatsiya. Davlat tashkilotlarida mehnat Motivatsiyasi toʻgʻrisida tushuncha bering.
7. Motivatsiyaning qaysi nazariyalarini bilasiz va ularni amaliyotda qoʻllash mumkinmi?
8. Porter Loulerning motivatsion modeli mohiyatini tushuntiring.
9. Davlat tashkilotlarida Makklelindning ehtiyojlar nazariyasi qanday ahamiyatga ega?
10. Mukofot, mohiyati va turlari.
11. A.Maslou, K.Alderfer, F.Gersberg, D.Mak-Klelland nazariyasi va ularning bir-biridan farqini ayting.
12. Davlat xizmatchilarini ishga qiziqtirishni shakllantirish algoritmini tushuntiring.
13. Davlat tashkilotlarida xodimlarni ehtiyoj orqali aniqlanadigan qiziqtirish modeli toʻgʻrisida nimalarni bilasiz?
14. Davlat sektorida xodimlarni mukofotlash dasturlari qanday ishlab chiqiladi?
15. Ragʻbatlantirish toʻgʻrisida qanday tushunchaga egasiz, uning qaysi turlarini bilasiz?
16. Motiv funksiyalari.
17. Davlat xizmatchilarini mukofotlash, mohiyati va turlari. Moddiy va nomoddiy mukofotlash usullari.
18. Mukofot toʻlovlari va naqdsiz imtiyozlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |