Qarshi davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi davlat boshqaruvida inson resurslari


Asosiy motivlarning ragʻbatlantirish shakllari bilan oʻzaro bogʻliqligi



Download 2,31 Mb.
bet76/248
Sana13.07.2022
Hajmi2,31 Mb.
#792586
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   248
Bog'liq
ДБИР O\'UM 13.06.2022 16.35

7.4. Asosiy motivlarning ragʻbatlantirish shakllari bilan oʻzaro bogʻliqligi

Davlat boshqaruvida inson resurslarini boshqarishda an’anaviy tarzda motivlashtirish (qiziqtirish) nazariyalari mavjud boʻlib, bu nazariyalar menejerlarning samarali natijaga erishish yoʻllarini ta’minlash bilan farq qiladi.


Asosiy motivlarning ragʻbatlantirish shakllari bilan oʻzaro bogʻliqlik darajasi I.V.Konstantinovaning tavsiyasiga koʻra, quyidagi koʻrinishga ega (7.1-jadval).

7.1-jadval


Asosiy motivlarning ragʻbatlantirish shakllari bilan oʻzaro bogʻliqlik darajasi

Asosiy motivlar

Ragʻbatlantirish shakllari

Hayotiy muhim moddiy va ma’naviy manfaatlarga boʻlgan ehtiyojni qondirish motivlari:
• samaradorlik;
• ish sifati;
• ish bilan bandlikni oshirish;
•malaka va koʻnikmalarning oʻsishi;
• mas’uliyatni oshirish;
• lavozimlarni almashtirish;
• bitta korxonada ishlash.

Ish haqining oʻsishi. Ish haqiga qoʻshimcha toʻlovlar. Ish haqiga ustamalar. Moddiy yordam. Bir martalik toʻlovlar. Mukofotlash va ragʻbatlantirish tizimi. Ijtimoiy paket. Olingan foydada qatnashish tizimi. Sotilgan mahsulot hajmi va qiymatiga koʻra ragʻbatlantirish.

Hayotiy oʻz-oʻzini aniqlash motivlari (shaxsiy):
• iste’dod (qiziqish, moyillik);
• oʻz yoʻnalishini oʻzgartirish;
• oʻzini namoyon qilish;
• bilishga intilish;
• yaratish (ijodiy);
• kashfiyot;
• ratsionalizatorlik;
• ilm-fan bilan shuGʻullanish.

Ishni qiziqish, kasbga muvofiq ravishda ta’minlash. Professional yoʻnalish. Ishni qayta tashkil etish: almashinish, kengaytirish, boyitish. Ishning ijodiy xususiyatini oshirish. Xodimning shaxsiy fazilatlari va qobiliyatlarini hisobga olish. Ixtisoslanmagan kasb (mutaxassislik)ni rivojlantirish. Zamonaviy bilimlarni oʻzlashtirish uchun keng imkoniyatlar. Innovatsiya, ixtiro, kashfiyot uchun mukofotlar. Gʻoyani mukofotlash dasturlari, kompaniya sovGʻalari. Moslashuvchan ish jadvallari. Yangi ma’lumotlar olishga imkoniyatlar yaratish. Xodim muvaffaqiyatlarini tan olish, e’tirof etish va uni hurmat qilish.

Ijtimoiy ta’sir oʻtkazish motivlari:
• xushmuomalalik;
• taqlid qilish;
• ishtirok etish;
• birdamlik;
• qoʻllab-quvvatlash;
• xavfsizlik;
• doʻstlik;
• oʻzaro yordam.

Ish joyida muloqot qilish qobiliyati. Qulay ijtimoiy mikroiqlim. Demokratik yetakchilik uslubi. Boshqarish va qaror qabul qilishda ishtirok etish. Xodimlarning namunali imidji. Xodimlarga teng imkoniyatlar yaratish. Hurmat taxtasi. Minnatdorchilikni ifoda etish, xizmat darajasini e’tirof etish. Barcha jarayonlarda adolat oʻrnatish (ishni taqsimlash, baholash, ish haqi toʻlash, mukofotlar yoki jazolash). Madaniy dam olish - soGʻlomlashtirish tadbirlari dasturlari. Ijtimoiy paket.

Oʻzini maqomini tasdiqlash motivlari:
• maqsadga erishish;
• obroʻning ortishi;
• martabaning oʻsishi;
• yuksak maqom;
• kuch-qudrat;
• muvaffaqiyat;
• oʻz-oʻziga ishonch;
• oʻz-oʻzini tasdiqlash.

Boshqarish va qaror qabul qilishda ishtirok etish. Rahbarlik (yyetakchilik) ishini taqdim etish. Vakolatlarni kengaytirish. Shaxsiy imtiyozlar: kabinet, xizmat mashinasi va boshqalar. Nufuzli klublarning ishlarida qatnashish. Tashkilot investorlariga muvaffaqiyatga ishtirok etish imkoniyatini taqdim etish. Boshqa tashkilotlar uchun vakillik vazifalari. Xodimlarning rotatsiyasi. Boʻysunuvchilar sonining koʻpayishi. Xalqaro e’tirof. "Yilning eng yaxshi xodimi" mukofotini taqdim etish.

Hayotiy siklni optimallashtirish motivlari:
• ijtimoiy harakatchanlik; • kasbiy harakatchanlik; • yoshga bogʻliq dam olish; • imidjga tegishli va psixologik noqulayliklarni yengish.

Oʻz xohish-irodasi va imkoniyatlariga muvofiq ish (lavozim, vazifa) bilan ta’minlash. Ixtisoslanmagan kasbni rivojlantirish. Murabbiylik-shogirdlik tajribasini oʻtash. Salbiy ta’sirli ragʻbatlantirishni qoʻllamaslik. Psixologik dalda (taqdirlash). Xodimlarning namunali imidji. Psixologik yordam va yukni yengillashtirish markazlari. Ochiq eshiklar siyosati. Mehnat nizolari komissiyalari.

Oʻzbekiston Respublikasi amaliyotida motivatsion muhit – bu shaxsning har qanday ilgari paydo boʻlgan ehtiyojlarini qondirishga yashirin tayyorligi. Shuning uchun shaxs motivi – bu shaxs tomonidan amalga oshiriladigan faol mehnat faoliyatiga turtki. Shuningdek, nazariyada, aniq mehnat motivi va mehnatga yoʻnaltirilgan motiv kabi tushunchalarni ajratish lozim.



Download 2,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   248




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish