Qarshi davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi davlat boshqaruvida inson resurslari


O‘zbekiston Respublikasi da kadrlar siyosati va davlat fuqarolik xizmati tizimini takomillashtirish asoslari



Download 2,31 Mb.
bet231/248
Sana13.07.2022
Hajmi2,31 Mb.
#792586
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   248
Bog'liq
ДБИР O\'UM 13.06.2022 16.35

O‘zbekiston Respublikasi da kadrlar siyosati va davlat fuqarolik xizmati tizimini takomillashtirish asoslari
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 3 oktyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi da kadrlar siyosati va davlat fuqarolik xizmati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-5843-son Farmoni ijrosini ta’minlash, shuningdek, respublika davlat organlari va tashkilotlarida kadrlar ma’muriyatchiligining zamonaviy usullarini ilg‘or xalqaro standartlarga muvofiq joriy etish maqsadida amaldagi me’yoriy hujjat22 talablari asosida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining tashkiliy tuzilmasi 3-ilova 1-rasmga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi markaziy apparatining tuzilmasi 3-ilova 2-rasmga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi filiallarining namunaviy tuzilmasi 3-ilova 3-rasmga muvofiq tasdiqlandi. Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktoriga quyidagi huquqlar berildi:
zarur hollarda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, shu jumladan uning markaziy apparati tashkiliy tuzilmasiga xodimlarning belgilangan cheklangan soni hamda mehnatga haq to‘lash fondi doirasida o‘zgartirishlar kiritish;
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligiga yuklangan vazifalar ijrosini ta’minlash doirasida malakali va yuqori malakali mutaxassislarni, shu jumladan xorijda yashayotgan vatandoshlarni Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining rahbar lavozimlariga va maslahatchilar sifatida jalb qilish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi qoshidagi Davlat xizmatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) mablag‘lari hisobidan Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi xodimlari uchun lavozim maoshlariga (tarif stavkalariga) ustamalar va boshqa rag‘batlantiruvchi to‘lovlarni belgilash.
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari, Jamg‘arma mablag‘lari, xorijiy (xalqaro) moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlarning texnik ko‘mak vositalari va grantlari, qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar belgilandi.
Prezident Qarori (PQ-4472-son) asosida Davlat xizmatini rivojlantirish agentligiga quyidagi vakolatlar berildi:
davlat fuqarolik xizmatchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi bo‘yicha qonun hujjatlarining so‘zsiz bajarilishini, zarur hollarda huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari xodimlarini jalb qilgan holda o‘rganish;
davlat organlari va tashkilotlariga davlat fuqarolik xizmati sohasida ishlarni takomillashtirish bo‘yicha ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalarni belgilangan tartibda kiritish;
davlat organlari va tashkilotlari mansabdor shaxslariga davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, davlat fuqarolik xizmatchilarining huquq va qonuniy manfaatlari buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida yozma ogohlantirish e’lon qilish;
davlat organlari va tashkilotlari rahbarlariga davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishi, ularni keltirib chiqaruvchi sabab va sharoitlarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rib chiqilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalar kiritish;
o‘z vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan davlat organlari va tashkilotlaridan statistik, tahliliy materiallar, xulosalar va boshqa ma’lumotlarni so‘rash va olish;
davlat organlari va tashkilotlarining davlat fuqarolik xizmati masalalarini ko‘rib chiqish bilan bog‘liq majlislari, yig‘ilishlari va hay’at majlislarida ishtirok etish;
o‘ziga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun, zarur hollarda, davlat organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va mutaxassislarini jalb qilish, ishchi guruhlar tuzish;
davlat organlari, shu jumladan mahalliy davlat hokimiyati organlarining davlat fuqarolik xizmati sohasidagi qonun hujjatlariga zid hujjatlarini to‘xtatish yoki bekor qilish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga va Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.
Quyidagilar davlat organlari va tashkilotlari kadrlar bo‘linmalarining asosiy vazifalari etib belgilandi:
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda kadrlarni saralab olish va joy-joyiga qo‘yishning maksimal darajada shaffof va adolatli tartibini joriy etish;
muvaffaqiyatli xorijiy tajribadan kelib chiqqan holda menejmentning zamonaviy tizimlari asosida kadrlar bilan ishlash mexanizmini takomillashtirish;
kadrlarni boshqarish sohasida xodimlar tarkibining son va sifat xususiyatlari davlat organlari va tashkilotlari oldida turgan vazifalarga muvofiq kelishiga erishish va uni saqlab qolishga yo‘naltirilgan siyosatni shakllantirish va amalga oshirish;
davlat organlari va tashkilotlarning mehnat resurslariga bo‘lgan ehtiyojlarini davlat organlari va tashkilotlari oldida turgan vazifalarga, ularni rivojlantirish strategiyalariga, shuningdek, mehnat bozoridagi o‘zgarib borayotgan tashqi va ichki kon’yunkturaga mos ravishda qanoatlantirish;
davlat organlari va tashkilotlari xodimlari uchun mansab pog‘onalaridan ko‘tarilishda mehnat faoliyatini axloq-iroda sifatlari, iqtidori va ko‘nikmalarini ob’yektiv baholashga asoslangan teng imkoniyatlar yaratish;
kadrlar salohiyatini doimiy rivojlantirish va maksimal to‘liq ishtirok etishini ta’minlash asosida davlat organlari va tashkilotlari oldida turgan vazifalarga erishishda har bir xodimning shaxsiy hissasini oshirishda ko‘maklashish;
davlat fuqarolik xizmatchilarida yuksak kasbiy odob-axloqni, korrupsiyaga qarshi turish madaniyatini va unga toqat qilib bo‘lmaydigan munosabatni shakllantirish bo‘yicha ta’sirchan choralarni ko‘rish;
muntazam asosda kadrlarning professional darajasini oshirish, bunda ularning uzluksiz ta’lim olishini (sohaga oid va yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilgan holda), shu jumladan xorijda tashkil etish.


Download 2,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   227   228   229   230   231   232   233   234   ...   248




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish