Qarshi davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi davlat boshqaruvida inson resurslari


Davlat boshqaruvi akademiyasida boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish asoslari



Download 2,31 Mb.
bet230/248
Sana13.07.2022
Hajmi2,31 Mb.
#792586
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   248
Bog'liq
ДБИР O\'UM 13.06.2022 16.35

Davlat boshqaruvi akademiyasida boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish asoslari

2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasi ni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni hisobga olgan holda boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish samaradorligini oshirish, shuningdek davlat va jamiyat boshqaruvini takomillashtirish uchun kadrlar salohiyatini yaratish maqsadida amaldagi me’yoriy hujjat21 talablariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining (bundan buyon matnda Akademiya deb yuritiladi) asosiy vazifalari va faoliyatining yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi:


hozirgi zamon ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarida ishlash uchun boshqaruv kadrlarining kasbiy tayyorgarligiga nisbatan qo‘yiladigan talablarga javob beradigan oliy kasb ta’limi dasturlari bo‘yicha davlat, xo‘jalik va jamiyat boshqaruvi sohasida boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
tinglovchilarda davlat, xo‘jalik va jamiyat boshqaruvi, psixologiya, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va «elektron hukumat» tizimlari sohasida mustahkam bilimlarni, boshqaruvning huquqiy asoslari va zamonaviy usullarini, tashabbuskorlik va yetakchilik xislatlarini shakllantirish, shuningdek, tizimli tahlil qilish va strategik rejalashtirish, noodatiy sharoitlarda qarorlar qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirish;
davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining boshqaruv kadrlariga bo‘lgan joriy hamda istiqboldagi ehtiyojlarini muntazam o‘rganish va tahlil qilish, shuningdek, ushbu asosda Akademiyaga biriktirilgan mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlash uchun buyurtmalarning yillik aniq maqsadli portfelini shakllantirish;
boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun potensial nomzodlarning ma’lumotlar bazasini shakllantirish, shuningdek, bitiruvchilarning kasbiy o‘sishini muntazam monitoring qilib borish;
yoshlar muammolarining muntazam o‘rganilishini, o‘quv, o‘quv-metodik materiallar ishlab chiqilishini ta’minlash va yoshlarning dolzarb muammolari yuzasidan ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish;
xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlarining, siyosiy partiyalar a’zolarining o‘qitilishini tashkil etishga ko‘makla-shish va uslubiy rahbarlik qilish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat a’zolarini o‘qitish kurslarini tashkil etish;
davlat hokimiyati organlarida, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida hamda jamoat tashkilotlarida kadrlar bilan ta’minlanganlik holati va sifati bo‘yicha axborot-tahliliy materiallar tayyorlash, ularning kadrlar zahirasini shakllantirish, rahbar kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish va tayinlash, davlat va jamiyat boshqaruvining kadrlar salohiyati monitoringini tashkil etish uslubiyatlarini ishlab chiqish;
qonun hujjatlariga muvofiq oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash;
davlat va jamiyat boshqaruvining dolzarb masalalari yuzasidan har tomonlama ilmiy tadqiqotlar olib borish, kadrlar siyosati samaradorligini oshirish, davlat xizmatini isloh qilish sohasidagi xalqaro tajribani o‘rganish va shu asosda respublikada boshqaruv tizimini yanada takomillash-tirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
o‘quv va ilmiy-metodik ishlarga chet ellik yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilish, kontrakt asosida maslahatlashuvlar o‘tkazish, shuningdek boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish sohasida xorijiy ta’lim, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bilan shartnomalar tuzish va hamkorlik qilish.
Davlat boshqaruvi akademiyasida boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish yuzasidan quyidagi tartib belgilandi:
Akademiyada boshqaruv kadrlarini tayyorlash grant va to‘lov-kontrakt asosida magistraturaning ikki yillik ta’lim dasturi bo‘yicha amalga oshiriladi va davlat namunasidagi diplom beriladi;
davlat, xo‘jalik va jamiyat boshqaruvi sohasida boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash grant va to‘lov-kontrakt asosida bir yilgacha davom etadigan dasturlar bo‘yicha, shu jumladan ishlab chiqarishdan ajratmagan holda amalga oshiriladi va belgilangan namunadagi diplom beriladi;
davlat, xo‘jalik va jamiyat boshqaruvi sohasida boshqaruv kadrlari malakasini oshirish Akademiyada grant va to‘lov-kontrakt asosida bir oygacha davom etadigan qisqa muddatli dasturlar bo‘yicha uch yilda bir marta, shu jumladan ishlab chiqarishdan ajratmagan holda amalga oshiriladi va belgilangan namunada sertifikat beriladi;
magistraturaning, qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining o‘quv dasturlari joylarda mavjud bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish bilan bog‘liq muammolarni muntazam o‘rganish asosida muayyan hududlar va iqtisodiyot tarmoqlarining o‘ziga xosligini inobatga olgan holda shakllantiriladi;
tinglovchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun Akademiya tomonidan o‘quv rejasining muayyan faniga qarab mehnatiga soatbay haq to‘lash asosida o‘qituvchilar jalb qilinishi mumkin;
Akademiyaning magistraturasiga qabul qilish davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi jamoat tashkilotlari va tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan tavsiya etilgan, 40 yoshga to‘lmagan, umumiy oliy ma’lumotga va boshqaruv ishlarida kamida 2 yillik tajribaga ega bo‘lgan shaxslar orasidangina tanlov asosida joylarda nomzodlarni dastlabki tarzda saralashni tashkil etish va keyinchalik ular uchun Akademiyada test sinovi va suhbatlashish o‘tkazish orqali amalga oshiriladi;
Akademiyada ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim olayotgan tinglovchilarning asosiy ish joyi bo‘yicha lavozimi va o‘rtacha oylik ish haqi butun o‘qish davri mobaynida saqlanib qoladi;
Akademiya magistraturasining tinglovchilari o‘qish davrida bir yilgacha bo‘lgan muddatda ularning doimiy yashash hududida joylashmagan mahalliy davlat hokimiyati organlarida, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining tarkibiy bo‘linmalarida, shuningdek davlat va nodavlat notijorat tashkilotlarida malaka amaliyotini va stajirovkani o‘taydilar.
Mazkur hujjat talablarida belgilanishicha, Akademiyada o‘quv jarayoni xalqaro ta’lim standartlarini va boshqaruv kadrlarini o‘qitishning zamonaviy usullarini joriy etgan holda tashkil etiladi va bu, shu jumladan, quyidagilarni nazarda tutadi:
boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarida zamonaviy ta’lim texnologiyalari va shakllaridan foydalanish, shu jumladan Akademiya o‘qituvchilarining mintaqalarga safar qilishini tashkil etish;
davlat va jamiyat boshqaruvining ko‘zga ko‘ringan arboblarini, vazirliklar va idoralar hamda boshqa tashkilotlar rahbarlarini jalb qilgan holda muntazam ravishda interaktiv mashg‘ulotlar, davra suhbatlari o‘tkazish;
mutaxassislik fanlari bilan bir qatorda tinglovchilar O‘zbekiston tarixi va milliy qadriyatlarini, mamlakatimiz shoirlari va yozuvchilari ijodini, chet tili hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini chuqur o‘rganishini tashkil etish;
Akademiya magistraturasi tinglovchilarini boshqaruv kadrlarini tayyorlash bo‘yicha xorijning yetakchi ilmiy-ta’lim muassasalari va markazlariga, shuningdek chet mamlakatlarning davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, jamoat tashkilotlariga bir oygacha bo‘lgan muddatga albatta yuborish.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining Ustavida Akademiyaning asosiy maqsad va vazifalari belgilandi. Bunga ko‘ra, Akademiyaning asosiy maqsadi boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning samarali tizimini tashkil etishdan, shuningdek davlat va jamiyat boshqaruvi sohasida fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlar olib borishdan iborat.
Akademiyaning asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
hozirgi zamon ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarida ishlash uchun boshqaruv kadrlarini kasbga tayyorlashga nisbatan qo‘yilgan talablarga javob beradigan oliy kasb ta’limi dasturlari bo‘yicha davlat va jamiyat boshqaruvi sohasida boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
tinglovchilarda davlat va jamiyat boshqaruvi, psixologiya, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va «elektron hukumat» tizimlari sohasida mustahkam bilimlarni, boshqaruvning huquqiy asoslari va zamonaviy usullarini, tashabbuskorlik va yetakchilik xislatlarini shakllantirish, shuningdek tizimli tahlil qilish va strategik rejalashtirish, noodatiy sharoitlarda qarorlar qabul qilish bo‘yicha ko‘nikmalar ishlab chiqish;
davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining boshqaruv kadrlariga bo‘lgan ehtiyojlarini muntazam o‘rganish va tahlil qilish, shuningdek, ushbu asosda Akademiyaga biriktirilgan mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlash uchun buyurtmalarning yillik aniq maqsadli portfelini shakllantirish;
boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish uchun potensial nomzodlarning ma’lumotlar bazasini shakllantirish, shuningdek bitiruvchilarning kasbiy o‘sishi ustidan muntazam monitoring qilib borish;
yoshlar muammolarining muntazam o‘rganilishini, o‘quv, o‘quv-metodik materiallar ishlab chiqilishini ta’minlash va yoshlarning dolzarb muammolari yuzasidan ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish;
xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlarining, siyosiy partiyalar a’zolarining o‘qitilishini tashkil etishga ko‘maklashish va uslubiy rahbarlik qilish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a’zolarini o‘qitish kurslarini tashkil etish;
davlat hokimiyati organlarida, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida hamda jamoat tashkilotlarida kadrlar bilan ta’minlanganlik holati va sifati bo‘yicha axborot-tahliliy materiallar tayyorlash, ularning kadrlar zahirasini shakllantirish, rahbar kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish va tayinlash, davlat va jamiyat boshqaruvining kadrlar salohiyati monitoringini tashkil etish uslubiyatlarini ishlab chiqish;
qonun hujjatlariga muvofiq oliy malakali ilmiy va ilmiy- pedagogik kadrlarni tayyorlash;
davlat va jamiyat boshqaruvining dolzarb masalalari yuzasidan har tomonlama ilmiy tadqiqotlar olib borish, kadrlar siyosati samaradorligini oshirish, davlat xizmatini isloh qilish sohasidagi xalqaro tajribani o‘rganish va shu asosda respublikada boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
o‘quv va ilmiy-metodik ishlar uchun chet ellik yuqori malakali mutaxassislarni jalb qilish, kontrakt asosida maslahatlashuvlar o‘tkazish, shuningdek boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish sohasida xorijning ta’lim, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bilan shartnomalar tuzish va hamkorlik qilish.
Akademiya o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun:
nazariy jihatdan tayyorgarlik ko‘rish va boshqaruv faoliyati amaliyoti o‘rtasidagi uzviy aloqani, Akademiya tinglovchilarida davlat va jamiyat boshqaruvi sohasida zarur bilim va ko‘nikmalarni hosil qilish maqsadida ular davlat hokimiyati organlari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek jamoat tashkilotlarida malaka amaliyoti va stajirovkadan o‘tishini tashkil etishni;
umume’tirof etilgan xalqaro ta’lim standartlari va talablarini hi-sobga olgan holda tayyorlangan ta’lim dasturlari, shuningdek o‘qitishning zamonaviy shakllari va usullaridan, ilg‘or pedagogik, axborot-kommunikastiya va innovatsiya texnologiyalaridan foydalanish asosida o‘quv jarayonini tashkil etishni;
o‘zlashtirish qobiliyati yuqori darajada bo‘lgan tinglovchilarni rahbar kadrlar tayyorlovchi chet elning yetakchi ilmiy-ta’lim muassasalari va markazlariga, shuningdek chet mamlakatlarning davlat hokimiyati organlariga, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga, jamoat tashkilotlariga yuborishni;
davlat va jamiyat boshqaruvining ko‘zga ko‘ringan arboblarini, vazirliklar va idoralar hamda boshqa tashkilotlarning rahbarlarini jalb qilgan holda interaktiv mashg‘ulotlar, davra suhbatlarini muntazam ravishda o‘tkazishni ta’minlaydi.


Download 2,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   248




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish