3-ilova 1-rasm. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining tashkiliy tuzilmasi
3-илова 2-расм. Ўзбекистон Республикаси Президенти ҳузуридаги давлат хизматини ривожлантириш агентлиги марказий аппаратининг тузилмаси
3-ilova 3-rasm. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi filiallarining namunaviy tuzilmasi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi to‘g‘risida Nizom23 talablariga muvofiq, quyidagilar Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining asosiy vazifalari hisob-lanadi:
davlat fuqarolik xizmati transformatsiyasining g‘oyaviy platformasini, uni rivojlantirish dasturlari va loyihalarini ishlab chiqish, shuningdek, davlat fuqarolik xizmati sohasida yagona siyosatning amalga oshirilishini ta’minlash;
davlat organlari va tashkilotlarining davlat kadrlar siyosati sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish;
davlat fuqarolik xizmatini rivojlantirish jarayonlari va istiqbollarini monitoring va tahlil qilish hamda ushbu sohadagi muammolar va tahdidlarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
ochiqlik, professionallik va hisobdorlik tamoyillariga asoslangan xodimlarni boshqarish va inson resurslarini rivojlantirishning innovatsion usullarini joriy etish;
Milliy kadrlar zahirasini boshqarish, Davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining davlat reestrini yuritish, shuningdek, davlat xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalini tashkil etish va yuritish;
davlat fuqarolik xizmatchilari faoliyati samaradorligini baholashning o‘lchanadigan indikatorlari (eng muhim ko‘rsatkichlari) tizimini joriy etish va ularning natijalarini tahlil qilish, jamoatchilik fikrini o‘rganish hamda davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining ochiq reytingini shakllantirish;
malakali va yuqori malakali mutaxassislarni, shu jumladan xorijda yashayotgan vatandoshlar orasidan aniqlash va jalb etish, shuningdek, davlat fuqarolik xizmatiga iqtidorli yoshlar va xotin-qizlarni keng jalb etish bo‘yicha tizimli ishlarni olib borish;
eng istiqbolli kadrlarni davlat fuqarolik xizmatiga ochiq mustaqil tanlov asosida qabul qilishni tashkillashtirish;
davlat fuqarolik xizmatchilarida yuksak kasb etikasi, korrupsiyaga toqatsiz munosabatni va unga qarshi kurashish madaniyatini shakllantirish;
davlat fuqarolik xizmati sohasiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va uni izchil takomillashtirib borish, davlat fuqarolik xizmatchilari shaxsiy ma’lumotlarining xavfsizligini ta’minlagan holda ular to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirish;
davlat fuqarolik xizmatchilarining ish beruvchilar bilan o‘zaro munosabatlarida ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, mehnat faoliyati va ijtimoiy himoyasi uchun munosib shart-sharoitlar yaratishga ko‘maklashish;
davlat xizmatchilari va mutaxassislarni xorijdagi nufuzli ta’lim, ilmiy va boshqa muassasalarda ta’lim olishini tashkil etishga ko‘maklashish.
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) davlat fuqarolik xizmati transformatsiyasining g‘oyaviy platformasini, uni rivojlantirish dasturlari va loyihalarini ishlab chiqish, shuningdek, davlat fuqarolik xizmati sohasida yagona siyosatning amalga oshirilishini ta’minlash sohasida:
zamon talablari va xalqaro standartlarga muvofiq davlat fuqarolik xizmati transformatsiyasining g‘oyaviy platformasi va davlat fuqarolik xizmati sohasidagi siyosatning asosiy yo‘nalishlarini shakllantirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
davlat fuqarolik xizmatini rivojlantirishga, xodimlarni boshqarish va inson resurslarini rivojlantirish sohasida ilg‘or xalqaro standartlar va eng yaxshi xorij amaliyotlarini joriy etishga qaratilgan davlat dasturlari hamda loyihalarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
davlat organlari va tashkilotlarining tashkiliy tuzilmasini ularning bo‘linmalari ishini samarali tashkil etish, bir-birini takrorlovchi vazifa va funksiyalarni bekor qilish nuqtai nazaridan tahlil qiladi va ular faoliyatini optimallashtirish bo‘yicha takliflar kiritadi;
davlat fuqarolik xizmati, shu jumladan kadrlarga oid ish yuritish, davlat fuqarolik xizmatchilarining ma’lumotlar bazasini shakllantirish masalalarida davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi;
davlat fuqarolik xizmatini rivojlantirish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlarning loyihalarini ishlab chiqadi hamda ularni belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun kiritadi;
davlat fuqarolik xizmatini rivojlantirishga oid takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi hamda davlat organlari va tashkilotlariga ko‘rib chiqish uchun kiritadi;
davlat fuqarolik xizmatini rivojlantirishga qaratilgan dastur va loyihalarni moliyalashtirish uchun ajratilgan mablag‘larni taqsimlaydi, ulardan samarali, maqsadli va oqilona foydalanilishini nazorat qiladi;
Do'stlaringiz bilan baham: |