Qarshi davlat universiteti iqtisodiyot kafedrasi davlat boshqaruvida inson resurslari



Download 2,31 Mb.
bet239/248
Sana13.07.2022
Hajmi2,31 Mb.
#792586
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   248
Bog'liq
ДБИР O\'UM 13.06.2022 16.35

Ishchi kuchi tarkibida ayollar. Ishlayotgan ayollar soni ortishining natijalari bundan ham qiziq. Ham er, ham xotin ishlaydigan oilalarning ortib borishi tufayli, ishchi xodimni mamlakatning biron-bir viloyatiga ko‘chirib o‘tkazish mushkul bo‘lib qoldi. Shuningdek, rahbarlar ikkala jins sohiblari bo‘lgan xodimlarining o‘z oila manfaatlaridan voz kechib, rejadan ortiq ish bajarishlariga ham ishona olmaydilar. Farzandlarni parvarish qilish muammosi eng og‘ir muammolardan biri bo‘lib qoldi. 1988 yilda ayollar ishchi kuchi umumiy sonining yarmini tashkil etgan. 1995 yilga kelib esa, ayollar Qo‘shma Shtatlardagi ishchi kuchining 63 foizini tashkil etdi. Xodimlarni ishga qabul qilish vaqtida, uning oilasidagi barcha a’zolarning shart-sharoitlarini hisobga olish zarur. Xodimning ma’lum bir oilaviy sharoitlarini bilgan firma rahbarlari unga yordam sifatida farzandlarini parvarish qilishda, bolalar nafaqasini olishda, ish kunini qulay tashkil etishda, qo‘shimcha to‘lovlar dasturi va (uyda ish qilib, ofis bilan kompyuter orqali bog‘lanuvchilar uchun) telekommunikatsiya bilan ta’minlashda ko‘mak beradilar.
Madaniy tafovutlar. Ishchi kuchining katta qismini turli madaniy va etnik guruhlar vakillari tashkil etib bormoqda. Bu odamlar mutaxassislik bo‘yicha tayyorgarlik darajasi, ishga bo‘lgan munosabat va urf-odatlarning nihoyatda xilma-xilligi hamda mehnat faoliyatlariga ta’sir etuvchi boshqa jihatlar bilan ajralib turadilar. Ba’zilar – kelib chiqishi bo‘yicha amerika aborigenlari, ba’zilari esa – yaqinda kelgan muhojirlar (immigrant)dir. Menejerlarning vazifasi ana shunday turli xil guruhlar bilan aloqani yaxshilash va kompaniyada hamkorlik hamda sabr-bardoshlik muhitini yaratish.
Ayrim firmalar turli madaniyat vakillari bilan aloqa o‘rnatishi kerak bo‘lgan menejerlarga maxsus dasturlar tashkil etib, mazkur muammoning ajoyib yechimini topdilar. Yuzlab kompaniyalar "Madaniy xilma-xillikka yondashuv" nomli ettita 30 daqiqali videokassetalardan tashkil topgan serialdan (mazkur serial yirik korporastiyalarning mablag‘lari evaziga "Copeland Griggs" kompaniyasi tomonidan yaratilgan) foydalanadilar. Ushbu videoserial bir xil shakldagi hatti-harakat, aynan qaytariladigan tasodifiy kelishmovchiliklar hamda kelib chiqishi har xil bo‘lgan xodimlarning ishga berilib, faoliyat yuritishiga da’vat etish kabi takliflari bilan menejerlar diqqatini tortadi. Mazkur dastur nafaqat madaniy va etnik kelib chiqish muammolarini, balki jins, yosh, millat, cheklangan faoliyat va shahvoniy yo‘nalganlik bilan bog‘liq muammolarni ham qamrab oladi. Bundan tashqari, ko‘pchilik kompaniyalar ishchilarga turli madaniy va tilga oid tafovutlarga sabr-bardoshli munosabatda bo‘lishni o‘rgatuvchi dasturlar kiritgan.
"Digital Equipment" kompaniyasida "Madaniy xilma-xillikka yondashuv" dasturidan bir necha yil davomida foydalandilar. Dastur "Inson qadrli ekanligini his etsagina yaxshi ishlaydi, boshqalardan farq qiladigan xususiyatlari e’tiborga olinsa, ular o‘zlarini nihoyatda qadrli ekanliklarini his etadilar" degan yo‘nalishga asoslangan. Korporatsiya bosh boshqarmasining 26 ta xodimi va filiallar menejerlari butun mamlakat bo‘yicha o‘z xodimlariga o‘quv dasturlar, turli mavzudagi materiallarni taklif etib, maxsus markazlar ishini boshqaradilar. Turli madaniyat vakillaridan tashkil topgan personalni boshqarish muammolari yechimiga hissa qo‘shgan boshqa kompaniyalar ham mavjud. Ular orasida – "Apple Computer", "Avon", "Corning", "Dupont", "Hewlett- Packard", "Honeywell", "Pacific Bell", "Procter & Gamble", "Security Pacific Bank", "US West" va "Xerox" kompaniyalari. Ularning ko‘pchiligi, yangi kelgan, kichik millatga mansub bo‘lgan xodimlar uchun madaniy qo‘llab-quvvatlash guruhlarini tashkil etib, har xil madaniy birlashmalar faoliyatini mablag‘ bilan ta’minlab turadilar.

Download 2,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   248




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish