Qarori o‘zbekiston respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida



Download 163 Kb.
bet2/15
Sana09.06.2022
Hajmi163 Kb.
#648908
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
investitsiya

2-bob. Vazirlik tuzilmasi
9. Vazirlik tizimiga quyidagilar kiradi:
markaziy apparat;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi;
viloyatlar va Toshkent shahar investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmalari (keyingi o‘rinlarda hududiy boshqarmalar deb ataladi);
tumanlar (shaharlar) investitsiyalar va tashqi savdo bo‘limlari (keyingi o‘rinlarda tumanlar (shaharlar) bo‘limlari deb ataladi);
Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi;
Eksportni rag‘batlantirish agentligi;
Oldingi tahrirga qarang.
Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish markazi.
(9-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-maydagi PQ-4332-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.05.2019-y., 07/19/4332/3174-son)
10. Hududiy boshqarmalar Vazirlikka, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat va Toshkent shahar hokimliklariga hisob beradi.
Vazirlikning tumanlar (shaharlar) bo‘limlari Vazirlikning hududiy boshqarmalari va tegishli tumanlar (shaharlar) hokimliklariga hisob beradi.
3-bob. Vazirlik va uning hududiy bo‘linmalari hamda tumanlar (shaharlar) bo‘limlarining vazifalari va funksiyalari
1-§. Vazirlikning vazifalari va funksiyalari
11. Quyidagilar Vazirlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:
yagona davlat investitsiya siyosatini amalga oshirish, davlat rivojlanish dasturlari va investitsiya dasturlari, shu jumladan tarmoq va hududiy investitsiya dasturlarining ishlab chiqilishi va samarali amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;
xorijiy investitsiyalarni jalb qilish ishlarini muvofiqlashtirish, xalqaro iqtisodiy va moliya institutlari, xorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan ikki tomonlama va ko‘p tomonlama formatda o‘zaro samarali hamkorlikni amalga oshirish;
davlat organlari va tashkilotlarining faoliyati, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro hamda xorijiy moliya va iqtisodiy institutlardagi doimiy vakillari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasining xorijiy muassasalarida tashqi iqtisodiy faoliyat masalalari bilan shug‘ullanuvchi xodimlar faoliyatini muvofiqlashtirish;
O‘zbekiston Respublikasining savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik masalalari bo‘yicha xalqaro shartnomalarini tayyorlash, kelishish va imzolashda ishtirok etish;
investorlar bilan doimiy qayta aloqani yo‘lga qo‘yish, investitsiyalarni jalb qilishda hududlar va mahalliy kompaniyalarga ko‘maklashish, investitsiya takliflarini ishlab chiqishni tashkil etish;
tashqi savdo sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, Eksportni qo‘llab-quvvatlash milliy tizimining samarali ishlashiga ko‘maklashish va ta’minlash, tashqi savdo faoliyatini tartibga solish sohasida davlat organlari va tashkilotlarining faoliyatini muvofiqlashtirish;
savdoda tarif va notarif tartibga solish choralarini qo‘llash hamda elektron tijorat tartib-taomillarini takomillashtirish bilan bog‘liq tadbirlarni muvofiqlashtirish;
O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar bilan savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarini kengaytirish va mustahkamlash, tovarlar, ishlar va xizmatlar eksportini qo‘llab-quvvatlash;
O‘zbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish va u bilan hamda boshqa ko‘p tomonlama iqtisodiy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish;
ulgurji va birja tashqi savdoni tartibga solish masalalarini muvofiqlashtirish, xalqaro bozorlar holatini monitoring va tahlil qilish, marketing tadqiqotlarini o‘tkazish va tovarlarning jahondagi narxlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tahlil qilish;
tashqi savdo infratuzilmasini rivojlantirish, shu jumladan tranzit salohiyati darajasini oshirish, logistika va transport yo‘laklarini takomillashtirish, shuningdek, eksport marshrutlarini diversifikatsiya qilish masalalarini ilgari surish.
12. Vazirlik o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
1) yagona davlat investitsiya siyosatini amalga oshirish, davlat rivojlanish dasturlari va investitsiya dasturlari, shu jumladan tarmoq va hududiy investitsiya dasturlarining ishlab chiqilishi va samarali amalga oshirilishini muvofiqlashtirish sohasida:
davlat rivojlanish dasturlari va investitsiya dasturlari, shu jumladan tarmoq va hududiy investitsiya dasturlari, shuningdek, texnik ko‘maklashish mablag‘larini (grantlarini) jalb qilish dasturlarining ishlab chiqilishi va samarali amalga oshirilishida vazirliklar va idoralar hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining ishini muvofiqlashtiradi;
respublika hududida investitsiya faoliyatini kengaytirish va investitsiyalar oqimiga to‘sqinlik qiluvchi mavjud to‘siqlarni bartaraf etish uchun normativ-huquqiy bazani takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
davlat rivojlanish dasturlari va investitsiya dasturlariga kiritilgan investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi va ular doirasida mablag‘lar o‘zlashtirilishining, shuningdek, ishlab chiqilayotgan loyihalarni ushbu investitsiya dasturlariga kiritishning doimiy monitoringini olib boradi;
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, shuningdek, loyihalar tashabbuskorlari bo‘lgan vazirliklar, idoralar va xo‘jalik yurituvchi subyektlar bilan hamkorlikda davlat rivojlanish dasturlari va investitsiya dasturlari, shu jumladan chet el investitsiyalari va kreditlari (qarzlar) ishtirokidagi investitsiya loyihalari amalga oshirilishining monitoring tizimini tashkil etadi, investitsiya loyihalarining o‘z vaqtida amalga oshirilishiga to‘sqinlik qiluvchi tizimli muammolarni aniqlaydi va buning asosida investitsiya jarayonlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi;
erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini muvofiqlashtiradi, erkin iqtisodiy zonalar ma’muriy kengashlari ishchi organi funksiyasini amalga oshiradi;
erkin iqtisodiy zonalar rivojlanishining monitoringini amalga oshiradi, ma’muriy kengashlarga yangi investitsiya loyihalari bo‘yicha ma’muriy kengashlar a’zolarining xulosalari asosida takliflar kiritadi va erkin iqtisodiy zonalar hududlarida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi loyihalar samarali amalga oshirilishini ta’minlash choralarini ko‘radi;
O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda foydalanilmayotgan ishlab chiqarish obyektlaridan samarali foydalanish, shuningdek, xususiy tadbirkorlik subyektlarining bo‘sh turgan va qurilishi tugallanmagan obyektlari ishlab chiqarish faoliyatini tiklashga qaratilgan investitsiya loyihalari (“yo‘l xaritalari”)ni ishlab chiqish bo‘yicha idoralararo komissiyaning ishchi organi funksiyalarini amalga oshiradi;
2) xorijiy investitsiyalarni jalb qilish ishlarini muvofiqlashtirish, xalqaro iqtisodiy va moliya institutlari, xorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan ikki tomonlama va ko‘p tomonlama formatda o‘zaro samarali hamkorlikni amalga oshirish sohasida:
chet el investitsiyalarini, birinchi navbatda, to‘g‘ridan to‘g‘ri chet el investitsiyalarini jalb qilishda, shuningdek, ulardan samarali foydalanishda vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarga ko‘maklashadi;
xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumatlar moliya tashkilotlari, xorijiy banklar, fondlar, agentliklar, kompaniyalar va boshqa tashkilotlar bilan ularni respublika uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan investitsiya loyihalarini amalga oshirishga jalb qilish bo‘yicha takliflarni, istiqbolli va joriy dasturlarni o‘rganadi, umumlashtiradi va tayyorlaydi;
ustuvor va istiqbolli investitsiya loyihalari hamda texnik ko‘maklashish mablag‘larini (grantlarni) jalb etish dasturlari portfelining shakllantirilishida qatnashadi;
chet el investitsiyalari va kreditlari (qarzlar) va texnik ko‘maklashish mablag‘lari (grantlari) oqimining hisobi va tahlilini yuritadi, o‘rganadi va ularni jalb qilish va rag‘batlantirishning jahon tajribasini umumlashtiradi;
chet el investitsiyalari va kreditlari (qarzlar), ilg‘or texnologiyalar, shuningdek, texnik ko‘maklashish mablag‘larini (grantlarini) jalb qilish uchun ustuvor va istiqbolli loyihalarning yagona ma’lumotlar bazasini shakllantiradi va doimiy yangilaydi;
xorijiy mamlakatlar bilan savdo-iqtisodiy va investitsiya masalalari bo‘yicha hukumatlararo komissiyalar (qo‘mitalar, kengashlar va ishchi guruhlar) kotibiyatlarining a’zosi sifatida ishtirok etadi, tegishli hamkor davlatlar bilan savdo va investitsiya sohalarida istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha takliflarni shakllantirish va har tomonlama sifatli tayyorlashda hamda o‘zaro savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik qismi bo‘yicha erishilgan kelishuvlar va hukumatlararo komissiyalar yig‘ilishlari yakunlari bo‘yicha qabul qilingan qarorlarni amalga oshirishda qatnashadi;
tegishli xalqaro moliya institutlari bilan amalga oshirilayotgan o‘zaro hamkorlik haqida O‘zbekiston Respublikasi nomidan xalqaro moliya institutlari boshqaruv idoralarini muntazam xabardor qilishni ta’minlaydi;
xalqaro va xorijiy hukumatlar moliya institutlaridan jalb qilinadigan kredit resurslari va texnik ko‘maklashish mablag‘lari (grantlari), O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari mablag‘lari hisobiga markazlashtirilgan investitsiyalardan samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqadi;
O‘zbekiston Respublikasi davlat kafolati ostida yoki O‘zbekiston Respublikasi nomidan jalb qilingan xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan shartnomalarni va qo‘shimcha bitimlarni ro‘yxatdan o‘tkazadi;
qonun hujjatlarda belgilangan tartibda va zarur bo‘lganda, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat tashkilotlari qoidalari hamda tartib-taomillariga muvofiq investitsiya loyihalari bo‘yicha loyihaoldi va loyiha hujjatlarini o‘z vaqtida ishlab chiqishni nazorat qiladi, shuningdek, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat tashkilotlari mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalarining tender va konkurs savdolarini muvofiqlashtiradi;
loyihalarni amalga oshirish guruhlari rahbarlarini tanlash va tasdiqlash, shuningdek, ularni malakali mutaxassislar bilan shakllantirish, shuningdek, ushbu mutaxassislar malakasining investitsiya loyihalarini boshqarish sohasidagi talablarga mos kelishini aniqlash bo‘yicha ishlarni tashkil etadi;
davlat xaridlari bo‘yicha xarid komissiyasining a’zosi sifatida qatnashadi va xaridlarni amalga oshirish tartibini takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritadi, tender savdolari qoidalarini va yo‘riqnomalarini ishlab chiqish va muvofiqlashtirishda ishtirok etadi;
3) davlat organlari va tashkilotlarining, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro hamda xorijiy moliya va iqtisodiy institutlardagi doimiy vakillarining, shuningdek, Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasining xorijiy muassasalarida tashqi iqtisodiy faoliyat masalalari bilan shug‘ullanuvchi xodimlarning faoliyatini muvofiqlashtirish sohasida:
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, davlat ulushi ustun keladigan tijorat banklari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan yagona investitsiya siyosati amalga oshirilishi bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtiradi;
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ishlab chiqarish, transport-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqishda va ularga chet el investorlarini jalb qilishda vazirliklar va idoralarga ko‘maklashadi;
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi muassasalarida tashqi iqtisodiy masalalar bilan shug‘ullanuvchi xodimlarni muvofiqlashtiradi;
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasining chet eldagi muassasalarida tashqi iqtisodiy faoliyat masalalari bilan shug‘ullanuvchi xodimlar faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
har chorakda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining tegishli o‘rinbosari, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tegishli o‘rinbosarlarining to‘g‘ridan to‘g‘ri chet el investitsiyalari va ilg‘or texnologiyalarni hamda texnik ko‘maklashish mablag‘larini (grantlarini) jalb qilish, tashqi savdoni rivojlantirish, eksport hajmlarini oshirish va boshqa masalalar bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlarini, shuningdek, har yili O‘zbekiston Respublikasining chet el muassasalaridagi tashqi iqtisodiy faoliyat masalalari bilan shug‘ullanuvchi xodimlarning hisobotlarini eshitadi;
respublika tadbirkorlik subyektlarining chet el kompaniyalari bilan ishlab chiqarish va ilmiy-texnik hamkorlik o‘rnatishiga, shuningdek, qo‘shma korxonalar tashkil etishga va birgalikdagi tadbirkorlikning boshqa shakllarini rivojlantirishda ko‘maklashadi;
4) O‘zbekiston Respublikasining savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik masalalari borasidagi xalqaro shartnomalarini tayyorlash, kelishish va imzolashda ishtirok etish sohasida:
O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va transport-kommunikatsiya hamkorlik masalalari bo‘yicha xalqaro shartnomalar loyihalarini ishlab chiqadi, kelishadi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritadi;
vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar bilan savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy kelishuvlar (bitimlar, memorandumlar, bayonnomalar va boshqalar), shartnomalar (kontraktlar) loyihalarini kelishadi va ularni tuzish bo‘yicha takliflar kiritadi;
xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat moliya institutlari, bank tuzilmalari va boshqa iqtisodiy hamda savdo tashkilotlari bilan qarzga oid va shu kabi muzokaralarda qatnashadi;
O‘zbekiston Respublikasining savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va transport-kommunikatsiya hamkorlik masalalari bo‘yicha imzolangan xalqaro shartnomalar hamda kelishuvlar (bitimlar, memorandumlar, bayonnomalar va boshqalar) va kontraktlarning ma’lumotlar bazasini yuritadi, ularni bajarish bo‘yicha doimiy monitoring olib boradi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga tegishli ma’lumot hamda takliflarni kiritadi;
xalqaro iqtisodiy tashkilotlar ishida, savdo iqtisodiy va investitsiya mavzuiga bag‘ishlangan xalqaro tadbirlarda O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini himoya qiladi va qatnashadi, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik masalalarini muhokama qilish va hal etish uchun O‘zbekiston Respublikasiga kelgan chet el delegatsiyalarini qabul qiladi;
5) investorlar bilan doimiy qayta aloqani yo‘lga qo‘yish, investitsiyalarni jalb qilishda hududlar va mahalliy kompaniyalarga ko‘maklashish, investitsiya takliflarini ishlab chiqishni tashkil etish sohasida:
respublikadagi loyiha tashabbuskorlariga chet ellik investorlar bilan o‘zaro manfaatli aloqalar o‘rnatishda ko‘maklashadi;
tadbirkorlik subyektlariga va boshqa shaxslarga xorijiy investorlarni topishda, uzoq muddatli sheriklik aloqalarini o‘rnatishda ko‘maklashadi, shuningdek, to‘g‘ridan to‘g‘ri chet el investitsiyalarini jalb qilish uchun loyiha takliflari va boshqa zarur materiallar tayyorlashda uslubiy yordam ko‘rsatadi;
xorijiy investorlarni mamlakat iqtisodiy va investitsiyaviy salohiyati haqida keng xabardor qilish uchun O‘zbekiston Respublikasida va xorijda xalqaro konferensiyalar, seminarlar, investitsiya forumlarini tashkil etadi va ularda qatnashadi;
investitsiya va savdo faoliyatiga, shu jumladan investitsiya loyihalarini amalga oshirishga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan muammolarni doimiy asosda o‘rganadi;
investorlar murojaatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarning muntazam umumlashtirilishini ta’minlaydi va investorlarning, shu jumladan salohiyatli investorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga takliflar kiritadi;
davlat organlari tomonidan o‘tkaziladigan xalqaro investitsiyaviy va iqtisodiy forumlar va boshqa xalqaro investitsiyaviy va iqtisodiy tadbirlarni kelishadi;
tegishli idoralarning investitsiya siklining har bir bosqichida investorlarni qo‘llab-quvvatlash, byurokratik ko‘rinishlarning oldini olgan holda yuzaga kelayotgan tashkiliy masalalarni, shu jumladan investitsiyadan keyingi davrda hal qilish bo‘yicha muzokaralar olib borishini tashkil qiladi;
investitsiya kompaniyasi va moliya institutlari missiyalarining amaliy uchrashuvlari jadvallarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
6) tashqi savdo sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, Eksportni qo‘llab-quvvatlash milliy tizimining samarali ishlashiga ko‘maklashish va ta’minlash, tashqi savdo faoliyatini tartibga solish sohasida davlat organlari va tashkilotlarining faoliyatini muvofiqlashtirish sohasida:
teng sheriklik, o‘zaro manfaatli va kamsitmaslik prinsiplariga asoslangan tashqi savdo faoliyatini erkin hamda teng huquqli amalga oshirish uchun qulay sharoitlar yaratishda ishtirok etadi;
tashqi savdoni liberallashtirish va unga ko‘maklashish, respublikaning reyting ko‘rsatkichlarini yaxshilash, O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdo aloqalarini mustahkamlash va kengaytirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
savdo-iqtisodiy hamkorlik sohasida xalqaro munosabatlarni rivojlantirish maqsadida davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari mansabdor shaxslarining xizmat safarlari hamda xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar, nodavlat tuzilmalar hamda ishbilarmon doiralar vakillarining O‘zbekiston Respublikasiga tashrifi natijalari bo‘yicha erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi ustidan tegishli monitoringni ta’minlaydi;
davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan taqdim etiladigan ma’lumotlar asosida eksport va import prognozlari bajarilishi tahlilini va monitoringini olib boradi, eksport va import sur’atlari, ulushi va samaradorligi prognozini amalga oshiradi va ularni muvofiqlashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, “O‘zstandart” agentligi, Sog‘liqni saqlash vazirligining Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati respublika markazining ichki va tashqi bozorlardagi savdo faoliyatiga ta’sir qiluvchi choralarni qo‘llash bo‘yicha harakatlarini muvofiqlashtiradi;
Eksportni qo‘llab-quvvatlash milliy tizimining samarali ishlashini va uning tizimiga kiruvchi tashkilotlarning samarali faoliyat yuritishini ta’minlaydi;
eksportni nazorat qilish sohasida vakolatli davlat organi funksiyasini bajaradi;
tashqi savdo kelishuvlari va xalqaro bitimlar shartlari asosida O‘zbekiston Respublikasi hududida sodir bo‘lgan yengib bo‘lmas kuchlar (fors-major) holatlarini tasdiqlaydi;
O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tgan muassasalarning chet elda tashkil etilgan tashkilotlari reyestrini yaratadi va yuritadi;
O‘zbekiston Respublikasi hududida xorijiy tijorat tashkilotlari vakolatxonalarining va mazkur vakolatxonalar xorijiy xodimlarining akkreditatsiyasini belgilangan tartibda amalga oshiradi;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasini yuritadi;
7) savdoda tarif va notarif tartibga solish choralarini qo‘llash hamda elektron tijorat tartib-taomillarini takomillashtirish bilan bog‘liq tadbirlarni muvofiqlashtirish sohasida:
O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdo siyosatining asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqadi, tashqi savdoning asosiy ko‘rsatkichlari parametrlarini shakllantirishda va mamlakat bojxona-tarif siyosatini takomillashtirishda qatnashadi;
tashqi savdoda imtiyozli rejimlarni qo‘llash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;
muhofaza choralari, antidemping va kompensatsiya bojlarini tatbiq etish borasida belgilangan tartibda o‘rganishlarni olib boradi, shuningdek, tashqi savdoda texnik to‘siqlarni qo‘llash bo‘yicha ishlarda ishtirok etadi;
mahalliy xomashyo asosida tayyor mahsulotlar, butlovchi qismlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va import o‘rnini bosish masalalari bo‘yicha takliflarni belgilangan tartibda kiritadi, mahsulotlar sifatini oshirish bo‘yicha dastur va konsepsiya ishlab chiqishda qatnashadi va importni optimallashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlashtirish, tashkilotlar tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun olib kelinadigan mahsulotlarni sertifikatlashtirish, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan, chetdan olib kelinadigan texnologiya asbob-uskunalari, ehtiyot qismlar, materiallar va komponentlarni mahalliylashtiriladigan mahsulotlar ishlab chiqarishda texnologik jarayonda foydalaniladigan toifaga kiritish to‘g‘risida xulosalar berishni mustaqil amalga oshiradi yoki bu boradagi vakolatlarni tegishli tashkilotlarga beradi;
tashqi iqtisodiy faoliyat doirasidagi elektron tijorat sohasida tashqi savdo siyosatini shakllantirishda ishtirok etadi;
tashqi savdo infratuzilmasini jahon elektron savdo tizimiga integratsiyalashtirish, Internetning tarmog‘ida milliy ishlab chiqaruvchilar va eksport qiluvchilarning mavjud bo‘lishini kuchaytirish bo‘yicha dasturlar va kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqadi;
eksport qilinayotgan mahsulotlarning soni va sifatini ekspert baholash tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
8) O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlar bilan savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarini kengaytirish va mustahkamlash, tovarlar, ishlar va xizmatlar eksportini qo‘llab-quvvatlash sohasida:
xorijiy mamlakatlar, shu jumladan, “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusining ishtirokchi davlatlari bilan savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik loyihalari va dasturlarini ishlab chiqadi hamda amalda ro‘yobga chiqaradi;
xorijiy mamlakatlar bilan yuqori texnologiyalar, innovatsiyalar, sanoat, energetika, infratuzilmani rivojlantirish, transport, logistika, qishloq xo‘jaligi, turizm va boshqa yo‘nalishlarda amaliy hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha aniq takliflar tayyorlaydi;
oliy darajadagi tashriflar yakunlari bo‘yicha erishilgan savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik sohasidagi kelishuvlarning so‘zsiz va sifatli ijro etilishi ustidan doimiy hamda tizimli monitoring va nazoratni tashkil qiladi;
xorijiy mamlakatlar bilan savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik sohasidagi amaliy chora-tadbirlar rejalarini (“yo‘l xaritalari”) so‘zsiz amalga oshirish bo‘yicha hamda mamlakatning tashqi iqtisodiy manfaatlarini ilgari surish, O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyati ishtirokchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish doirasida mas’ul ijrochilar — vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtiradi;
savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik sohasidagi ko‘p tomonlama xalqaro shartnomalar va tuzilmalarda O‘zbekiston Respublikasining ishtirok etishi maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida takliflar kiritadi;
O‘zbekiston Respublikasi xo‘jalik yurituvchi subyektlarining tashqi bozorlarga kirib borishi uchun qulay shart-sharoitlarni ta’minlashga doir kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi, tashqi savdo hamkorligining har xil shakllari kengaytirilishiga ko‘maklashadi;
eksport salohiyatni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi, eksport salohiyatini kengaytirish, mamlakatning eksport siyosatini shakllantirish va amalga oshirish maqsadli dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish bilan bog‘liq tadbirlarni muvofiqlashtiradi;
qisqa, o‘rta va uzoq muddatli davrda mamlakat asosiy eksport tovarlarining jahon bozoridagi o‘rnini tadqiq etadi va mustahkamlash ssenariysini ishlab chiqadi;
eksport faoliyatini rag‘batlantirishda xalqaro tajribani o‘rganish va qonunchilik tahlili asosida eksport salohiyatini rivojlantirish sohasidagi qonunchilikni yanada takomillashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;
eksportbop mahsulotlar, shuningdek, soha korxonalarining eksport mahsulotlari va eksportchilar bo‘yicha ma’lumotlar bazasini yaratadi va yuritadi;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan birgalikda eksportni qo‘llab-quvvatlash strategiyasini, shu jumladan uni rag‘batlantiruvchi vositalarni ishlab chiqadi va amalga oshirilishini ta’minlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi vazirlik, idora va xo‘jalik subyektlari bilan birgalikda tashqi savdo sohasida xalqaro savdo-sanoat ko‘rgazmalari, yarmarkalar, forumlar, taqdimotlar, konferensiyalar va boshqa shunday tadbirlarni mamlakatimizda va xorijda tashkil qiladi va o‘tkazadi;
taqdimotlar, reklama tadbirlari va aksiyalar o‘tkazish, maxsus adabiyotlar, bukletlar chop etish, Internet tarmog‘ida maxsus veb-saytlar yaratish orqali O‘zbekiston Respublikasining yuqori xalqaro mavqeyini shakllantiradi va qo‘llab-quvvatlaydi;

Download 163 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish