Qarori o‘zbekiston respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida


-§. Vazirlik hududiy boshqarmalarining vazifalari va funksiyalari



Download 163 Kb.
bet4/15
Sana09.06.2022
Hajmi163 Kb.
#648908
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
investitsiya

2-§. Vazirlik hududiy boshqarmalarining vazifalari va funksiyalari
13. Quyidagilar Vazirlik hududiy boshqarmalarining asosiy vazifalari hisoblanadi:
yagona davlat investitsiya siyosatini amalga oshirish, davlat rivojlanish dasturlari va hududiy investitsiya dasturlarining ishlab chiqilishi va samarali amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;
hududlarda xorijiy investitsiyalarni jalb qilish ishlarini muvofiqlashtirish, xalqaro iqtisodiy va moliya institutlari ishtirokidagi investitsiya loyihalarining samarali amalga oshirilishini ta’minlash;
tashqi savdo faoliyati sohasida hududlarda yagona davlat siyosati olib borilishini ta’minlash, eksportni rag‘batlantirish, hududlarining eksport salohiyatini kengaytirish va mustahkamlash;
hududning eksport salohiyatini kengaytirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirilishiga ko‘maklashish, korxonalarning, shu jumladan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksport nomenklaturasini kengaytirish va hajmlarini oshirish bo‘yicha kompleks choralar qabul qilish;
o‘z vakolatlari doirasida vazirlik va idoralarning hududiy bo‘linmalari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar hamda erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini muvofiqlashtirish.
14. Vazirlik hududiy boshqarmalari ularga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
1) yagona davlat investitsiya siyosatini amalga oshirish, davlat rivojlanish dasturlari va hududiy investitsiya dasturlarining ishlab chiqilishi va samarali amalga oshirilishini muvofiqlashtirish sohasida:
hududlar va tarmoqlarining investitsiya loyihalari amalga oshirilishi va ular doirasida mablag‘lar jalb etilishi yuzasidan doimiy monitoring olib boradi;
hududlarning salohiyatini o‘rganish natijasida davlat rivojlanish dasturlari va hududiy investitsiya dasturlarini shakllantirish va ishlab chiqishda ishtirok etadi;
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining hududiy boshqarmalari hamda boshqa vazirlik, idoralar va xo‘jalik yurituvchi subyektlar — loyiha tashabbuskorlari bilan o‘zaro hamkorlikda hududlarda investitsiya dasturlari amalga oshirilishi holati yuzasidan monitoring tizimini tashkil etadi;
2) hududlarda xorijiy investitsiyalarni jalb qilish ishlarini muvofiqlashtirish, xalqaro iqtisodiy va moliya institutlari ishtirokidagi investitsiya loyihalarining samarali amalga oshirilishini ta’minlash sohasida:
investitsiyalar jalb qilish maqsadida salohiyatli va istiqbolli investitsiya va kredit bozorlarining doimiy tahlilini olib boradi;
vazirliklar va idoralarning hududiy bo‘linmalariga va boshqa tashkilotlarga xorijiy investitsiyalarni, birinchi navbatda, to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarni jalb qilishda va ulardan samarali foydalanishda ko‘maklashadi, xalqaro iqtisodiy va moliya institutlari ishtirokidagi investitsiya loyihalarining samarali amalga oshirilishini ta’minlaydi;
“yagona darcha” tamoyili bo‘yicha istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshiruvchi xorijiy investorlar bilan investitsiyalarni jalb qilish masalalari bo‘yicha o‘zaro hamkorlik qiladi;
hududlarning salohiyatli va istiqbolli investitsiya loyihalari portfelini hamda texnik ko‘maklashish mablag‘larini (grantlarni) jalb etish dasturlarini shakllantirishda ishtirok etadi;
3) tashqi savdo faoliyati sohasida hududlarda yagona davlat siyosati olib borilishini ta’minlash, eksportni rag‘batlantirish, hududlarining eksport salohiyatini kengaytirish va mustahkamlash sohasida:
hudud korxonalarining tashqi savdo infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
hududlardagi xo‘jalik yurituvchi subyektlarga tashqi savdo faoliyatini amalga oshirishda o‘z vakolatlari doirasida ko‘maklashadi hamda korxonalar va tashkilotlarda marketing xizmatlarini tashkil etilishi va faoliyat yuritishida uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatadi;
tashqi savdo masalalari bo‘yicha xorijiy delegatsiyalarning tashrifi, xususan, uchrashuv va muzokaralar o‘tkazish bilan bog‘liq tadbirlarni amalga oshiradi;
vazirliklar va idoralarning hududiy bo‘linmalari va xo‘jalik yurituvchi subyektlar bilan birgalikda respublikada va xorijda xalqaro savdo-sanoat yarmarkalari, forumlar, taqdimotlar, konferensiyalar va shu kabi boshqa tadbirlar o‘tkazilishida ishtirok etadi.
4) hududning eksport salohiyatini kengaytirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirilishiga ko‘maklashish, korxonalarning, shu jumladan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksport nomenklaturasini kengaytirish va hajmlarini oshirish bo‘yicha kompleks choralar qabul qilish sohasida:
hududlarni iqtisodiy rivojlantirish, shu jumladan eksport salohiyatini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari konsepsiyasini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
hududga bo‘ysinuvchi korxonalarning eksport prognozi ijro etilishi holati bo‘yicha monitoring olib boradi, buning asosida ularning eksport faoliyatini tahlil qiladi va korxonalar eksportini jadallashtirish va rag‘batlantirish bo‘yicha aniq taklif va ko‘rsatmalar kiritadi;
hudud korxonalarining eksport salohiyatini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari hamda ishlab chiqaruvchilar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksportini rag‘batlantirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi va kiritadi;
hududga bo‘ysinuvchi korxonalarning ishlab chiqarish salohiyatini o‘rganadi, korxonalarning mavjud eksport imkoniyatlari zaxiralarini aniqlaydi, tashqi bozorlarning marketing tadqiqotlarini olib borish asosida mavjud eksport zaxiralaridan foydalanish bo‘yicha takliflar kiritadi;
5) o‘z vakolatlari doirasida vazirlik va idoralarning hududiy bo‘linmalari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar hamda erkin iqtisodiy zonalar faoliyatini muvofiqlashtirish sohasida:
vazirlik va idoralarning hududiy bo‘linmalari, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning o‘zaro hamkorligi samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi, davlat investitsiya rivojlanish dasturlarining amalga oshirilish holatini va hududlar eksport prognozini tizimli monitoring qiladi hamda o‘rganadi.
erkin iqtisodiy zonalar hududida loyihalarning o‘z vaqtida va samarali amalga oshirilishi, shu jumladan,mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqqan holda ishlab chiqarish tashkil etilishini monitoring qiladi;
erkin iqtisodiy zonalar jozibadorligini oshirish va ularning ishtirokchilari uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha Vazirlik rahbariyatiga takliflar kiritadi.
Hududiy boshqarmalar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.

Download 163 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish