Qarori o‘zbekiston respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi to‘G‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida


-bob. Vazirlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ishchi indikatorlari



Download 163 Kb.
bet14/15
Sana09.06.2022
Hajmi163 Kb.
#648908
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
investitsiya

8-bob. Vazirlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ishchi indikatorlari
41. Vazirlik faoliyatining samaradorligi va natijadorligi muntazam baholab boriladi.
42. Quyidagilar faoliyatining samaradorligi:
Vazir, vazirning birinchi o‘rinbosarlari, vazir o‘rinbosarlari, hududiy boshqarma boshliqlari, tumanlar (shaharlar) bo‘limlari boshliqlarining — belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan faoliyat samaradorligini baholovchi integratsiyalashgan ko‘rsatkichlarga asosan;
boshqarma va bo‘lim boshliqlari, shuningdek, markaziy apparat va hududiy boshqarmalari xodimlari, idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari va xodimlarining — vazir tomonidan tasdiqlangan faoliyat samaradorligini baholovchi ko‘rsatkichlarga asosan baholanadi.
43. Vazirlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari bo‘yicha:
Vazirlik rahbarlari va xodimlarini rag‘batlantirish (mukofotlash) yoki ularga nisbatan intizomiy jazo choralari;
Vazirlik faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish choralari ko‘riladi.
Vazirlik uning rahbarlari va xodimlari faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash tartibi va uslubini ishlab chiqadi.
9-bob. Vazirlik faoliyatini moliyalashtirish va moddiy-texnik ta’minlash, uning xodimlari mehnatiga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish
44. Vazirlikni moddiy-texnika bilan ta’minlash, mehnatga haq to‘lash va xodimlarini moddiy rag‘batlantirish xarajatlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti, budjetdan tashqari jamg‘armalar va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobidan moliyalashtiriladi.
45. Vazirlik xodimlarining ish haqi lavozim maoshi, mukofotlar, qo‘shimcha to‘lovlar, ustamalar va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan rag‘batlantiruvchi to‘lovlardan iborat.
Vazirlik markaziy apparati xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan quyidagi miqdorlarda uzoq yillik xizmati uchun oylik ustama haq to‘lanadi (rag‘batlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda lavozim maoshi koeffitsiyentlarida):
1 yildan 3 yilgacha — 0,3;
3 yildan 5 yilgacha — 0,6;
5 yildan 10 yilgacha — 0,8;
10 yildan 15 yilgacha — 1,0;
15 yildan 20 yilgacha — 1,2;
20 yildan ortiq — 1,5.
Uzoq yillik xizmati uchun ustama haq olish huquqini beruvchi ish staji Vazirlik tomonidan tasdiqlanadigan tartibga muvofiq hisoblab chiqiladi.
46. O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti, Vazirlikning budjetdan tashqari Rivojlantirish va xodimlarni moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi, budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasi mablag‘lari, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar Vazirlik xodimlariga ish haqi to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish manbalari hisoblanadi.
Vazirlikning Rivojlantirish va xodimlarni moddiy rag‘batlantirish jamg‘armasi nizomi O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
47. Vazirlikning hududiy boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) bo‘limlari faoliyatini ta’minlash va moliyalashtirish (shu jumladan xodimlarni moddiy rag‘batlantirish) Qoraqalpog‘iston Respublikasi mahalliy budjeti, viloyatlar hududiy budjeti, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat hokimliklari, tumanlar (shaharlar) xodimlari uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Vazirlikning hududiy boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) bo‘limlari xodimlariga yil yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti mablag‘lari hisobidan uzoq yillik xizmati uchun quyidagi miqdorlarda bir martalik haq to‘lanadi (rag‘batlantirish koeffitsiyentini hisobga olgan holda lavozim maoshi koeffitsiyentlarida):
1 yildan 3 yilgacha — 0,5;
3 yildan 5 yilgacha — 0,8;
5 yildan 10 yilgacha — 1,0;
10 yildan 15 yilgacha — 1,2;
15 yildan 20 yilgacha — 1,5;
20 yildan ortiq — 2,0.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, shuningdek, tumanlar (shaharlar) hududiy boshqarmalari hamda Vazirlikning tumanlar (shaharlar) bo‘limlari xodimlari uchun daromadlar prognozining oshirib bajarilgan mablag‘lardan va budjetning orttirib bajarilgan qismi hisobiga qo‘shimcha moddiy rag‘batlantirish turlarini (ustama haq, qo‘shimcha haq, mukofotlar va ish haqiga boshqa to‘lovlar) belgilash huquqiga ega.
10-bob. Vazirlikning Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy tuzilmalari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti oldida hisobdorligi
48. Vazirlik O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan o‘zaro hamkorlik jarayonida:
vazirlikka yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarish bilan bog‘liq normativ-huquqiy va boshqa hujjatlar loyihalarini belgilangan tartibda kiritadi;
investitsiya va tashqi savdo siyosatini takomillashtirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish uchun davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik yurituvchi subyektlar bilan birgalikda takliflar, tavsiyalar va tahliliy materiallar tayyorlashni ta’minlaydi;
investitsiya loyihalarini tayyorlash, amalga oshirish va samaradorligini baholash chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi hamda investitsiya jarayonlarining samaradorligini oshirish bo‘yicha aniq takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
muntazam ravishda investitsiya va tashqi savdo sohasida muhim yo‘nalishlar va vazifalar amalga oshirish holatini, shuningdek, mazkur sohada mavjud bo‘lgan tizimli muammo va kamchiliklarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi rahbariyatida ko‘rib chiqishni tashkil qiladi;
o‘rnatilgan tartibda boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
49. Vazirlik uning hududiy boshqarmalari, davlat boshqaruvining tegishli organlari va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ma’lumotlarini har tomonlama chuqur tahlil qilish hamda umumlashtirish asosida investitsiya va tashqi savdo sohasida rivojlanish ko‘rsatkichlarining yakunlari to‘g‘risidagi tahliliy materiallarni har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
50. Vazirlik har chorak yakunlari bo‘yicha investitsiya va tashqi savdo sohasida mamlakatning rivojlanish ko‘rsatkichlari yakunlari to‘g‘risidagi press-relizni o‘z veb-sayti da e’lon qilib boradi.
51. Vazirlikning hududiy boshqarmalari har chorakda chuqur tahlil asosida tumanlar (shaharlar) bo‘limlarining yakuniy ma’lumotlari, shuningdek, hududiy bo‘linmalar, davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ma’lumotlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat hokimliklari va Toshkent shahar hokimligining investitsiya va tashqi savdo vazirligi sohasidagi belgilangan prognoz va maqsadli parametrlarga erishish va mavjud muammolarni bartaraf qilish bo‘yicha asoslangan takliflarni vazirlikka kiritadi.
52. Vazirlikning tumanlar (shaharlar) bo‘limlari har chorakda investitsiya va tashqi savdoni rivojlantirishning belgilangan prognoz va maqsadli parametrlariga erishish yo‘llarining tahlilini har tomonlama chuqur o‘rganish asosida tuman (shahar) hokimliklarining mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha asoslangan takliflar haqidagi tahliliy ma’lumotlarni vazirlikning hududiy boshqarmalariga kiritadi.

Download 163 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish