2-§. Vazirlik markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalarining uning hududiy boshqarmalari va tumanlar (shaharlar) bo‘limlari bilan o‘zaro hamkorlik tartibi
36. Vazirlik markaziy apparatining tarkibiy bo‘linmalari vazirlikning hududiy boshqarmalari bilan quyidagi masalalarda yaqin hamkorlik qiladi:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Vazirlik rahbariyati topshiriqlarining hamda Oliy Majlisi deputatlari so‘rovlarining o‘z vaqtida bajarilishini, jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini ta’minlash;
hududlarni rivojlantirish dasturlari va prognozlarini tarmoqlarni rivojlantirish dasturlari bilan birgalikda ishlab chiqishda davlat boshqaruvi organlari bo‘linmalari va xo‘jalik yurituvchi subyektlar bilan Vazirlikning hududiy boshqarmalari hamkorligini ta’minlash;
hududlarning investitsiyaviy va tashqi savdo faoliyatini takomillashtirish yo‘nalishidagi rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish bo‘yicha Vazirlik hududiy boshqarmalari faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
investitsiyaviy va tashqi savdo bo‘yicha hududlarni rivojlantirish dasturlari doirasidagi tadbirlar va investitsiyaviy loyihalarning amalga oshirilishini, asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlarning o‘zgarishini tizimli monitoringini olib borish, ularning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishiga to‘sqinlik qiladigan tizimli muammoli masalalarni aniqlash va yechimlari bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan ko‘rib chiqish va viza olish uchun kiritilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini o‘rganish va ekspertizadan o‘tkazish hamda ular bo‘yicha xulosalar tayyorlash;
Vazirlikning hududiy boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) bo‘limlari faoliyatining samaradorligini tahlil qilish va baholash.
3-§. Vazirlikning davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik yurituvchi subyektlar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik tartibi
37. Vazirlik, davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik yurituvchi subyektlar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik jarayonida:
davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik yurituvchi subyektlar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, Vazirlikning hududiy boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) bo‘limlari faoliyatini o‘z vakolati doirasidagi masalalar bo‘yicha muvofiqlashtiradi;
Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha takliflarni o‘rnatilgan tartibda ishlab chiqilishi va kiritilishida qatnashadi;
faoliyat yo‘nalishlaridan kelib chiqib nomutanosibliklarni bartaraf etishda davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik yurituvchi subyektlar bilan hamkorlik qiladi.
38. Vazirlikning hududiy boshqarmalari o‘z vakolatlari doirasida davlat boshqaruvining boshqa organlari va xo‘jalik yurituvchi subyektlar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlarning hududiy bo‘linmalari bilan hamkorlik qiladi.
Vazirlikning hududiy boshqarmalari tegishli hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha “yo‘l xaritalari”ni ishlab chiqishda va amalga oshirishda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektorlar bilan hamkorlik qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |