Oldingi tahrirga qarang.
xorijiy mamlakatlar bilan ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyalar (qo‘mitalar, kengashlar)ning O‘zbekistonga oid qismlari faoliyatini muvofiqlashtiradi va ularning kotibiyatlari funksiyalarini amalga oshiradi;
(12-bandning 8-kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-iyundagi 375-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.06.2020-y., 09/20/375/0751-son)
9) O‘zbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish va u bilan hamda boshqa ko‘p tomonlama iqtisodiy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish sohasida:
O‘zbekiston Respublikasining Jahon savdo tashkilotiga (keyin o‘rinlarda JST deb ataladi) a’zo bo‘lishi uchun zarur bo‘lgan materiallar va hujjatlar to‘plamini jamlash va tayyorlash, shuningdek, milliy qonunchilikni ushbu tashkilot bilan bitimlar talablariga muvofiq moslashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi;
O‘zbekiston Respublikasining JSTga a’zo bo‘lishi bo‘yicha muzokaralar jarayonida ishtirok etadi, uning kotibiyati bilan o‘zaro hamkorlik qiladi, xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar bilan tashqi savdo sohasida xalqaro shartnomalar va boshqa hujjatlarni tuzadi;
JST bilan ishlash va hamkorlik bo‘yicha idoralararo komissiyasi kotibiyati vazifasini bajaradi;
JST tamoyillariga muvofiq yuklashdan oldin inspeksiyadan o‘tkazish, sertifikatlashtirish tizimini rivojlantirish ishlarida qatnashadi va yuklashdan oldin inspeksiyadan o‘tkazish faoliyatini tashkil etishni muvofiqlashtiradi;
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasining JSTdagi xorijiy vakillari faoliyatini va ularning JST tuzilmalari bilan ishini muvofiqlashtiradi;
10) ulgurji va birja tashqi savdolarini tartibga solish masalalarini muvofiqlashtirish, bozor holatini monitoring va tahlil qilish, marketing tadqiqotlarini o‘tkazish va tovarlar narxlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tahlil qilish sohasida:
xorijiy davlatlar bozorlari marketingini tadqiq etish asosida tovarlarning yangi turlarini, ularni keyinchalik eksport qilish uchun ishlab chiqarishni o‘zlashtirishga doir takliflar ishlab chiqadi;
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning xorijiy sheriklar bilan uzoq muddatli, barqaror sheriklik munosabatlarini yo‘lga qo‘yish maqsadida tashqi bozorlarini kompleks tadqiq etadi;
xalqaro savdo holatini, xorijiy davlatlardagi iqtisodiy vaziyatni tahlil qiladi, konyunkturani o‘rganadi va shu asosda tashqi bozorlarning rivojlanish tendensiyasini prognozlashtiradi;
tashqi bozorlarning istiqbollari va samaradorligini inobatga olgan holda, ularning rivojlanish holati va prognozini chuqur tahlil qiladi hamda asosiy eksport nomenklaturasi bo‘yicha marketing va tahliliy ma’lumotlar tayyorlaydi;
tashqi bozorlarda meva-sabzavot mahsulotlarining narx konyunkturasini tizimli asosda o‘rganadi, shu jumladan hududlarga chiqqan holda meva-sabzavot mahsulotlari yetishtiruvchilar va eksport qiluvchilar bilan har oyda uchrashuvlar o‘tkazadi, shuningdek, o‘rganish natijalari, xususan, meva-sabzavot mahsulotlarining eksport narxlari darajasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar o‘z rasmiy veb-sayti va boshqa ommaviy axborot vositalarida chop etilishini tashkil etadi;
har oyda meva-sabzavot mahsulotlari eksport qiluvchilarga asosiy sotish bozorlari bo‘yicha tahlil natijalari va prognozlarini, xususan, narx konyunkturasining o‘zgarishlari, belgilangan punktlar kesimida yuklash hajmlari hamda meva-sabzavot mahsulotlarini import qilishda texnik talablar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z rasmiy veb-sayti va boshqa ommaviy axborot vositalarida joylashtirish orqali taqdim etadi;
o‘tkazilgan marketing tadqiqotlari va tashqi bozorlarni o‘rganish natijasida ishlab chiqarish quvvatlari, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning standartlari va sifatlarini optimallashtirish bo‘yicha xo‘jalik yurituvchi subyektlarga tavsiyalar beradi;
tashqi iqtisodiy faoliyat subyektlariga eksport qilayotgan mahsulotlar bo‘yicha huquqiy, narx, moliyaviy xususiyatlar to‘g‘risida ma’lumotlar, maslahatlar berib boradi;
11) tashqi savdo infratuzilmasini rivojlantirish, shu jumladan tranzit salohiyati darajasini oshirish, logistika va transport yo‘laklarini takomillashtirish, shuningdek, eksport marshrutlarini diversifikatsiya qilish masalalarini ilgari surish sohasida:
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda transport, transport aloqalari va xalqaro logistika sohasida tashqi savdo siyosati masalalari bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
tranzit salohiyatini oshirish, transport-kommunikatsiya tizimlarini xalqaro transport kommunikatsiyasiga integratsiyalashtirish maqsadida tashqi savdo tovarlarini optimallashtirish, yangi transport yo‘nalishlarini (yo‘laklarini) ko‘paytirish maqsadida chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
zarur hollarda, O‘zbekiston Respublikasi hududida tranzit orqali o‘tadigan xavfli yuklar, qurol-aslahalar, harbiy uskunalar, harbiy mulklar, portlovchi moddalar va mahsulotlarni o‘tkazish chog‘ida xulosa beradi.
Vazirlik qonun hujjatlariga muvofiq o‘ziga yuklangan boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |