O'zbekiston respublikasida tashqi savdo faoliyatini erkinlashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'G'risida



Download 74,5 Kb.
Sana09.04.2017
Hajmi74,5 Kb.
#6370
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA TASHQI SAVDO FAOLIYATINI ERKINLASHTIRISH BO'YICHA QO'SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO'G'RISIDA

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining tovarlar eksportini rag'batlantirish va import operatsiyalarini tartibga solish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risidagi farmonlarini bajarish yuzasidan, shuningdek eksportga mahsulot ishlab chiqarishni kengaytirish va sotishni rag'batlantirish, tashqi savdo hisobot tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. 1998 yil 1 apreldan boshlab O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 10 oktyabrdagi PF—1871-son Farmonida nazarda tutilgan imtiyozlar va preferentsiyalar:

vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, kontsernlar, uyushmalar va kompaniyalarning tarkibiy bo'linmalari hisoblangan, tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni eksport qiluvchi ixtisoslashtirilgan tashqi savdo birlashmalari va firmalariga joriy etilsin, foydadan olinadigan soliq bundan mustasnodir, shuningdek ularga xorijda savdo uylari va vakolatxonalar ochishga ruxsat etilsin;

mis va ruxdan tayyorlangan mahsulotlarni eksport qiluvchi ishlab chiqarish korxonalariga joriy etilsin (TIF TN kodi — 7403, 7408, 7901).

tovar-xom ashyo birjalarida va «O'zko'rgazmasavdo» ochiq aktsiyadorlik jamiyatining yarmarka savdolarida, shuningdek davlatlararo bitimlar va hukumatning buyurtmalari bo'yicha eksport operatsiyalarini amalga oshiruvchi savdo-vositachilik tashkilotlari.



(1-band O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 1 maydagi 198-sonli qaroriga muvofiq to'rtinchi xatboshi bilan to'ldirilgan — O'R QHT, 2001 y., 9-son, 45-modda)

2. Xo'jalik yurituvchi sub'ektlarga «O'zdavstandart» markazi va vakolatli organlar tomonidan sertifikatsiya qilingan mahsulotlarni O'zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo'mitasi laboratoriyalarida qo'shimcha ravishda ekspertizadan o'tkazmasdan eksportga yuklab jo'natish huquqi berilsin.

3. O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi Davlat soliq qo'mitasi, Davlat bojxona qo'mitasi, Adliya vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda respublika xo'jalik yurituvchi sub'ektlari tomonidan O'zbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqarida savdo uylari, savdo vakolatxonalari, sho''ba korxonalar, firma do'konlari, dilerlik tarmoqlari va konsignatsiya omborlarini ochish tartibi to'g'risidagi nizomni bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.

4. O'zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Davlat bojxona qo'mitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va «O'zdavstandart» markazi bilan birgalikda idoralararo ishchi guruh tuzsinlar va tashqi savdoga oid davlat va bojxona statistikasi ma'lumotlarini to'plash va qayta ishlashning yagona uslubiyati to'g'risidagi nizomni bir oy muddatda ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.

5. Ma'lumot uchun qabul qilinsinki, import qiluvchilarga tarif imtiyozlari va preferentsiyalar berish amaldagi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.

Belgilab qo'yilsinki, amaldagi qonun hujjatlariga ko'ra belgilangan tovarlar bilan bir qatorda, shuningdek quyidagi tovarlardan:

ko'rgazmalar, reklama va taqdimotlar uchun eksponatlar sifatida chetdan olib kirilayotgan tovarlardan;

chetga olib chiqiladigan mahsulotlar ishlab chiqarish uchun qayta ishlashga berish asosida chetdan olib kiriladigan xom ashyo, materiallar va butlovchi buyumlardan import bojxona bojlari olinmaydi.



(5-band O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 12 martdagi 71-sonli qarori tahririda — O'R QHT, 2013 y., 11-son, 143-modda)

6. Amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan import boj stavkalari O'zbekiston Respublikasi savdo-iqtisodiy munosabatlarda eng qulay rejim yaratadigan mamlakatlarda ishlab chiqarilgan tovarlarga nisbatan qo'llaniladi.

O'zbekiston Respublikasi savdo-iqtisodiy munosabatlarda eng qulay rejim yaratish to'g'risida bitimlarga ega bo'lmagan mamlakatlarda ishlab chiqarilgan tovarlarga nisbatan import bojining ikki baravar oshirilgan stavkalari qo'llaniladi.

(6-band O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 2 fevraldagi 66-sonli qarori tahririda — O'R QHT, 2001 y., 3-4-son, 12-modda)

7. Belgilansinki, O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi:

Hukumat qarorlari, Hukumatlararo bitimlar asosida, shuningdek, ham xalqaro bozorlar kon'yunkturasiga, ham mintaqaviy bozorlardagi talab va takliflarning amaldagi holatiga asoslangan narxlar bo'yicha 1-ilovaga muvofiq ro'yxatga binoan tovarlar (xizmatlar) eksporti yuzasidan tuzilgan kontraktlar (shartnomalar)ni ro'yxatdan o'tkazadi, birja savdolarida tuziladigan kontraktlar (shartnomalar) bundan mustasno;

(7-bandning ikkinchi xatboshi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 29 maydagi 96-sonli qarori tahririda— O'R QHT, 2006 y., 22-son, 192-modda)

tovarlarning kelib chiqishini sertifikatlaydi;



(7-bandning uchinchi xatboshi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 30 dekabrdagi 379-sonli qaroritahririda — O'R QHT, 2013 y., 2-son, 24-modda)

amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tarif imtiyozlarini qo'llash maqsadida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tomonidan o'z ehtiyojlari uchun import qilinadigan mahsulotlarni sertifikatlaydi.



(7-bandning birinchi xatboshisi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 8 sentyabrdagi 206-sonli qaroritahririda — O'R QHT, 2005 y., 34-36-son, 264-modda)

8. O'zbekiston Respublikasining vakolatli organlari tomonidan beriladigan ruxsatnomalar bo'yicha eksport va import qilinadigan maxsus tovarlar (ishlar, xizmatlar) ro'yxati 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

9. O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat bojxona qo'mitasi, Markaziy bank, Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir hafta muddatda:

import qilinadigan tovarlar va ishlab chiqarish-texnika maqsadlaridagi mahsulotlarni O'zbekiston Respublikasi hududida bojxona rasmiylashtiruvi tartibini;

eksport va import kontraktlarini O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligida ro'yxatdan o'tkazish tartibini, shuningdek eksport-import yuklarini rasmiylashtirishda bojxona organlariga taqdim etiladigan hujjatlar ro'yxatini;

O'zbekiston Respublikasida maxsus tovarlar eksporti va importini litsenziyalash tartibi to'g'risidagi nizomni;

korxonalarning o'zi ishlab chiqargan eksportga etkazib beriladigan mahsulotlarni, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar o'z ehtiyojlari uchun import qiladigan mahsulotlarni aniqlash qoidalarini, shuningdek, tovarlar ishlab chiqarilgan mamlakatni aniqlash qoidalarini;

erkin savdo rejimi belgilangan yoki savdo-iqtisodiy munosabatlarda eng qulay rejim belgilanadigan davlatlar ro'yxatini tasdiqlasinlar.

10. Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 20 sentyabrdagi 329-son qaroriga 1-ilova — «O'zbekiston tovar-xom ashyo birjasi orqali faqat erkin almashtiriladigan valyutaga sotiladigan tovarlar ro'yxati»ning 6-bandi «Ipak chiqindilari TIF TN kodi 5003» tovar nomi bilan to'ldirilsin.

11. Vazirlar Mahkamasining 3-ilovaga muvofiq qarorlari o'z kuchini yo'qotgan deb hisoblansin.

12. O'zbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari o'z normativ hujjatlarini mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar.

13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O'zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O'.T.Sultonov zimmasiga yuklansin.



Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV

Toshkent sh.

Vazirlar Mahkamasining 1998 yil

31 martdagi 137-son qaroriga 


1-ILOVA

Kontraktlar O'zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida ro'yxatdan o'tkazilgandan keyin eksport qilinadigan tovarlar

(1-ilovaning nomidagi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 8 sentyabrdagi 206-sonli qarori tahririda — O'R QHT, 2005 y., 34-36-son, 264-modda)

RO'YXATI


T/r‎

Tovarning nomi‎

TIF TN kodi‎

1.‎

Qurol-yarog'lar va harbiy texnika, ularni ishlab chiqarish uchun maxsus butlovchi qismlar ‎

8526 (faqat harbiy maqsadda), 8710, 8802 (8802 11 100, 8802 12 100, 8802 20 100, 8802 30 10 8802 40 100 dan boshqa), 8803 100 (8803 10 100, 8803 20 100, 8803 30 100, 8803 90 910 dan boshqa), 8805‎

2.‎

Qimmatbaho metallar, qotishmalar, ulardan tayyorlangan buyumlar, rudalar, kontsentratlar, siniq parchalar va chiqindilar, qimmatbaho tabiiy toshlar va ulardan tayyorlangan buyumlar, chiqindilar, qimmatbaho tabiiy toshlar kukunlari va rekuperatorlari, marvarid va undan tayyorlangan buyumlar, qahrabo va undan tayyorlangan buyumlar‎

2843, 3006 40 (faqat qimmatbaho metallardan), 7106 — 7115, 7118 (faqat qimmatbaho metallardan),
‎9003 19 100, 9021 29 100, 9101, 9111 10 000,
‎9113 10 000, 9608 10 30, 9608 39 100, 9705 (faqat qimmatbaho toshlardan tayyorlangan tangalar), 7116 (faqat marvarid va tabiiy qimmatbaho toshlardan), 9602 (faqat ishlov berilgan qahrabo va undan tayyorlangan buyumlar)‎

3.‎

Uran va boshqa radioaktiv moddalar, ulardan tayyorlangan buyumlar, radioaktiv moddalar chiqindilari

2612 (faqat uran kontsentratlari), 2844, 2845‎

4.‎

Radioaktiv moddalardan foydalangan holda tayyorlangan priborlar va asbob-uskunalar‎

8401‎

5.‎

Rangli metallar, rangli metallar prokati, rangli metallar parchalari va chiqindilari‎

2805, 7401 — 7411, 7413, 7501— 7506, 7601 —‎ 7615, 7801— 7804, 7901 — 7905,
‎8001 — 8005, 8103 — 8112

6.‎

Qora metallar prokati, qora metallar parchalari va chiqindilari‎

7201 — 7229, 7301 — 7306‎

7.‎

Neftь xom ashyosi, tabiiy gaz‎

2709, 2711‎

8.‎

Paxta tolasi, paxta linti‎

5201, 5203, 140420000‎

Vazirlar Mahkamasining 1998 yil
31 martdagi 137-son qaroriga 
2-ILOVA

O'zbekiston Respublikasining vakolatli organlari tomonidan beriladigan ruxsatnomalar bo'yicha eksport va import qilinadigan maxsus tovarlar (ishlar va xizmatlar)

RO'YXATI


T/r‎

Qisqacha nomi ‎

Ruxsatnoma berish vakolati bo'lgan organlar‎

1.‎

O'zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet mamlakatlardagi va xorijiy fuqarolarning O'zbekiston Respublikasidagi o'z kasbi bo'yicha faoliyati

Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi

5.‎

San'at asarlarini eksport qilish‎

Madaniyat va sport ishlari vazirligi‎

6.‎

Qizil kitobga kiritilgan yovvoyi o'simliklarni, ‎ularning qismlari va mahsullarini eksport qilish

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi



‎Yovvoyi o'simliklar, ularning qismlari va mahsullari, botanika kollektsiyalari importi, shuningdek yovvoyi hayvonlar, ularning qismlari, ular hayotiy faoliyatining mahsullari, kollektsiyalar va o'ljalar eksporti va importi

‎O'zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo'mitasi

 

(2-ilova O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 8 oktyabrdagi 276-sonli qarori tahririda — O'R QHT, 2013 y., 41-son, 550-modda)

Vazirlar Mahkamasining 1998 yil


31 martdagi 137-son qaroriga 
3-ILOVA

Hukumatning o'z kuchini yo'qotgan qarorlari

RO'YXATI


O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 21 oktyabrdagi 485-son qarori;

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 25 martdagi 163-son qarori;

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 23 iyundagi 315-son qarori;

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 28 dekabrdagi 625-son qarori;

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 25 iyuldagi 287-son qarori;

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 7 oktyabrdagi 389-son qarori;

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 20 martdagi 110-son qarori;

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 20 martdagi 114-son qarori;

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 18 iyundagi 219-son qarori;

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 1 oktyabrdagi 342-son qarori;

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 19 noyabrdagi 405-son qaroriga 2-ilova 9-bandining 9-xat boshi;

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 10 dekabrdagi 438-son qarori;



O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 15 yanvardagi 28-son qarori.
Download 74,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish