Mineral bog‘lovchilar asosida tayyorlangan sun’IY



Download 247 Kb.
bet1/4
Sana16.06.2022
Hajmi247 Kb.
#676084
  1   2   3   4
Bog'liq
1-Ma'ruza. Mineral bog‘lovchilar asosida sun’iy tosh materiallari. -1


MINERAL BOG‘LOVCHILAR ASOSIDA TAYYORLANGAN SUN’IY TOSH MATERIALLAR VA BUYUMLAR



Tayanch iboralar: silikat bog‘lovchilar, silikat g‘ishti, silikat buyumlar, gips, gipskarton listlar, gips plitalari, asbestsement buyumlar, magnezial bog‘lovchi, resurs tejamkorlik, mustahkamlik, atmosfera muhitiga bardoshlilik.


    1. Umumiy ma’lumotlar


Sun’iy tosh materiallar va buyumlarga sement asosidagi beton hamda qorishma, gips, ohak va magnezial bog‘lovchilar asosidagi kompozitlar kiradi. Sun’iy tosh materiallari olishda to‘ldirgichlar sifatida kvars qumi, shlak, kul, pemza yog‘och qipig‘i va tolasi, qog‘oz sanoati chiqindisi va boshqalar ishlatiladi. Bu materiallarni ishlab chiqarish umumiy texnologiyasi bog‘lovchilar va to‘ldirgich- larni aralashtirib qorishma tayyorlash, qoliplash va qotishini tezlashtirish kabi asosiy jarayonlardan iboratdir.


Ohak (silikat) bog‘lovchisi asosida silikat, ohak-shlakli va ohak- kulli g‘ishtlar, silikatli hamda ko‘piksilikatli va boshqa zich hamda yacheykali silikat betonlar va temirbetonlar tayyorlanadi. Gips asosida pardevor plitalar, gipsbeton toshlar, qoplama listlar, arxitektura qismlari va sh.k. kompozitsion buyumlar olinadi. Ohak va gips asosida olinadigan ekologik toza kompozitsion buyumlarning ravnaq topishi uchun kvars qumi va boshqa to‘ldirgichlarning serobligi, mineral bog‘lovchi xomashyo zaxirasining beqiyosligi, ishlab chiqarish jarayonining energiya tejamkorligi to‘la avtomat- lashtirish va mexanizatsiyalash imkoniyati asosiy sabab bo‘ladi.


    1. Silikat buyumlar


Silikat buyumlar ohak yoki u asosidagi aralash bog‘lovchilar, qum, kukun giltuproqli qo‘shimchalar va suv qorishmasini qoliplash va reaktor-avtoklavlarda 0,8–1,3 MPa bosim ostida va 175–200°C bug‘ yoki bug‘-havo aralashmasi haroratda ishlov berib tayyorlanadi. Ohak bog‘lovchi kvars qumi va suv aralashmasidan tayyorlangan buyum avtoklavda ishlov berilganda kalsiy gidrosilikat hosil bo‘ladi:


Ca(OH)2+SiO2=mH2O=CaO·SiO2·nH2O
Qorishmani tashkil etuvchilarning tarkibiga qarab turli gidrosili- katlar hosil bo‘ladi: tobermorit 5CaO·6SiO2·5H2O, kuchsiz kristallangan gidrosilikatlar: (0,8–1,5) CaO·SiO2·H2O va (1,5–2)
CaO.SiO2·H2O. Yuqori miqdorda ohakli qorishmalardan gillebrandit
2CaO2·SiO2xH2O hosil bo‘ladi.
Avtoklav gorizontal holda joylashgan po‘lat silindr bo‘lib, yon
tomonlari zich yopiladigan qopqoqlar bilan jihozlangan (9.1-rasm). Avtoklavning uzunligi 21–30 m, diametri 2,6–3,6 m. Avtoklav uzluksiz bosimni o‘lchashga mo‘ljallangan monometr va bosim me’yordan oshib ketganda avtomatik ravishda ochiladigan saqlagich klapan bilan jihozlangan. Avtoklavning pastki qismiga buyum ortilgan vagonetkalar yurishga mo‘ljallangan relslar yotqizilgan. Avtoklav, issiqlikni saqlash maqsadida, issiqlik izolatsiyasi materiallari bilan qoplanadi. Avtoklav ishlov berish jarayonini boshqarish va avtomatik nazorat qilish maqsadida maxsus moslama, profesessor yoki kompyuterlar bilan jihozlanadi.
Izotermik ishlov berish 175–200°C, 0,8–1,3 MPa da 4–8 soat davom etadi va 2–4 soat davomida bug‘ bosimi tushiriladi. Silikat buyumlar tayyorlash umumiy jarayoni 8–14 soat.
Avtoklavga buyum yuklangach, qopqoqlari yopiladi va asta- sekin bug‘ kiritiladi. Avtoklavda ishlov berish jarayonida buyumda ichki zo‘riqishlar me’yordan ortiq hosil bo‘lmasligi uchun harorat 1,5–2 soat davomida asta-sekin ko‘tariladi.


9.1-rasm. Avtoklavga buyum yuklash.


      1. Download 247 Kb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish