saralash va yuvish; beton aralashmasini tayyorlash (yoki qorishmani); - beton aralashmasini tashish hamda beton aralashmasini taqsimlash (joylashtirish) va zichlash.
10.1. Beton va qorishma aralashmalarini taiyorlash mashina hamda qurilmalari
Aralashtirish mashinalari beton aralashmalari va qorishmalar tayyorlashda qo‘llaniladi. Vazifasiga qarab ular beton aralashtiruvchi va qorishma aralashtiruvchilarga bo‘linadi.
Aralashtirish mashinalari tasniflanadi:
materiallarni aralashtirish usuliga qarab – gravitatsion (baraban aylanganda materiallarni erkin tushish prinsipi asosida ishlovchi) va majburiy aralashtirish (jarayon aylanuvchi parraklar ta’sirida amalga oshadi);
texnologik jarayon kechish tavsifiga qarab siklik (davriy) va uzluksiz harakat;
bajarilishiga qarab statsionar va ko‘chiriluvchi.
Majburiy aralashtiruvchi uzluksiz ishlovchi hamda davriy ishlovchi aralashtirgichlar na faqat beton aralashmasini tayyorlash uchun, shuningdek qorishma tayyorlashda ishlatilishi mumkin.
Siklik ishlovchi aralashtirgichlarning aosiy parametri – tayyor aralashma hajmi, litr. Bu yerda shuni e’tiborga olish kerakkim tayyor aralashmaning hajmi, aralashtirgichga tushiriladigan materiallar hajmi yig‘indisidan kamroq. Uzluksiz ishlovchi aralashtirgichning asosiy parametri tayyor ishlab chiqarilgan mahsulot bo‘yicha unumdorligi, m3/soat.
Beton va qorishma aralashmalari hamda quruq qorishma tayyorlash, shahar qurilish shirkatlarida markazlashtirilgan beton va qorishma korxonalarida yoki uzellarida tayyorlanadi. Qurilish maydoniga bu qorishmalar maxsus transportlarda tashib beriladi. Ish hajmi kam va korxona uzoq bo‘lganda beton va qorishmalar ob’yektni o‘zida tayyorlanadi. Keyingi paytlarda ko‘pincha ob’yekt qoshida beton tayyorlovchi mobil qurilmalardan foydalanilmoqda.