Beton taqsimlagich va beton yotqizgichlar. Qurilish maydonida ishlatiladigan beton taqsimlagich agregati beton aralashmasini beton nasosdan qabul qilib uni monolit beton va temirbeton inshootlariga yotqizishda qo‘llaniladi.
Beton taqsimlagich ochiq katta maydonlar: inshootlar zamini (nul sikli), yo‘l qoplamalari, aerodrom, gidrotexnik inshootlar, ora yopmalar, bino tomlarini betonlashda qo‘llaniladi.
6.19-rasm. Beton taqsimlagich.
Beton yotqizgichlar beton aralashmasini uzatish, taqsimlash va tekislash uchun mo‘ljallangan. Ularning ayrim modellari qorishmalarni zichlashi mumkin (6.20-rasm).
6.20-rasm. Beton yotqizgich.
Hozirgi davrda jarayonni osonlashtirish va mexanizatsiyalashtirish yordamida tezlashtirish uchun maxsus texnikaning turli xillari ishlab chiqarilmoqda. Shunday vositalardan biri lazerli beton yotqizgichdir (6.21-rasm).
6.21-rasm. Lazerli beton yotqizgich.
Betonnaya aralashmasi aralashtirish, tashish va taqsimlab joylashtirish jarayonida havo bilan to‘yinadi. Aralashmadan havoni chiqarib yuborish uchun zichlashning turli xil mexanik usullari qo‘llaniladi (vibratsiyalash, vakuumlash va b.). Aralashmaga mexanik ta’sir davomiyligi uning qattiq-yumshoq holatiga bog‘liq bo‘lib odatda bir necha minutdan ortmaydi. Haddan tashqari o‘zoq ta’sir etganda aralashmani qatlamlarga ajralishi yuz beradi – yirik to‘ldiruvchi forma tubiga tushadi, armatura karkasi siljiydi va h.k.
Bino va inshootlar qurilishida beton aralashmasini zichlashning vibratsion usullari keng qo‘llaniladi. Beton aralashmasini zichlashda qo‘llaniladigan vibratorlar yuritkich turiga qarab elektrik va pnevmatiklarga bo‘linadi.
Elektrik vibratorlar o‘z navbatida elektromexexanik va elektromagnitlilarga bo‘linadi. Beton aralashmasiga tebranishlarni uzatish usuliga ko‘ra yuzaki (6.22rasm, a) tashqi (6.22-rasm, б) va chuqurlik (ichki) vibratorlarga (6.22-rasm, в) bo‘linadi.
6.22-rasm. Vibratorlar sxemasi: a – yuzaki; b – tashqi;v – chuqurlik (ichki).
Yuzaki vibrozichlagichlari beton aralashmasining yotqiziladigan 0,25 m gacha bo‘lgan qatlamini tekislash va zichlashda ishlatiladi.
Yuzaki vibrozichlagichlar (6.22-rasm) elektrodvigatel 2 (uning rotoriga debalanslar 4 mahkamlangan), zichlovchi plita 5 va elektrkabel 3 iborat.
6.22-rasm. Yuzaki vibrozichlagich.
Elektrdvigatel xavfsiz kuchlanishi 36 V bo‘lgan o‘zgaruvchan tokdan ta’minlanadi.Valning aylanish chastotasi 2800 min-1. Vibrozichlagichni yangi ish joyiga ko‘chirish tutqich 1 dan foydalaniladi.
Uzunchoq keng betonli bo‘laklarni betonlashda vibroreykalar ishlatiladi. Ular yuzaki vibrozichlagichlardan farqli ravishda brus-reyka shaklidagi ishchi organga ega bo‘lib bir yoki undan ortiq vibratorlar bikir mahkamlangan (6.23rasm).
Tashqi vibratorlar maxsus mahkamlovchi qurilmalar yordamida qoliplarning tashqi tomonidan mahkamlanib, zichlanadigan aralashmaga tebranishni qoliplar orqali beradi (6.24-rasm).
6.23-rasm. Vibroreyka.
Bunday titratgichlar ingichka yoki siyrak armaturali, baland monolit beton inshootlari, turli xil yig‘ma temir-beton konstruksiyalarning elementlari — kolonna, to‘sin va shunga o‘xshashlarni tayyorlashda qo‘llanadi.
6.24-rasm. Tashqi vibratorlar.
Chuqurlik vibratorlari zichlanadigan aralashmaga botiriluvchi silindrik ko‘rinishdagi titratma uchliklardan iborat ish jihoziga ega (6.25-rasm). Chuqurlik vibrozichlagichlar armaturalangan betonlar, shuningdek armaturalanmagan, kattaroq bo‘lmagan massivlar, poydevor, devor, ustun, ustunqoziq to‘sin va yaxlit konstruksiyalarni ishlab chiqarishda va ularni zichlashda qo‘llaniladi. Konstruksiyasi bo‘yicha dvigateli tashqariga chiqarilgan va ichkariga o‘rnatilgan zichlagichlarga bo‘linadi.
Dvigateli tashqariga chiqarilgan chuqurlik vibrator elektrdvigatel 2, ko‘chirish dastasi 1, vibrouchlik 5, egiluvchan val 4 dan iborat.
6.25-rasm. Dvigateli tashqariga chiqarilgan chuqurlik vibratori.
Elektrdvigatel validan aylantiruvchi moment egiluvchan valga mufta 3
orqali o‘zatiladi.
Qurilishda qo‘llaniladigan ushbu turdagi chuqurlik vibratorlarining massasi
26...59 kg, vibroqo‘zg‘atgich korpusining diametri 28...76 mm, tebranish chastotasi 175...334 s-1.
Bundan tashqari dvigateli ichkariga o‘rnatilgan chuqurlik vibratorlari ishlab chiqariladi (6.26-rasm). U silindrik korpus 2 va unga o‘rnatilgan elektrdvigatel 4 hamda debalansli 3 dan iborat. Ishga tushiruvchi 8 ni yoqqanda tok kabel 6 orqali debalans valli elektrdvigatel 4 ga o‘zatiladi. Debalansli val korpusga o‘rnatilgan ikki sharli podshipnikda aylanadi va uchlik 1 ga mahkamlangan. Korpus boshqarish dastasi 7 bilan ishchini qo‘liga vibratsiya ta’sirini kamaytiruvchi rezinali mufta 5 orqali birlashtirilgan.
6.26− rasm. Dvigateli ichkariga o‘rnatilgan chuqurlik vibratorlari.
Ushbu vibratorlar massasi 9, 15 va 22 kg, korpus diametri 50, 75 va 100 mm, majburlovchi kuch 2,5; 5,5 va 10 kN va tebranish chastotasi 183 s-1 bilan ishlab chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |