Qarori o‘zbekiston respublikasi davlat statistika qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘G‘risida



Download 92,92 Kb.
bet4/9
Sana01.07.2022
Hajmi92,92 Kb.
#726542
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
O

II. Asosiy vazifalari
Oldingi tahrirga qarang.
11. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
statistika sohasida yagona siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish, statistikani tashkil etishning samarali tizimini ta’minlash;
davlat statistikasi sohasida faoliyatni muvofiqlashtirish va funksional tartibga solish;
xalqaro standartlarga muvofiq bo‘lgan yagona statistika metodologiyasini hamda davlat statistika kuzatuvlari shakllarini ishlab chiqish, tasdiqlash va joriy etish;
ijtimoiy-iqtisodiy hodisalar, jarayonlar va ularning natijalari to‘g‘risidagi statistika axborotlarini yig‘ish, qayta ishlash, to‘plash, saqlash, umumlashtirish, tahlil qilish va e’lon qilish;
davlat organlarini va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarini, yuridik shaxslarni, davlat muassasalarini va xalqaro tashkilotlarni, shuningdek jamoatchilikni statistika axborotlari bilan belgilangan tartibda ta’minlash;
Korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registrini yuritish, statistika ishlarini tashkil etish uchun zarur bo‘lgan iqtisodiy-statistik klassifikatorlar tizimini ishlab chiqish, joriy etish va yuritish.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 26-iyundagi 183-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 26-27-son, 293-modda)
III. Asosiy funksiyalari
Oldingi tahrirga qarang.
12. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) davlat statistikasi sohasida yagona siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish, davlat statistikasi sohasida faoliyatni muvofiqlashtirish va funksional tartibga solish borasida:
statistika ma’lumotlari foydalanuvchilari talablarini o‘rganishni hisobga olgan holda istiqbolli maqsadlar va yo‘nalishlarni, davlat statistikasini rivojlantirish uchun kadrlar bilan va moliyaviy ta’minlashni belgilaydi, Davlat statistika ishlari dasturini ishlab chiqadi va belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritadi;
davlat statistikasi tamoyillariga rioya etilishini va xalqaro standartlar va qoidalarga muvofiq bo‘lgan statistik metodologiyaning yagonaligini ta’minlaydi;
davlat statistikasini tashkil etish sohasida amaldagi qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqishda ishtirok etadi, statistika faoliyati masalalari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini belgilangan tartibda respublika Hukumatiga va tegishli organlarga kiritadi;
boshqa davlatlarning statistika organlari va xalqaro statistika tashkilotlari bilan hamkorlik to‘g‘risida belgilangan tartibda bitimlar tuzadi;
b) xalqaro standartlarga muvofiq bo‘lgan yagona statistika metodologiyasini hamda davlat statistika kuzatuvlari shakllarini ishlab chiqish, tasdiqlash va joriy etish sohasida:
davlat statistika kuzatuvlari shakllarini ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va joriy etadi, statistika kuzatuvlarini olib borish usullarini belgilaydi;
davlat statistikasi sohasida normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda qabul qiladi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan o‘z vakolatlari doirasida amalga oshiriladigan idoraviy statistika kuzatuvlari shakllarini kelishadi;
statistika sohasida tadqiqot ishlarini tashkil etadi va amalga oshiradi;
statistika sohasidagi chet el tajribasini jamiyat ehtiyojlariga muvofiq o‘rganadi, umumlashtiradi va ommalashtiradi;
statistika axborotlari tezkorlik bilan uzatilishini va qayta ishlanishini, davlat statistikasi yagona axborot tizimining respublikaning boshqa axborot tizimlari bilan mos kelishini va o‘zaro hamkorligini ta’minlovchi yangi axborot-kommunikatsiya resurslari va texnologiyalarini davlat statistika organlari ishlariga joriy etadi;
barcha darajalardagi statistika organlari kadrlarining malakasi oshirilishini va qayta tayyorlanishini tizimli asosda ta’minlaydi;
v) statistika axborotlarini yig‘ish, qayta ishlash, to‘plash, saqlash, umumlashtirish, tahlil qilish va e’lon qilish sohasida:
Davlat statistika ishlari dasturining bajarilishini ta’minlaydi;
mamlakatni, uning mintaqalarini, iqtisodiyot tarmoqlari va sektorlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish davlat dasturlarining bajarilishi yuzasidan davlat statistika kuzatuvlarini tashkil etadi va amalga oshiradi;
davlat statistika hisobotini, uy xo‘jaliklarini kuzatishni, ro‘yxatdan o‘tkazishlarni, bir martalik hisobga olishlarni, so‘rovlarni va boshqa kuzatuvlarni tashkil etadi va ma’lumotlarning qog‘oz yoki elektron ko‘rinishda to‘planishini ta’minlaydi;
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning statistik hisob-kitoblarini amalga oshiradi hamda mamlakatdagi eng muhim iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlarning dastlabki statistik tahlilini olib boradi;
statistika va hisobot ko‘rsatkichlarining tezkorligi, ishonchliligi va xolisonaliligini, statistik axborotlarning qulayligi, ochiq-oydinligi va oshkoraligini kengaytirish chora-tadbirlari amalga oshirilishini ta’minlaydi;
statistika ishlarini tashkil etishning statistik axborotlarini to‘plash, qayta ishlash va umumlashtirish tartibiga davlat organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining har qanday aralashuvini istisno qiladigan tizimini yaratish chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
olingan statistika ma’lumotlarining maxfiyligini, davlat sirlariga ega bo‘lgan statistika ma’lumotlarining himoya qilinishini ta’minlaydi;
statistika axborot resurslarining xavfsizligini va davlat statistikasi axborot-hisoblash tizimining ruxsatsiz foydalanishdan himoya qilinishini ta’minlaydi;
respondentlarni davlat statistika kuzatuvlari shakllarining blankalari bilan ushbu maqsadlar uchun respublika budjetidan ajratiladigan mablag‘lar doirasida bepul ta’minlaydi, ularni to‘ldirishga doir tushuntirishlar beradi;
g) statistika axborotlari bilan belgilangan tartibda ta’minlash sohasida:
chiqarilayotgan ma’lumotlar metodlari, tartibi va sifatini takomillashtirish asosida ochiq statistika axborotlarini tarqatadi va barcha foydalanuvchilarga ulardan foydalanish uchun teng shartlarni ta’minlaydi;
statistika kuzatuvlari va rasmiy statistika axborotlari masalalari bo‘yicha axborot-tushuntirish ishlarini olib boradi;
shartnoma shartlari bo‘yicha, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda statistik, tahliliy, axborot, noshirlik xizmatlarini va Davlat statistika ishlari dasturidagidan tashqari boshqa xizmatlarni ko‘rsatadi;
d) Korxonalar va tashkilotlar hamda iqtisodiy-statistik klassifikatorlarning yagona davlat reyestrini yuritish sohasida:
yagona tasniflar tizimi asosida yuridik shaxslarni davlat tomonidan hisobga olish va identifikatsiyalashni, Korxonalar va tashkilotlar yagona davlat registrining hamda iqtisodiy-statistik klassifikatorlarning samarali faoliyat ko‘rsatishini hamda rivojlantirilishini va uning Milliy axborot tizimiga integratsiyalashuvini ta’minlaydi;
statistika ishlarini tashkil etish uchun zarur bo‘lgan iqtisodiy-statistika klassifikatorlarini ishlab chiqadi va yuritadi, ularning xalqaro standart klassifikatorlari asosida muntazam ravishda qayta ko‘rib chiqilishini amalga oshiradi;
qo‘shma axborot tizimlarini va dasturiy resurslarni yaratish uchun asos sifatida statistik klassifikatorlardan foydalanishni ta’minlaydi;
statistik klassifikatorlar va ularga kiritilayotgan o‘zgartirishlar to‘g‘risidagi axborotlarni foydalanuvchilarga belgilangan tartibda taqdim etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi qonun hujjatlarida belgilangan boshqa funksiyalarni ham bajaradi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 26-iyundagi 183-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 26-27-son, 293-modda)

Download 92,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish