Qarori o‘zbekiston respublikasi davlat statistika qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘G‘risida



Download 92,92 Kb.
bet6/9
Sana01.07.2022
Hajmi92,92 Kb.
#726542
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
O

V. Faoliyatini tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
16. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tasdiqlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan rais boshchilik qiladi.
Raisning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan uch nafar o‘rinbosarlari, shu jumladan bir nafar birinchi o‘rinbosari bo‘ladi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 5-iyundagi 108-son qarori tahririda— O‘R QHT, 2010-y., 23-son, 183-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi raisi maqomiga ko‘ra vazirga, raisning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari — tegishli ravishda vazirning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlariga tenglashtiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi raisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasiga yuklangan vazifalarning bajarilishi va uning funksiyalarining amalga oshirilishi uchun shaxsan javob beradi.
17. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi raisi:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi faoliyatiga rahbarlik qiladi;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining tarkibiy bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlaydi;
davlat statistika organlari xodimlariga nisbatan malaka talablarini belgilaydi va ularning mehnatini rag‘batlantirish tizimini shakllantiradi, yuqori malaka uchun ustamalar belgilaydi;
zarurat bo‘lganda O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi tuzilmasiga shtatdagi xodimlarning tasdiqlangan soni va statistika ishlarini amalga oshirish uchun ajratiladigan mablag‘lar doirasida o‘zgartirishlar kiritadi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalari rahbarlarini tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari taqdimnomasiga ko‘ra belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
amalga oshirilgan davlat statistika ishlari hajmlariga muvofiq moliyaviy va moddiy-texnika resurslarini taqsimlaydi;
(17-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 26-iyundagi 183-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 26-27-son, 293-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi barcha organlari va bo‘linmalari tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va qarorlar qabul qiladi, ko‘rsatmalar beradi;
(17-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 26-iyundagi 183-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 26-27-son, 293-modda)
statistika organlarining moddiy-texnika bazasini yaxshilash, ularni zamonaviylashtirish hamda zamonaviy kompyuterlar va axborot-kommunikatsiya tizimlari va texnologiyalari bilan qayta jihozlash chora-tadbirlarini ko‘radi;
Oldingi tahrirga qarang.
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda hamda xalqaro huquq normalariga muvofiq statistika sohasida shartnomalar tuzadi, o‘ziga yuklangan vazifalar doirasida xalqaro va xorijiy statistika tashkilotlari bilan hamkorlikni amalga oshiradi;
(17-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 26-iyundagi 183-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 26-27-son, 293-modda)
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari doirasida o‘ziga yuklangan vazifalarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash uchun amaldagi qonun hujjatlari doirasida boshqa barcha zarur chora-tadbirlarni ko‘radi.
Oldingi tahrirga qarang.
18. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasida Rais (hay’at raisi), uning o‘rinbosarlari (lavozimiga ko‘ra), shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini muvofiqlashtiruvchi tarkibiy bo‘linmalari rahbarlaridan iborat tarkibda hay’at tashkil etiladi.
Hay’atning a’zolari soni va shaxsiy tarkibi O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi Raisining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Hay’at quyidagilar bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqadi:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi faoliyatining rivojlanishning milliy va mintaqaviy xususiyatlari hisobga olingan holda ilmiy metodologiyaga, xalqaro standartlar va qoidalarga asoslanadigan yaxlit statistik axborot tizimini yaratish va mavjud bo‘lishiga qaratilgan, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar, fuqarolar va tashkilotlarning rasmiy statistika axborotiga bo‘lgan ehtiyojini qondiradigan statistika sohasidagi yagona siyosatni amalga oshirishni davom ettirish bo‘yicha ushbu Nizomda belgilangan asosiy yo‘nalishlarini tayyorlash va amalga oshirish;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish, tayyorlash va qayta tayyorlash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha ijro intizomini mustahkamlash, ularning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash uchun Davlat statistika qo‘mitasi rahbarlari va xodimlarining shaxsiy javobgarligini oshirish.
Hay’at O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi vakolatiga taalluqli boshqa masalalarni ham ko‘rib chiqish huquqiga ega.
Hay’at majlisiga O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha boshqa vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar rahbarlari taklif etilishi mumkin.
Hay’at uning majlisida tarkibining yarmidan ko‘pi qatnashgan taqdirda vakolatli bo‘ladi. Ko‘rib chiqilayotgan masalalar bo‘yicha qarorlar oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Hay’at qarorlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi qarorlari va Raisning buyruqlari bilan amalga oshiriladi. Rais va hay’at a’zolari o‘rtasida kelishmovchiliklar paydo bo‘lgan taqdirda Rais paydo bo‘lgan kelishmovchiliklar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Hay’at a’zolari ham o‘z fikr-mulohazalarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga xabar qilishlari mumkin.
Hay’at faoliyati tartibi uning hay’at tasdiqlaydigan reglamentida belgilanadi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 5-iyundagi 108-son qarori tahririda— O‘R QHT, 2010-y., 23-son, 183-modda)
19. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi huzurida davlat hokimiyati organlari, ishbilarmon doiralar, ilmiy jamoatchilik, jamoat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari vakillaridan iborat tarkibda davlat statistikasini rivojlantirish, faoliyatini amalga oshirish va muvofiqlashtirish, shuningdek statistika metodologiyasini takomillashtirish va foydalanuvchilarning rasmiy statistika axborotiga bo‘lgan ehtiyojini hisobga olish muammolari bo‘yicha kollegial maslahat organi hisoblanadigan Statistika kengashi tashkil etiladi.
Statistika kengashi faoliyatining tashkiliy-texnik ta’minoti O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi.
Statistika kengashining shaxsiy tarkibi respublika Hukumati taqdimnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
20. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi huzurida yuridik shaxs huquqiga ega bo‘lgan Kadrlarni qayta tayyorlash va statistika tadqiqotlari markazi tashkil etiladi.

Download 92,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish