O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT STATISTIKA QO‘MITASI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH TO‘G‘RISIDA “Davlat statistikasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligini qayta tashkil etish to‘g‘risida” 2002-yil 24-dekabrdagi PF-3183-son Farmonini bajarish yuzasidan, shuningdek respublika statistika organlari faoliyatini tashkiliy ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi tizimi tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi markaziy apparatining tashkiliy tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang. Keyingi tahrirga qarang. 2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi markaziy apparati shtatdagi xodimlarining cheklangan soni 128 nafar (xizmat ko‘rsatuvchi xodimlardan tashqari) etib belgilansin.
Oldingi tahrirga qarang. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasida raisning bir nafar birinchi o‘rinbosari, raisning ikki nafar o‘rinbosari hamda yetti kishidan iborat Hay’at bo‘lishiga ruxsat etilsin.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 5-iyundagi 108-son qarori tahririda— O‘R QHT, 2010-y., 23-son, 183-modda) O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi raisi vazir maqomiga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari — tegishli ravishda vazirning birinchi o‘rinbosariga va o‘rinbosarlariga tenglashtirilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi raisiga shtatdagi xodimlarning belgilangan soni va statistika ishlarini amalga oshirishga ajratiladigan mablag‘lar doirasida Qo‘mita tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Keyingi tahrirga qarang. 3. Quyidagilar:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalarining, tuman (shahar) statistika bo‘limlarining namunaviy tuzilmasi 3, 3a, va 3b-ilovalarga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizom 4-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining maxsus jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang. 4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi huzurida davlat statistikasini rivojlantirish, uning faoliyat ko‘rsatishi va uni muvofiqlashtirish muammolari bo‘yicha kollegial maslahat organi — Statistika kengashi tashkil etilsin.
Keyingi tahrirga qarang. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ikki hafta muddatda Statistika kengashi to‘g‘risidagi nizomni belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritsin.
5. Belgilab qo‘yilsinki:
Oldingi tahrirga qarang. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi raisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tasdiqlanadi va lavozimdan ozod qilinadi. Statistika kengashining shaxsiy tarkibi respublika Hukumati taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 5-iyundagi 108-son qarori tahririda— O‘R QHT, 2010-y., 23-son, 183-modda) O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi, tumanlar va shaharlardagi statistika organlari va unga bo‘ysunuvchi tashkilotlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining yagona tizimini tashkil etadi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalari boshliqlari tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining taqdimnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi;
tuman va shahar statistika bo‘limlari boshliqlari tuman va shahar hokimlarining taqdimnomasiga ko‘ra hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi bilan kelishilgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar statistika boshqarmalari boshliqlari tomonidan lavozimga tayinlanadi.