O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mita tizimining
TUZILMASI
Keyingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi markaziy apparatining
TASHKILIY TUZILMASI
Statistika boshqarmalari, shu jumladan tuman (shahar) statistika bo‘limlari xodimlari soni (xizmat ko‘rsatuvchi xodimlardan tashqari):
|
Toifadan tashqari:
|
1 toifa — 200 kishidan
210 kishigacha
|
II toifa — 155 kishidan162 kishigacha
|
III toifa — 125 kishidan 131 kishigacha
|
Toshkent viloyati — 253 kishi
|
Buxoro, Qashqadaryo, Samarqand, Farg‘ona viloyatlari
|
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Navoiy, Namangan, Xorazm, Surxandaryo viloyatlari
|
Jizzax, Sirdaryo viloyatlari
|
Keyingi tahrirga qarang.
Toshkent shahar statistika boshqarmasining
TUZILMASI
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil
8-yanvardagi 8-son qaroriga
3b-ILOVA
Tuman (shahar) statistika bo‘limining namunaviy tuzilmasi*
(II GURUH)
Bo‘lim boshlig‘i
|
1 kishi
|
Boshliq o‘rinbosari
|
1 kishi
|
Bosh mutaxassis
|
1 kishi
|
Yetakchi mutaxassis
|
1-2 kishi
|
Mutaxassis
|
1 kishi
|
Jami:
|
5-6 kishi
|
* Statistika ishlari hajmi bo‘yicha mablag‘ bilan ta’minlanadi.
I guruh (61 tuman) — 6-7 kishi
II guruh (58 tuman) — 5-6 kishi
III guruh (83 tuman) — 3-4 kishi
Keyingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil
8-yanvardagi 8-son qaroriga
4-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi to‘g‘risida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, vakolatlarini va faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilaydi.
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi “Davlat statistikasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligini qayta tashkil etish to‘g‘risida” 2002-yil 24-dekabrdagi PF-3183-son Farmoniga muvofiq tashkil etilgan.
Oldingi tahrirga qarang.
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi statistika sohasida rivojlanishning milliy va mintaqaviy xususiyatlarini hisobga olgan holda ilmiy metodologiyaga, xalqaro standartlar va qoidalarga asoslangan yaxlit ilg‘or statistika axboroti tizimini yaratishga va uning faoliyat ko‘rsatishiga yo‘naltirilgan yagona siyosatni amalga oshiruvchi, davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlar, fuqarolar va tashkilotlarning rasmiy statistika axborotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondiruvchi davlat boshqaruvi respublika organi hisoblanadi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 26-iyundagi 183-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 26-27-son, 293-modda)
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi o‘z faoliyatida:
O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligining statistikaga oid vakolatlari bo‘yicha;
O‘zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi Statistika davlat departamentining vakolatlari, majburiyatlari va mulkiy huquqlari bo‘yicha huquqiy voris hisoblanadi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi statistika ishlarining:
ishonchlilik, xolislik, beg‘arazlik;
dolzarblik, qiyosiylik va barqarorlik;
qulaylik, ochiq-oydinlik va oshkoralik;
statistika axborotini yig‘ish, qayta ishlash va umumlashtirish tartibiga har qanday aralashishni istisno etish prinsiplari asosida tashkil etilishini ta’minlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga hamda mazkur Nizomga amal qiladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 26-iyundagi 183-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 26-27-son, 293-modda)
7. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi, tumanlar, shaharlardagi statistika organlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasiga qarashli tashkilotlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining yagona tizimini tashkil etadi.
8. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining o‘z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlarining vazirliklar, idoralar, ijro etuvchi hokimiyat mahalliy organlari va xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Davlat statistika organlari faoliyatiga davlat organlari va joylardagi davlat hokimiyati organlarining aralashishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
9. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi o‘z faoliyatini respublika va mahalliy hokimiyat organlari, o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari va tashkilotlari bilan o‘zaro bog‘liq ravishda amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
10. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi mustaqil yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga, mustaqil balansga, o‘z hisob raqamlariga, shu jumladan xorijiy valyutadagi hisob raqamlariga ega bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |