Qalandarova baxtigul ozod qizi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar nutqini o‘stirish va tafakkurini rivojlantirish usullari


Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar lug‘at zahirasining takomillashuvida dialogik nutqning ahamiyati



Download 1,29 Mb.
bet14/46
Sana14.07.2022
Hajmi1,29 Mb.
#801479
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   46
Bog'liq
Dissertatsiya Baxtigul

Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar lug‘at zahirasining takomillashuvida dialogik nutqning ahamiyati.

Bola perseptiv lug‘atining boyib borishida uning kattalar bilan muloqotga kirishish jarayonidagi savol-javoblari muhim ahamiyatga egadir. Savol-javob usuli asosida yuzaga keluvchi dialogik nutq bola ongida narsa-buyum hamda voqea – hodisalar haqidagi tushuncha va tasavvurlarning ortib borishiga sabab bo‘ladi. Chunki nutqning ushbu turi bilish jarayonining yanada takomillashuviga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Dialogik nutqning bola lug‘at zahirasiga ta’siri nutqiy muloqotning rivojlanish bosqichida yaqqol aks etadi.
V.V.Kolesov tomonidan ta’kidlanishicha, kishilar notanish inson bilan muloqotga kirishishining dastlabki bosqichida suhbatdoshlarini atroflicha o‘rganishga harakat qiladilar. Bu birinchi galda muloqotga kirishayotgan shaxslarga xos umumiy xususiyatlarni aniqlash uchun zarur. Olimning fikricha, umumiylik til, hayotiy tajribalar, millat, kasb, jins, oilaviy ahvol, qiziqish kabilarni birlashtiruvchi ijtimoiy holatdan qidiriladi1. Bu holat bolalar muloqotida o‘ziga xos tarzda aks etadi.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari nutqiga oid sotsiyopsixalingvistik xususiyatlarni tadqiq etish asosida qayd etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 4 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarning turli toifadagi suhbatdoshlar bilan dialoglari mavzulari 60 ga yaqin turli xil mavzularni qamrab oladi. Bu mavzularni ustuvorlik tamoyiliga ko‘ra uch guruhga birlashtirish mumkin.

  1. Bolalarning o‘yin faoliyati, qiziqishlari va maktabgacha ta’lim tashkilotida yuz beradigan voqealar bilan bog‘liq mavzular.

  2. Bolalarning tevarak-atrofdagi buyumlar olamini bilishga bo‘lgan intilishlarini aks ettiruvchi mavzular.

  3. Bolalarning kishilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar, atrofidagilar va o‘zining shaxsiy hayotiga bo‘lgan qiziqishlarini ifoda etuvchi mavzular.

Birinchi guruhga kiruvchi dialogik suhbatlar quyidagi mavzuviy bloklarga ajratiladi: o‘yin va o‘yinchoqlar (o‘yinchoqlarni muhokama qilish); bolalarning qiziqish va intilishlari (tomosha qilingan kinofilm va multifilmlar, uy hayvonlarini muhokama qilish); maktabgacha ta’lim tashkilotida sodir bo‘ladigan voqealarni muhokama qilish.
Ikkinchi guruhga oid mavzularni to‘rt tematik blokka tasniflash mumkin: jonli va jonsiz tabiatga qiziqish; ilmiy-texnikaviy kashfiyotlarga qiziqish; yerning paydo bo‘lishi, undagi hayot va fazoga qiziqish; tushunarli bo‘lmagan so‘zlarning ma’nolarini bilishga qiziqish.
Uchinchi guruhni shunday tematik bloklarga ajratish mumkin: oilaviy muloqot (sotib olishgan narsalar va sovg‘alar, oilaviy dam olish va bayramlarni muhokama qilish); o‘zini anglash (o‘zining qiziqishlari, orzulari, sirlari haqida so‘zlashga harakat qilish, shuningdek, o‘zi haqida nimanidir bilish); atrofdagi kishilar bilan o‘zaro munosabat (qarindoshlari, do‘stlari va tanishlari bilan); kattalarning shaxsiyatiga qiziqish 1.
Mazkur masala yuzasidan izlanish olib borgan bir qator sotsiyolingvist va psixolingvistlar perseptiv lug‘atni tashkil etuvchi so‘zlar semantikasining kichik yoshdagi bolalar tomonidan idrok etilishida dialogik muloqotning naqadar muhim ahamiyatga ega ekanligini e’tirof etadilar. Tadqiqotchilar maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar nutqining leksik-semantik xususiyatlarini namoyon etuvchi interaktiv dialoglarni quyidagi turlarga ajratishni taklif qilishadi.

  1. “katta odam va bola” o‘rtasidagi munosabatni aks ettiruvchi dialogik muloqot;

  2. “bola va bola” o‘rtasidagi munosabatni ifodalovchi dialogik muloqot2.

Interaktiv dialoglarni bu tarzda tasniflash nihoyatda dolzarb bo‘lib, mazkur yondashuv maktabgacha yoshdagi bolalarning kommunikativ bilim darajasini aks ettiradi.
Ona tilini o‘zlashtirish davrida savollar tajriba orttirish, dunyoqarashni kengaytirish asosiy usuli, shuningdek, bolaning fikr, istak va intilishlarini ifodalash vositasiga aylanadi. Bu xususiyat maktabgacha yosh davridagi bolalarning spontan nutqida yaqqol namoyon bo‘ladi. Jumladan, Sarvarbek Umarov ( 3 yosh-u 5 oy) otasidan so‘raydi:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish