TANGALAR.
Yunoniston iqtisodiy tarixini o’rganishda tangalar muhim o’rin
tutadi. XVIII asrda Venada o’tkazilgan qadimgi yunon tangalari ko’rgazmasida
70000 dona yunon tangalari kolleksiyasi namoyish etilgan. Qadimgi yunon tangalari
iqtisod va savdo sohasidagi eng muhim ashyoviy dalildir.
Arxaik davr yunon tangalari kumushdan bo’lib, uning teskari qismida shahar
ramzi yoki shahar nomining birinchi harfi tushirilgan. Ellin davri tangashunosligi
arxaik davr tangashunosligidan farq qiladi. Ularda asosan hukmdorning surati va
teskari tomonida esa yozuv va ramzlar tushirilgan. Tangalardan tashqari tesserlar,
ya’ni hozirgi kundagi chipta shaklidagi hujjatlar yaxshi saqlangan. Ular asosan sopol
va metalldan tayyorlangan. Tesserlar ikki xil vaziyatda ishlatilgan: harbiy sohalarda
kiyimlarga taqilgan bo’lsa, kundalik hayotda teatr va dam olish joylariga kirish uchun
ruxsatnoma vazifasini o’tagan. Bizgacha yetib kelgan tesserlardan eng mashhuri
Dionis teatriga kirish uchun ko’rsatilgan tesserlardir. Ularda asosan yunon harflari
yozilgan, har bir tesserda bitta harf uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |