MUDOFAA DEVORLARI. Yunon mudofaa va harbiy tarixida himoya
devorlari va boshqa fortifikatsiya inshootlari muhim o’rin tutadi. Yunon tarixini
qadimgi davriga oid mudofaa inshootlari Troya, Mikena, Tirinf va Afinada yaxshi
saqlangan. Undan tashqari Xersones, Eley, Metapont, Akrogant shaharlari devorlari
asl holicha saqlanib qolgan.
YOZUVLAR. Yunon tarixini o’rganishda yozuvlar muhim ahamiyat kasb
etadi. Asosan XIX asrning 70-yillaridan papirus topilmalarni o’rganish natijasida
yangi “papirologiya” faniga asos solindi. Yunon jamiyatiga papirusning kirib kelishi
Misr tarixi bilan uzviy bog’liqdir. Qadimgi mashhur yunon – lirik shoirlari Alkey,
Sapfo, Korin, Pindara, Vakximida va mashhur fojeanavislar Sofokl va Evripid hamda
mashhur hajviy asarlar muallifi Menandrlar o’z asarlarini papiruslarga yozishgan.
Papirusga ko’chirilgan eng yirik asar Arastuning “Afina politiyasi” asaridir.
Keyinchalik qog’ozning kashf etilishi bilan papiruslar o’z ahamiyatini yo’qotgan,
ularni faqat hukmdor saroyidagi arxivlardan topish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |