Qadimgi Yunoniston va Rim tarixi Eng qadimgi Yunoniston



Download 18,77 Kb.
bet1/5
Sana09.02.2022
Hajmi18,77 Kb.
#438974
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Qadimgi Yunoniston va Rim tarixi


Qadimgi Yunoniston va Rim tarixi
Eng qadimgi Yunoniston
Reja
1. Geografik o’rni, tabiiy sharoiti va aholisi, manbalari.
2. Egey madaniyati, Gomer davri Yunonistoni
3. Krit madaniyati
4. Miken madaniyati
5. Gomer davri Yunonistoni
6. Kiklada madaniyati

1. Geografik o’rni, tabiiy sharoiti va aholisi, manbalari. 
Yunoniston geografik jihatdan 3 qismga bo’linadi: Fessaliya va Epir, shimolda 
Moli va Pagasey ko’rfazlari, janubdan Korinf va Saronika bilan cheklangan
markaziy qismi Peloponnes yarim orolidan iborat janubga bo’linadi. Shimoliy 
qismida Fessaliyani Epirdan Pind tog’lari zanjiri ajratib turadi. Qadimda bu ikki 
viloyat yunon madaniyati shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki bu 
yerda ilk bor shimoldan janubga tomon yunon qabilalari siljib kelgan. 

Fessaliyada qadimgi yunon afsonalari paydo bo’ldi. Uning janubidagi Sperxa 


daryosi vodiysidagi axey Ftiotidasi axil va mirmidonlar vatani. Fessaliyadan 
afsonaviy Yason uzoq Kolxidaga oltin mo’yna uchun jo’nab ketgan. Dodonda Sella 
kohinlari muqaddas dub daraxtining barglarini shitirlashiga qarab fol ochganlar. Epir 
yunon madaniyatiga aloqasi bo’lmagan yovvoyi o’lka bo’lib, uni markaziy 
Yunoniston bilan faqat xaon, tesprot, moloss va oresta kabi epir 
qabilalari joylashgan. Axeloy daryosi bog’lab turgan.
Fessaliya barcha tomondan tog’lar bilan o’ralgan bo’lib, bu yerda ikki 
tekislikni Fessaliyalik bosqinchilar ishg’ol qilganlar. Ular mahalliy aholini qaram 
penestlarga aylantirganlar. Qisman ularni vodiydan tog’larga siqib chiqarganlar. 
Fessaliya g’arbiy qismida g’alla va chorvachilik rivojlangan. U yerda qulay qirg’oq 
va qo’ltiqlar yo’q. Shimoliy Yunonistonni markaziy Yunonistondan dengiz va Oyta 
tog’lari orasida yotgan Fermopil daryosi ajratib turadi. 
Markaziy Yunonistonda kam sonli tog’lik qabilalar joylashgan. Egey dengizi 
qirg’og’ida Evbey oroli qarshisida Opunt lokrlari joylashgan. Er. avv. V asrda 
afinaliklar uchun lokrlar qoloqlikning namunasi bo’lgan.
Parnas (2450 m) va Kifris tog’larida joylashgan vakiy qabilalari yanada qoloq 
bo’lgan. Markaziy Yunoniston yo’lidagi eng muhim joy bu Elateya shahri bo’lgan. 
Delfa qadimgi Elladaning diniy markazi vazifasini o’tagan. Parnasdan shimolda 
Yunonistonning eng kichik viloyati – Dorida (185 kv.km) bo’lgan, aftidan doriylar 
shu yerdan kelib chiqqanlar.
Fokidadan g’arbga Agra, evitan nomidagi illiriya qabilalari yashagan tog’li va 
ozroq unumdor vodiyga ega bo’lgan Etoliya viloyati joylashgan. 
Shimolda Epir bilan tutashgan Abrakiy qo’ltig’igacha bo’lgan hudud 
Akarnaniyada illiriya qabilalari yashagan. Janubda 3000 kv. km. hududni egallagan
Beotiya viloyati birdaniga 3 dengiz bilan tutashgan. Poytaxti Fiva bo’lgan Beotiyada 
g’allachilik, chorvachilik va baliqchilik kuchli rivojlangan. 
Beotiyani janubdan Kiferon va Parnas tog’lari o’rab turadi. yunonistonnig 
markazida tuprog’i dehqonchilikka noqulay bo’lgan Attika viloyati joylashgan. 
Qadimgi Attikada suv tanqis bo’lsa-da, ammo marmar, loy, kumush va zaytun 
daraxtlariga boy bo’lgan. Afinaning dengiz yo’lini Salamin oroli to’sib turadi. Salamin uchun Afina Megara va Egina  bilan uzoq urush olib borgan, faqat Eginaning bo’ysundirilishi Afinaning dengiz savdosiga yo’l ochdi. Korinf va Saronik qo’ltiqlari orasidagi tog’lik hududda Megara shahri joylashgan. Korinf qo’ltig’idan so’ng Peleponnes yarim oroliga o’tish mumkin. Uning markazida Arkadiya balandligi turadi. Lakoniya va Messeniya viloyatlari yarimorol g’arbida joylashgan. Bu 
viloyatlarda g’alla ekilgan. Messeniyadan shimolda Elida viloyati joylashgan bo’lib, 
Alfey va Kladey daryolari qo’shilish joyida har 4 yilda bir marta Olimpiya o’yinlari 
o’tkaziladigan olimpiada joylashgan. Ellidadan shimolda Axeya viloyati turadi. 
Yunonistonning iqlimi yumshoq, harorati 16 c ni tashkil etadi. Landshafti 
qadimda hozirgidan farq qilgan. Qalin o’rmonlar ko’p bo’lib, tuproq hozirgidek 
toshloq bo’lgan. Faqat ozgina yer unumdor bo’lgan. Er. avv. VI asrgacha faqat 
bug’doy va tariq ekilgan. Keyin esa uzum va zaytun bu ekinlarni siqib chiqargan. 
Yunonistonda oltin yo’q. Mis juda ko’p. Xalqida shahrining nomi ham “mis” 
degan ma’noni bildiradi. Bu yerdan mis qazib chiqarilgan. Beotiya va Lakoniyada 
sifati past temir, Tasos va Sifnos orollaridan er. avv. VIII-VI asrlardan kumush qazib 
olingan. Er. avv.VI asrdan Lavrion kumush koni ochilgan. Bu konlardan olingan 
daromad er. avv V asrda Afinani qudratli flot qurishga va Yunonistonda yetakchilik 
rolini o’ynashga imkon berdi. Afinada tog’-konchilik sohasida ulkan yutuqlarga erishildi. Konlarning chuqurligi 100 m. ga yetgan. Qimmatli metallarni qidirib topish san’ati yuqori darajada bo’lgan. Kulolchilikda yunonlar haqiqiy san’atkor bo’lganlar. Tosh juda yuqori baholangan. Hamma joyda tosh mo’l-ko’l bo’lgan. Marmarning vatani Pentelikon Afinadan bor-yo’g’i 10 km masofada joylashgan. Mashhur Parfenon va Propiley pentelikon marmaridan bunyod etilgan. 
Qadimgi Yunoniston tarixiga oid manbalar ko’pligi va yaxshi saqlanib 
qolganligi bilan boshqa hududlar tarixidan farq qiladi. Yunoniston tarixi 
manbashunosligida qadimgi tarixchilarning asarlari muhim o’rin tutadi. Er. avv. VI-V 
asrlarda tarix fani gullab yashnagan davridir. Bu davr tarixchiligini g’arb olimlari 
“Aholida polislar tarixi” deb atashadi. Bu davrdagi ko’zga ko’ringan tarixchilardan: 
Gerodot, Fukidid va Ksenofontni olish mumkin. Makedoniyalik Aleksandrning sharqqa yurishlaridan so’ng Yunoniston tarixida yangi tarix maktabi – Arastu maktabi shakllandi. Bu davrning eng ko’zga ko’ringan asari Arastuning “Politiya” asaridir. Bu asar Arastu va uning shogirdlari tomonidan yozilgan bo’lib, yunon polislari, O’rta Yer dengizi qirg’oqlaridagi yunon koloniyalari haqida muhim ma’lumot beradi. Asar juda ko’p bo’limlardan iborat bo’lsa-da, uning faqat bizgacha “Afina politsiyasi” qismi yetib kelgan. Ellin davriga kelib yunon jamiyatidagi keskin o’zgarishlar, katta davlatlarning vujudga kelishi bilan umumiy tarixga asos solindi. Bu davrning eng ko’zga ko’ringan tarixchilaridan biri Timey bo’lib, u o’zining asarida Bolqon Yunonistoni, g’arbiy yunon mustamlakalari haqida muhim ma’lumotlar beradi.
Qadimgi yunon tarixi bo’yicha eng muhim manbalardan biri arxeologik 
topilmalar hisoblanadi. Arxeologlar Bolqon Yunonistoni va Egey dengizi orollaridagi 
qadimgi ibodatxonalar, saroylar, mudofaa inshootlarini qazib ochdilar. Ayniqsa, Krit 
orolida ingliz arxeologi E. Evans 40 yildan ko’proq vaqt Knoss saroyini qazib ochdi. 
Kichik Osiyoda nemis arxeologi G. Shlimanning Troya xarobalarini qazib ochishi 
qimmatli ma’lumotlarni berdi. ME’MUAR ASARLAR. Polislarning yemirilishigacha yunonlar tarix va adabiyotga oid asarlarni me’muar shaklda yozishgan. Er. avv. IV asrdagi eng yirik me’muar asar Ksenofontga tegishli. U asosan harbiy sohaga oid ma’lumotlarni beradi. Ellinizm davrida me’muar va avtobiografik asarlar yozish odat tusiga kirdi. Ellin davri siyosatchilaridan Pirra va Arata eng yirik tarixiy asarlar mualliflari hisoblanadilar. Ular “Axey ittifoqi” haqida keng ma’lumotlarni yozib qoldirishgan. XATLAR. Antik jamiyatda xatlar muhim o’rin tutgan. Ular ikki xil shaklda ochiq va yopiq shaklda yozilgan. Platon, Isokrat va Sallyustiylar yozgan ochiq xatlarida falsafiy muammolar haqida fikr yuritilgan. Yopiq xatlar davlat ahamiyatiga molik xatlar bo’lib, maxsus kishilar nomidan yozilgan. Ularda asosan siyosiy va mahfiy ma’lumotlar yozilgan. 

Download 18,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish