Qadimgi yunoniston va qadimgi rim sivilizatsiyasi. Rim sivilizatsiyasi manbalari



Download 14,55 Kb.
Sana29.12.2021
Hajmi14,55 Kb.
#85113
Bog'liq
Xojiakbar


QADIMGI YUNONISTON VA QADIMGI RIM SIVILIZATSIYASI. RIM SIVILIZATSIYASI MANBALARI


  1. Evropada ilk bor yuzaga kelgan Yunon tsivilizatsiyasi tarixi uch bosqichga bo‘linadi: birinchisi - bu m.a. II ming yillikda Krit va Mikenada ilk sinfiy jamiyatlar va davlat birlashmalarining paydo bo‘lishi va halokati. Ikkinchi bosqich - bu Krit-Miken tsivilizatsiyasining halokatidan keyin antik Yunonistonning m.a. XI asrdan m.a. IV asrning so‘ngi choragigacha bo‘lgan taraqqiyot davrini o‘z ichiga oladi. Qadimgi Yunon jamiyati taraqqiyotining eng yuqori cho‘qqisi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy davlat tuzilmasi bo‘lgan yunon polislarining tug‘ilishi, yuksalishi va tushkunligi bosqichi bo‘ldi. Bu bosqich o‘z ichiga uch davrni oladi: 1. M.a. XI-IX asrlar - Gomer yoki polis arafasi (“Qorong‘i asrlar”). Bu bosqichda Bolqon Yunonistoni hududida urug‘-qabila munosabatlari hukmron bo‘ladi. 2. Arxaika davri (m.a. VIII-VI asrlar) - polis-davlatlarning shakllanishi, buyuk Yunon kolonizatsiyasi va ilk yunon tiraniyalari davri. 3. Klassik Yunoniston (m.a. V-IV asrlar.) - qadimgi yunon polislari, ularning iqtisodiyoti va yunon madaniyatining gullab-yashnagan davri. M.a. IV asrning so‘ngi choragida yunon-makedonlar tomonidan Ahamoniylar Eroni davlatining bosib olinishidan yunon tarixining uchinchi so‘nggi bosqichi boshlanadi. Bu bosqich qariyb uch yuz yilni o‘z ichiga olib (m.a. IV asrning so‘ngi choragi – m.a. 30-yillar), sharq va g‘arb madaniyati 2 unsurlarini o‘z ichiga olgan ellin davlatlarining tashkil topishi, ellin madaniyatining rivojlanishi davridir. M.a. 30-yilda so‘ngi ellin davlatlaridan biri Ptolomeylar Misri mustaqilligini yo‘qotib Rimga tobe bo‘ladi. Shu bilan antik Yunoniston tsivilizatsiyasi tarixi tugallanadi.

2. Yunon madaniyatining eng qadimgi tarixi “Egey” yoki “Krit-Miken” madaniyati bilan boshlanadi. Kritda o‘ziga xos chiziqli yozuv bo‘lgan. Bu davrda hashamatli me’morchilik kompozitsiyalari, podsho saroylari, tasviriy va amaliy-dekorativ san’at namunalari yaratilgan. Shunday nodir yodgorliklardan biri ingliz arxeologi A.Evans tomonidan Kritdan topilgan Knoss saroyining qoldiqlaridir. Knoss saroyida ustunlardan keng foydalanilgan. Saroy devorlariga suratlar ishlangan, pollari esa bejirim naqshlar bilan bezatilgan. “Parijlik ayol” deb nom olgan tasvirda shaffof materiallardan to‘qilgan libos kiyib olgan ayol tasvirlangan. Monumental haykaltaroshlik belgisi bu erda uchramaydi. Lekin amaliydekorativ haykaltaroshlik va zargarlik san’ati borasida kritliklar nodir yodgorliklar qoldirganlar. Krit madaniyati inqirozga yuz tutgach, Egey madaniyatining markazi yunon materigiga - Peloponnes yarim oroliga ko‘chdi. Bizgacha Mikena va Tirinfdagi baland tepaliklar ustiga m.a. XIV-XIII asrlarda qurilgan qal’alar, qo‘rg‘onlar etib kelgan. Bu qo‘rg‘onlarning devorlari og‘irligi 12 tonnagacha keladigan toshlardan qurilgan bo‘lib, devorning qalinligi 6-10 m. hatto undan ham ortiq bo‘lgan. Masalan, Tirinf qo‘rg‘oni devorining saqlanib qolgan qismining qalinligi -4,5 m, balandligi -7,5 m. Mikena qo‘rg‘onining markaziy darvozasi “Sherlar darvozasi” deb nomlangan. Darvoza atrofi yaxlit katta toshlardan qurilgan, tepasiga ustunlarni ushlab turgan ikki sherning bo‘rtma tasviri ishlangan. Bu ustun Mikena podsholari qudrati va birligining ramzi bo‘lgan.




3. Tibr qirg‘og‘idagi uncha katta bo‘lmagan oligarx respublika, so‘ngra butun Italiyaning xo‘jayini bo‘lgan va nihoyat, butun O‘rta er dengizi bo‘yi va antik dunyoni zabt etib ulkan davlatga aylangan Rimning harbiy qudrati ortib bordi. M.a. 146 yilda Karfagenning qulashi bilan Rim butun Gretsiyani egalladi. Ammo «Asir olingan Gretsiya o‘zining madaniyatsiz g‘olibini engdi» (Goratsiy). Rimliklar yunonlardan juda ko‘p tsivlizatsiya yutuqlarini o‘zlashtirdilar. M.a. VII asrdan to yangi eraning V asriga qadar bo‘lgan o‘n ikki asr mobaynida italiyaliklar san’ati va badiiy madaniyati o‘zining gullagan davrini boshidan kechirdi. Qadimgi dunyoning yirik davlatlaridan hisoblangan Rim imperiyasi paytida katta hajmdagi me’morlik ansambllari vujudga keldi, me’morlikning yangi tiplari paydo bo‘ldi. Italiyaliklar qadimgi Gretsiya san’ati va madaniyatiga zo‘r hurmat bilan qaradilar. Uni ijodiy o‘zlashtirdilar, nazariyasini yangi ilmiy bilimlar bilan boyitdilar. Rim haykaltaroshligi va tasviriy san’atida ellinistik ta’sir juda kuchli bo‘lganligi o‘ziga xos rim san’atining taraqqiyotiga halaqit berardi. Keyinchalik rimliklar realistik portret, tarixiy mavzudagi relьef yaratish, mozaika, amaliy san’at borasida novatorlik namunalarini ko‘rsatdilar. Rim san’atining rivojlanish davrlari: 1. Rim respublikasigacha bo‘lgan davr (m.a. 3000 y-m.a.3 asr) 2. Rim respublikasi davri (m.a. 3 asr-m.a.1 asrgacha) 3. Rim imperiyasi davri (m.a. 1 asr oxiri-m. 5 asr) Qadimgi Rim san’ati Apenin yarim orollaridagi ko‘pgina xalqlar, jumladan, etrusklar, keyinroq Rim bosib olgan erlardagi boshqa xalqlar 10 san’ati ta’sirida rivoj topdi. Rim tarixining ilk bosqichi (m.a. VIII-VI asrlar) da etrusklar – «dengiz xalqlari» muhim o‘rin tutgan. Etrusk san’ati o‘ziga xos bo‘lib, unda Kichik Osiyo, keyinchalik Gretsiyaning ta’siri sezilib turadi. Etrusk san’atida realizmga intilish kuchli, buni etrusk zodagonlarining dahmalaridagi tasvirlarda ko‘rish mumkin. Ularda xo‘jalik hayotidan sahnalar tasvirlangan. Realistik an’analar portretlarda ham ko‘rinib turadi: vafot etganlarning niqoblari yoki inson boshi shaklidagi dafn idishlari, ayniqsa terrakota qabrtoshlarida. Etrusk haykaltaroshligi rim portret janriga katta ta’sir ko‘rsatgan. Rim me’morlari ham etrusklardan ko‘p narsalarni qabul qilgan. Etrusklar toshlardan katta-katta imoratlar solganlar, birinchi bo‘lib toshdan gumbaz va arkalar ishlaganlar. Etruriya shaharlari (Kere, Tarkvini, Veym, Klezium) baland, qalin, mustahkam devorlar bilan o‘ralgan.
Download 14,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish