Ikkinchi bosqich korxonaga ishga qabul qilingan yosh
mutaxassislar bilan ishlashdir. Ularga 6 oydan 1 yilgacha sinov muddati
belgilanadi. Yosh mutaxassislar bu davr mobaynida dastlabki ta’lim
kursini (korxona bilan batafsil tanishish) o’taydilar. O’qitish bilan bir
qatorda, yosh mutaxassislar yil davomida korxona bo’linmalarida
stajirovkadan o’tishlari ham rejalashtiriladi. Yosh mutaxassislarning
sinov davridagi o’qishlari va stajirovkalari atroflicha tahlil etilib,
rahbarlik lavozimiga zaxira guruhiga kiritish uchun dastlabki saralash
o’tkaziladi. Mutaxassis kar’erasini rivojlantirish rejalari va ular ijrosiga
oid barcha ma’lumotlar xodim barcha ish hujjatlarida rasmiylashtiriladi
hamda personalni boshqarish xizmati komp’yuter ma’lumotlar bazasiga
kiritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |