Punktuatsiya


Zidlov bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gaplar



Download 1,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/176
Sana04.03.2022
Hajmi1,55 Mb.
#482216
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   176
Bog'liq
qoshma gap sintaksisi punktuatsiya

Zidlov bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gaplar.
Zidlov bog‘lovchili qo‘shma gap qismlari 
o‘z semantikasiga mos grammatik shaklni talab qiladi. Shu sababli bunday qo‘shma gap qismlarini 
bog‘lashda 
ammo, lekin, biroq, balki
zidlov bog‘lovchilari, bu bog‘lovchilar vazifasida 
qo‘llanuvchi -
u(-yu)
yuklamasi ishlatiladi. Ular mazmunan zid bo‘lgan qo‘shma gap qismlarini 
bog‘laydi.
Zidlov bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gaplarda voqea-hodisaning yoki harakatning bir-
biriga zidligi, shunga qaramay ulardan birining yuzaga kelishi yoki yuzaga kelmaganligi 
ifodalanadi. Masalan: 
Vasiyatnoma shunday ham tiklangani ma’lum bo‘lgani rost, lekin bundan 
bolaning xabari yo‘q-ku
! (О‘.U.)
-u (-yu)
yuklamalari zidlov bog‘lovchilari o‘rnida qo‘llanib, zid munosabatdagi bog‘langan 
qo‘shma gap qismlarini bog‘lashga xizmat qiladi. Ba’zi hollarda bu bog‘lovchilar bilan birikkan 
qo‘shma gaplarda 
u(-yu)
yuklamasi zidlikni kuchaytirish uchun qo‘llanadi. Masalan: 
Ishim 
nihoyatda ko‘p-u, kelmaslikka ilojim yo‘q
. (So‘zl.)
Zidlov bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gaplarda ba’zan zidlik bilan birga to‘siqsizlik 
munosabati ham shakllanadi. Qiyoslang:
Men u bilan gaplashmadim, lekin uning ko‘zlari ba’zi-
ba’zida uzun kipriklari ostidan menga boqardi
. (I.R.) 
Ayiruv bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gaplar.
Ayiruv bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma 
gaplar ketma-ket yuzaga keladigan yoki bir-biri bilan almashinib turadigan, navbatma -navbat 
yuzaga keladigan birdan ortiq voqea -hodisa yoki harakatni ifodalab, semantik jihatdan ayiruv va 
ichki zidlik, izoh, qiyos, gumon, shart kabi ma’no munosabatlarni ifodalaydi.
1.
Bir.., dam.., ba’zan.., goh.. 
bog‘lovchilari bilan shakllangan qo‘shma gaplar ketma-ket 
sodir bo‘lgan voqealarni ifodalab, semantik jihatdan zidlik va izoh ma’no munosabatlarini 
anglatadi. Masalan: 
Dam jahlim chiqadi, dam kulgim qistaydi
. (O.) 
22
G‘ulomov A., Asqarova M. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. - Toshkent: О‘qituvchi, 1987. - B.164 -170. 
24
Qarang. Solixo‘jayeva S. Bog‘langan qo‘shma gaplar // Nurmonov A., va boshqalar. О‘zbek tilining 
mazmuniy sintaksisi. – Toshkent: Fan, 1992. - B.192 - 200. 


43 
2. 
Yo, yoki, bo‘lmasa 
ayiruv bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gaplarda voqea-hodisalardan 
faqat birining sodir bo‘lishi aks etadi hamda qiyos, gumon, shart ma’no munasabatlari ifodalanadi. 
Masalan: 
Mayli siz keting bu shahardan, yoki biz ko‘chib ketamiz.
(A.Q.)

Download 1,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish