Inkor bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gaplar.
Bunday qo‘shma gaplarda inkor
munosabati ifodalanadi. Qo‘shma gap qismlari
na...
inkor yuklama-bog‘lovchisi yordamida
bog‘lanadi. Bu bog‘lovchi qo‘shma gap qismlarining boshida takrorlanib kelib, yuzaga chiqmagan
voqea-hodisalarni ifodalovchi gaplarni o‘zaro biriktirib, bog‘langan qo‘shma gapni hosil qiladi.
Masalan:
... Na adresi bor, familiyasi bor, na pochta muhri.
(As.M.)
Inkor bog‘lovchili qo‘shma gaplarning kesimlari, odatda, tasdiq shaklida bo‘ladi. Ba’zi
hollarda ma’noni kuchaytirish uchun gap kesimi inkor shaklda ham qo‘llanadi. Masalan: ...
Bu
haqda na Kimsanoy bir narsa deya olmadi, na Anzirat xola
. (A.Q.)
Inkor bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gaplarning kesimlari bir xil so‘z bilan ifodalanib, bir
zamonda shakllanganda, ko‘pincha oxirgi kesim qo‘llanmaydi:
Bular orasida bo‘lib o‘tgan
mojarodan na Umidaning xabari bor, na Isroilning
. (A.Q.)
Matn talabi bilan inkor bog‘lovchili qo‘shma gaplarda ba’zan hamma kesimlar
qo‘llanmasligi mumkin:
Cho‘chima jigarim, o‘z uyingdasan bu yerda , na g‘urbat, na ofat, na
g‘am.
(G‘.G‘.)
Xullas, an’anaviy sintaktik ta’limotda bog‘langan qo‘shma gaplar:
biriktiruv, zidlov, ayiruv
va inkor bog‘lovchili bog‘langan qo‘shma gaplarga
ajratiladi. Har bir tur nafaqat bog‘lovchi
vositalariga ko‘ra, balki ularda aks etgan mazmuniy munosabatlar asosida ham o‘zaro farqli
belgilarini namoyon qiladi.
Bog‘langan qo‘shma gaplar ham barcha gap turlari kabi sintaktik shakl va u orqali
ifodalanuvchi mazmunning dialektik birligidan tashkil topgan butunlikdir. Bog‘langan qo‘shma
gaplarda semantik birliklarning har bir o‘z moddiy shakliga ega bo‘lganda, shakl va mazmun
birligi buzilmaydi. Masalan,
«Bahor keldi va hamma yoq yashil libosga burkandi»
gapida shakl
va mazmun bir-biriga muvofiq.
Shakl va mazmunning dialektik birligi ba’zan ziddiyatli bo‘lib, bu ziddiyat ularning bir-
biriga nomuvofiqligi holatlarida yuzaga keladi. Bog‘langan qo‘shma gaplarda shakliy-mazmuniy
nomuvofiqlik ko‘pincha yashirin (implitsit) ifodalar orqali yuzaga keladi. Ma’lumki, gapda hamma
fikr ham ochiq (eksplitsit tarzda) ifodalanavermaydi. Fikrni implitsit ifodalash asosida sintaktik
shakl va uning mazmuni o‘rtasida ziddiyat yuzaga keladi. Masalan,
«Gapirmoqchi edi, ammo tili
og‘ziga tiqilib qoldi»
gapida inkor xaraktyerda gi «
U gapirmadi
» axboroti ham ifodalanadi. Bu
axborot ayni bog‘langan qo‘shma gapning ichki strukturasidan yashirin tarzda anglashiladi. Zidlov
bog‘lovchili o‘ramning
(-moqchi edi, ammo)
presuppozitsiyaga ishorasi asosida tasdiq
xarakteridagi gapda inkorni bildiruvchi axborot shakllanadi va bu holat bog‘langan qo‘shma
gapda shakliy-mazmuniy nomuvofiqlikni yuzaga keltiradi. Bog‘langan qo‘shma gaplarda yuzaga
kelgan shakliy-mazmuniy nomuvofiqlik ularning noto‘g‘ri yoki chalkash tushunilishiga olib
kelmaydi. So‘zlovchi va tinglovchilarning borliq haqidagi umumiy bilimlari va til ko‘nikmalari har
qanday asimmetrik gapni, jumladan, bog‘langan qo‘shma gaplarni ham to‘g‘ri tushunishga yordam
beradi.
Bog‘langan qo‘shma gaplarni shakl va mazmun munosabatiga ko‘ra simmetrik va
asimmetrik gaplarga ajratish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |