Faoliyat turlari bo‘yicha pul mablag‘lari Harakati
Ko‘rsatkichlar
Hisobot davridatushumqilindi
Hisobotdavridafoydalanildi
Davr uchuno‘zgarishi
Davr boshi uchun pul mablag‘lari qoldig‘i
-
-
+125610
Operatsion faoliyat bo‘yicha mablag‘lar harakati
7329909
7146138
+183771
Investitsion faoliyat bo‘yicha
mablag‘lar harakati
4150
-
+4150
Moliyaviy faoliyat bo‘yicha pul mablag‘lari harakati
3816
39899
-36083
Soliqqa tortish
-
262808
-262808
Pul mablag‘larining jami sof o‘zgarishi
-
-
-110970
Hisobot davri oxiri uchun pul mablag‘lari qoldig‘i
-
-
+14640
Analitik tadqiqotlar natijasida pul mablag‘lari defitsiti sabablari borasida oldindan xulosalar chiqarish mumkin. Quyidagilar bunday sabablar sirasiga kiritilishi mumkin:
sotish, aktivlar va o‘z kapitalning past rentabelligi;
pul mablag‘larini ishlab chiqarish zaxiralari va tugallanmagan ishlab chiqarishga keragidan ortiqcha jalb qilish; zaxiralarga inflyatsiya ta’siri;
mutanosib moliyalashtirish manbalari bilan ta’minlanmagan ulkan kapital sarf-xarajatlar; inflyatsiyaning kapital qo‘yilmalarga ta’siri;
balans passivida qarz kapital ulushining yuqoriligi, shunga bog‘liq ravishda kredit va qarzlardan foydalanish uchun foizlar bo‘yicha katta to‘lovlar;
joriy aktivlar aylanuvchanligi koeffitsiyentining pasayishi, ya’ni korxona aylanmasiga qo‘shimcha pul mablag‘lari jalb qilinishi.
Umumiy pul oqimi nolga intilishi lozim, chunki faoliyatning bir turi bo‘yicha manfiy saldo boshqa turi bo‘yicha musbat saldo hisobiga kompensatsiyalanadi.
3. Pul mablag‘lari harakati tahlili (bilvosita usul)
Pul mablag‘lari oqimini bilvosita usul bilan o‘rganish uchun alohida analitik hisobot tayyorlash zarur. Uni ishlab chiqishda quyidagilar boshlang‘ich ma’lumotlar hisoblanadi: Buxgalteriya balansi (1-shakl); Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot (2-shakl); balansga ilovalar; Bosh daftar; jurnal-orderlar va boshqalar. Pul mablag‘lari harakatini bevosita usulda tahlil qilishning asosiy kamchiligi (ikkinchi savolni ko‘rib chiqishda qayd qilingani kabi) shundaki, u olingan moliyaviy natijalar va tashkilot hisobidagi pul mablag‘lari o‘zgarishining o‘zaro aloqasini oydinlashtirmaydi. Pul mablag‘lari kirimi miqdori olingan foyda miqdoridan jiddiy suratda farqlanadi. «Moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot» nomli 2-shaklga ko‘ra, tahlil qilinayotgan korxona 112,6 mln so‘mlik sof foyda olgan. Ayni vaqtda pul mablag‘lari tahlil qilinayotgan davrda 110970 ming so‘m qisqargan (11.4-jadvalga qarang) va buning bir nechta sababi bor:
2-shaklda aks ettiriladigan foyda (zarar) buxgalteriya hisobi ta- moyillariga mutanosiblikda shakllanadi, unga muvofiq xarajat va daromadlar ular hisoblangan hisobot davrida qayd qilinadi (pul mablag‘larining real harakatidan qat’iy nazar:
kelgusi davr xarajatlari mavjudligi;
kechiktirilgan, ya’ni hisoblangan to‘lovlar mavjudligi, ular mahsulot tannarxini oshiradi, pul mablag‘lari real chiqimi esa kuzatilmaydi;
joriy va kapital xarajatlar.
Joriy xarajatlar bevosita tannarxga aloqador, kapital xarajatlar esa uzoq vaqt davomida qaytariladi, lekin pul mablag‘larining sezilarli chiqimi aynan ular bilan birgalikda sodir bo‘ladi.
Nafaqat foyda, balki qarz mablag‘lar ham pul mablag‘larini oshirish manbayi bo‘lishi mumkin.
Uzoq muddatli xarakterdagi aktivlarni sotib olish foydada aks ettirilmaydi, ularni sotish esa moliyaviy natijani o‘zgartiradi.
Moliyaviy natija miqdoriga pul mablag‘lari harakati bilan bog‘liq xarajatlar (amortizatsiya) ham ta’sir ko‘rsatadi.
O‘z aylanma kapital tarkibidagi o‘zgarishlar. Joriy aktivlar qoldiqlarining ortishi pul mablag‘larining qo‘shimcha chiqimiga, qisqarishi esa kirimga olib keladi. TMQ zaxiralarini to‘plovchi tashkilotlar faoliyatida pul mablag‘lari chiqib ketishi muqarrar ravishda kuzatiladi. Bu zaxiralar ishlab chiqarishga qo‘yilmagunga qadar (sotilmaguncha) davom etadi, bunda moliyaviy natija miqdori o‘zgarmaydi.
Kreditorlik qarzi mavjudligi tashkilotga hali puli to‘lanmagan zaxiralardan foydalanishga imkon beradi.
Tashkilot rahbariyatini pul mablag‘lari mavjudligi va harakati haqida axborotlar bilan ta’minlash buxgalterning vazifalaridan biri hisoblanadi. Shuningdek, undan foyda miqdori hamda pul mablag‘lari o‘zgarishlaridagi tafovut sabablarini izohlash ham talab qilinadi. Pul mablag‘lari harakatini bilvosita usulda tahlil qilish shu maqsadda olib boriladi.
Bilvositausulda moliyaviy natija davr uchun pul mablag‘lari o‘zgarishlari miqdorida qator tuzatishlar kiritish yordamida hosil qilinadi. Birinchi bosqichda moliyaviy natija va o‘z aylanma kapital o‘rtasidagi mutanosiblik aniqlanadi. Buning uchun eskirishni hisoblash operatsiyalari va uzoq muddatli aktivlar obyektlarini hisobdan chiqarish bilan bog‘liq operatsiyalarning moliyaviy natijaga ta’siri bartaraf etiladi.
Amortizatsiya ajratmalari uchun eskirishni hisoblash mahsulot tannarxiga kiritiladi. Buning natijasida foyda kamayishi pul mablag‘lari qisqarishiga olib kelmaganligi uchun pul mablag‘lari real miqdorini aniqlash uchun hisoblangan eskirish miqdori taqsimlanmagan foydaga qo‘shilishi lozim.
Asosiy vositalar va boshqa aylanmadan tashqari aktivlarni hisobdan chiqarish ularning qoldiq qiymati miqdorida zararni yuzaga keltiradi. Bu hisobda qayd qilinadi, keyin esa moliyaviy natija kamayishi evaziga hisobdan chiqariladi. Ushbu operatsiya pul mablag‘lari miqdoriga ta’sir ko‘rsatmaydi, chunki mablag‘lar chiqimi sezilarli darajada avval – mazkur aktivlarni xarid qilish vaqtida sodir bo‘lgan. O‘z navbatida, amortizatsiya qilinmagan qiymat hajmidagi zarar miqdori foyda miqdoriga qo‘shilishi lozim.
Tuzatishning ikkinchi bosqichida o‘z aylanma kapitali va pul mablag‘lari o‘zgarishlaridagi mutanosiblik aniqlanadi.
Bunday tuzatish operatsiyalari jami joriy, investitsion va moliyaviy faoliyat bo‘yicha olib boriladi. Ushbu jarayon ancha mehnat talab qiladi, lekin tuzatish jadvallari ma’lumotlarida tashkilot rahbarlari va investorlar uchun qimmatli boshqaruv axborotlari mavjud bo‘ladi. Uning yordamida tashkilot rahbariyati joriy to‘lov qobiliyatini nazorat qilishi, qo‘shimcha investitsiyalar imkoniyatini baholashi mumkin.
Bilvosita usulda pul mablag‘lari oqimini hisoblash tartibi 11.5- jadvalda keltirilgan.
. Bilvosita usulda pul mablag‘lari oqimini tahlil qilish natijalariga ko‘ra quyidagi savollarga javob olish mumkin:
Pul mablag‘lari qanday hajmda va qaysi manbalardan olingan hamda ularni sarflashning asosiy yo‘nalishlari qanday.
Joriy faoliyat natijasida korxona tushumlarning to‘lovlardan ortishini ta’minlashga qobilmi (naqd pul zaxirasi).
Debitorlardan tushumlar hisobiga korxona qisqa muddatli majburiyatlarini qaytara oladimi.
Korxona tomonidan olingan sof foyda uning pul mablag‘lariga joriy ehtiyojlarini qondirish uchun yetarlimi.
Investitsion faoliyatni amalga oshirish uchun o‘z mablag‘lari (sof foyda va amortizatsion ajratmalar) yetarlimi.
Olingan sof foyda va pul mablag‘lari hajmi miqdorlari o‘rtasi- dagi farq nima bilan izohlanadi.