Pul mablag‘lari tahlilining mazmuni va vazifalari
Ixtiyoriy biznes ishlab chiqarish uchun resurslar (yoki qayta sotish uchun tovarlar)ga aylantiriladigan muayyan miqdordagi pul mablag‘i- dan boshlanadi. Keyin aylanma kapital ishlab chiqarish shaklidan tovar shaklga, sotish bosqichida esa pul shakliga o‘tadi. Aylanma kapital doiraviy aylanmasi asosiy xo‘jalik operatsiyalari bilan bevosita bog‘liq:
xaridlar xomashyo, materiallar, tovarlar va kreditorlik qarzi ortishiga olib keladi;
ishlab chiqarish debitorlik qarzi o‘sishi, kassa hamda hisob raqamidagi pul mablag‘lari ortishiga olib keladi.
Ushbu operatsiyalar ko‘p marta takrorlanadi, pul tushumlari va pul to‘lovlari bilan birga kuzatiladi. Shunday qilib, pul mablag‘lari harakati xomashyo, materiallar uchun pul to‘lash va tayyor mahsulotni sotishdan pul tushumi o‘rtasidagi davrni o‘zida qamrab oladi. Quyida- gilar uning davomiyligiga ta’sir qiladi: korxonaning yetkazib beruv- chilar tomonidan kreditlanish davri, korxonaning xaridorlar tomonidan kreditlanish davri, zaxira uchun xomashyo va materiallar topish davri, ishlab chiqarish va tayyor mahsulotni omborlarda saqlash davri.
Korxonalar faoliyat natijalarini baholash uchun quyidagi uch ko‘rsatkich muhim ahamiyat kasb etadi:
Mahsulotlar sotishdan tushum.
Foyda.
Pul mablag‘lari oqimi.
Ushbu ko‘rsatkichlarning mutlaq miqdori va ularning yil davomida o‘zgarish dinamikasi korxona faoliyatining samaradorligini tavsiflaydi. Biroq bozor sharoitida korxona uchun faoliyatning boshqa turlaridan topilayotgan pul mablag‘lari oqimi ham muhim o‘rin tutadi. Pul mablag‘lari tushumi to‘lovlardan ortib ketgan holatda korxona joriy va istiqbolda rivojlanishi uchun zaruriy raqobat ustunligiga ega bo‘ladi.
Korxona ishlab chiqarish faoliyati jarayonida ikki holatni majburiy ravishda e’tiborga olishi lozim:
Bir tomondan, joriy to‘lov qobiliyatini saqlab turish uchun yetarlicha hajmda pul mablag‘lari mavjud bo‘lishi zarur.
Boshqa tomondan, ushbu mablag‘larni joylashtirishdan qo‘shimcha foyda olish imkoniyati doimo mavjud.
Iqtisodiyotda pul mablag‘lari ancha cheklangan resurs hisoblanadi, shuning uchun korxonai muvaffaqiyati ko‘p jihatdan uning pul mablag‘larini samarali boshqarish qobiliyatiga bog‘liq bo‘ladi.
Aylanmadan tashqari aktivlar
Pul mablag‘lari
O‘z kapital
Moddiy- ishlab chiqarish
zaxiralari
Kredit va qarzlar
Debitorlik qarzi
Kreditorlik qarzi
11.1-chizma. Korxonada naqd pul harakati
Pul oqimlarini boshqarish quyidagi zaruratlar nuqtayi nazaridan korxona uchun ayniqsa muhim sanaladi:
balans likvidligini tartibga solish;
aylanma aktivlarni optimallashtirish (pul mablag‘lariga qisqa muddatli ehtiyojlarni baholash, material-ishlab chiqarish zaxiralari va debitorlik qarzini boshqarish);
kapital sarf-xarajatlar va ularni moliyalashtirish manbalarini vaqt bo‘yicha parametrlarini rejalashtirish;
joriy xarajatlarni boshqarish, ishlab chiqarish va tayyor mahsulot (ish, xizmat) larni sotish jarayonida ularni optimallashtirish;
iqtisodiy o‘sish prognozi.
Do'stlaringiz bilan baham: |