Pul mablag‘lari va ularni tahlili reja


Pul mablag‘lari kirimi tahlili



Download 321,82 Kb.
bet6/10
Sana19.03.2022
Hajmi321,82 Kb.
#501307
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
42 (2)

Pul mablag‘lari kirimi tahlili







Ko‘rsatkich nomi

Satr raqami



Summa, ming so‘m

Jumladan

Nisbiy miqdorlar



op. faol.

inv. faol.

mol. faol.

jami

op. faol.

inv. faol.

mol. faol.

A

1

2

3

4

5

6

7

8

9

Yil boshi uchun pul mablag‘lari qoldig‘i

230


125610























Kirim qilingan pul mablag‘lari
jami

220


7337875


7329909


4150


3816


100


100


100


100


Jumladan, Mahsulot so-
tishdan tushum

010


3206056


3206056








43,69


43,74








Xodimlardan tushumlar

030

208

208







0,01

0,01







Boshqa pul tushumlari

040

4123645

4123645







56,19

56,25







Nomoddiy aktivlarni sotishdan tushumlar

070


4150





4150





0,06





100





Olingan foizlar

110

941







941

0,01







24,66

Olingan
dividendlar

120

2875







2875

0,04







75,34

Jadval ma’lumotlari ko‘rsatadiki, pul kirimlarining umumiy miqdori 7337875 ming so‘mni tashkil qilgan. Ularning 99,89 foizi (43,69+0,01+56,19) operatsion faoliyatga, atigi 0,11 foizi investitsion va moliyaviy faoliyatga to‘g‘ri keladi. Hisobot davri uchun kirim qilingan barcha pul mablag‘lari miqdorida eng katta solishtirma og‘irlikka boshqa pul tushumlari – 56,19% va ish, tovar va xizmatlarni sotishdan tushumlar – 43,69% ega bo‘ldi.

Pul mablag‘lari chiqimi tahlili


Pul mablag‘lari chiqimi tahlilida quyidagi savollarga javob topish zarur:
 aktivlar aylanuvchanligi ko‘rsatkichlarida pasayish kuzatilmay- dimi;
 joriy aktivlar aylanuvchanligi sekinlashmaganmi;
 zaxiralar va debitorlik qarzlarining mutlaq qiymati o‘smayap- timi;
 qo‘shimcha pul oqimlarini talab qiluvchi tovarlar sotish hajmida keskin ortish kuzatilmaganmi;
 sof foydani taqsimlash bo‘yicha tavsiya qilingan me’yordan ko‘p darajada aksiyadorlarga ortiqcha to‘lovlar amalga oshirilmaganmi;
 davlatning byudjet tizimiga soliqlar va byudjetdan tashqari fondlarga badallar o‘z vaqtida to‘langanmi;
 mehnatga haq to‘lash bo‘yicha xodimlar oldida davomiy qarzdorlik yuzaga kelmaganmi.
Pul mablag‘larini sarflash yo‘nalishlari orasida quyidagilar asosiy ulushga ega bo‘ladi: boshqa pul to‘lovlari (85,41%); tovar va xizmatlar uchun yetkazib beruvchilar bilan hisoblashishlar (5,73%); xodimlar mehnatiga haq to‘lash (4,8%); boshqa soliqlar (3,53%); qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha dividendlar va foizlar to‘lovi (0,53%). «Xodimlarga va ular nomidan pul to‘lovlari» 020-modda bo‘yicha ishchi-xodimlarga to‘langan miqdor (mehnat haqi, mukofotlar shaklida), shuningdek, pensiya fondi, bandlik fondi, shaxsiy sug‘urta fondlariga to‘langan mablag‘lar miqdori, byudjetga daromad solig‘i bo‘yicha to‘lovlar, kasaba uyushmasiga ajratmalar, uy-joy fondiga alimentlar to‘lovi, xodimlarga berilgan bank kreditlari uchun to‘lovlar, xodimlarga xizmat ko‘rsatuvchi korxonalarga to‘lovlar, xodimlar bilan va ularning nomidan operatsiyalarga to‘g‘ri keluvchi hamda pul mablag‘larini sarflash bilan bog‘liq kassa va bankdagi hisobdan amalga oshirilgan pul mablag‘larining boshqa sarflari aks ettiriladi.
Korxona «Operatsion faoliyat bo‘yicha boshqa pul tushumlari va to‘lovlar» moddasi bo‘yicha (040-modda) «Xarajatlar» grafasida to‘langan miqdorni, «Kirimlar» grafasida esa – olingan pul mablag‘lari va royaltidan ularning muqobillari, turli xarakterdagi mukofotlar, komissiya yig‘imlari va boshqa daromadlar, savdo va dilerlik maqsadlarida tuzilgan shartnomalar bo‘yicha komissiyalar, konvertatsiya o‘tkazish uchun bankka komissiyalar va boshqalarni ko‘rsatadi.
Korxonaning faoliyat turlari bo‘yicha sarf-xarajatlarni pul tushumlari bilan taqqoslash muhim ahamiyatga ega.
11.4-jadvalga ko‘ra, hisobot davri uchun pul mablag‘lari qoldig‘i 14640 ming so‘mni tashkil qilgan va davr boshi uchun holat – 110970 ming so‘mga nisbatan kamaygan. Ushbu o‘zgarishga operatsion faoliyatdan pul mablag‘lari oqimi (183771 ming so‘m) va investitsion faoliyat (4150 ming so‘m) ta’sir qilgan. Biroq moliyaviy faoliyat va soliqqa tortish bo‘yicha 36083 ming va 262808 ming so‘m miqdorda pul mablag‘lari chiqimi sodir bo‘lgan.
Tashkilotning pul mablag‘lari harakatidagi salbiy holat mablag‘lar chiqimining kirimdan 10970 ming so‘mga ortib ketishi hisoblanadi. Moliyaviy barqarorlik uchun aksincha bo‘lishi lozim. Moliyaviy barqarorlikning zaruriy sharti sifatida operatsion faoliyat doirasida mablag‘lar kirimi va chiqimidagi shunday nisbat gavdalanadiki, bunda investitsiyalarni amalga oshirish uchun yetarli darajada moliyaviy resurslar ko‘payishi ta’minlanishi lozim
11.3-jadval

Download 321,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish