Psixologik trening asoslari. N. Ismoilova



Download 1,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet155/197
Sana03.01.2022
Hajmi1,67 Mb.
#314460
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   197
Bog'liq
psix tren

Frustrasiya  -  bu  maqsadga  erishishga  xalaqit  qiluvchi  barcha  to‘siqlardir  (shu  jumladan, 
ovqati  tugagan  oshxona  ham).  Agar  shaxsning  maqsadi  kuchli  motivasiyalangan  bo'lsa  va  u 
maqsadining  amalga  oshishidan  qoniqish  olishni  kutayotgan  bo‘lsayu,  uning  bu  istagi  to‘siqqa 
uchrasa, bunday holatda frustrasiya yanada kuchayishi mumkin. 
Frustrasiya  agressiyaning  paydo  bo‘lishi  uchun  motivasiya  hosil  qiladi.  D.Dollard  va 
M.Milleming ftkriga ko'ra, frustrasiyani keltirib chiqaruvchi sababga nisbatan agressiyani namoyon 
qilish  jamiyat  yoki  jamoatchilik  tomonidan  jazolanishi  yoki  kamida  muhokama  qilinishi  mumkin. 
Bunday  jazodan  qo‘rqish  esa  agressiyani  boshqa  nishonga,  ob’ektga  (eshikni  qarsillatib  yopish, 
aybsiz b o ‘lgan shaxsga ja h l qilish) yoki shaxsning o ‘z -o ‘ziga qaratilishi (suitsid sodir qilishi)ga 
sabab  bo'lishi  mumkin  (Dollard,  1939;  Miller,  1941)  Frustrasiya  va  agressiya  nazariyasi  borasida 
o‘tkazilgan  labaratoriya  tadqiqotlari  ikki  xil  natija  berganligini  ko'rish  mumkin:  frustrasiya  ba’zan 
agressiyani kuchaytirgan bo‘lsa, ba’zan aksincha, susaytirgan. Masalan, Yudjin Bemstayn va Filip 
Uorchel  o'tkazgan  tajriba  bunga  yaqqol  dalildir:  eksperimentatoming  assistenti  eshitish  apparati 
ishlamay qolayotganligi  tufayli hadeb  guruhiy qaror qabul qilishga xalal  beraveradi, bu hoi majlis 
ishtirokchilarida  frustrasiyani  keltirib  chiqazgan,  lekin  hech  qanday  agressiyaga  olib  kelmagan. 
Tadqiqotchilaming  fikricha  bu  yerda  frustrasiya  agressiyaga  sabab  bo'lmaganimng  sababi 
frustrasiyani keltirib chiqazgan manba aniq va yctarlicha tushunarli boiganidir. 
Frustrasiya  va  agressiyaning  aloqadorligi  ilk  nazariyalarda  oshirib  talqin  qilinganligini 
payqagan  Leonard  Berkovis  bu  nazariyani  qayta  ko'rib  chiqdi.  U  quyidagi  taxminni  ilgari  surdi: 


 
101
frustrasiya  jahl  va  agressiv  harakat  qilishga  emotsional  tayyorlikni  keltirib  chiqaradi  (frustrasiya 
agressiyani  emas,  balki  agressiv  harakat  qilishga  tayyorlikni  keltirib  chiqazadi).  Har  qanday  inson 
atrofidagilardan uning istaklariga mos harakatlami kutadi, agar uning bu kutuvlari amalga oshmasa 
yoki kutilgan harakatni bajarishiga imkoni bo’la turib, buni bajarmasa, bu hoi frustrasiyani keltirib 
chiqaradi  va  o'z-o'zidan  insonning  jahli  chiqishiga  sabab  bo'ladi  (Averill,  1983;  Weiner,  1981). 
Frustrasiyani  his  qilgan  odam  qachon  dilozorga  tashlanadi,  qachonki  uni  bunga  majbur  qilishsa. 
Agressiya  kelib  chiqishi  uchun,  albatta  va  har  doim  ham  frustrasiya  boiishi  shart  emas,  lekin 
frustrasiya  bilan  assosasiyalahadigan  stimullar  doimo  agressiyani  kuchaytiradi  (Carlson  &  Oters, 
1990). 
Bu nazariyaning asosiy jihatlari quydagicha ifodalanadi:  
- Frustasiya har doim biror-bir shakldagi agressiyaga olib keladi. 
 - Agressiyani chorlovchi masalalarda doimo uchta omil hal qiluvchi uluuniyatga ega bo'ladi:  
1. Sub’ekt tomonidan kutilayotgan bo'lg'usida erishiladigan mnqsudgn crishisli darajasi - agar 
shaxs  o‘z  oldiga  qo'ygan  maqsadiga  erishishi  anchii  vaqtgu  cho‘zilib  ketsa,  bunday  holat  albatta 
agressiyani chaqiradi;  
2.  Maqsadga  erishish  yo'lidagi  to'siq  kuchi  -  shaxsning  o'z  oldiga  qo'ygan  maqsadi  yo'lida 
uchragan  to'siq  yengib  bo'lmas  darajada  bo'lsa  yoki  shaxs  tomonidan  shunday  deb  tushunilsa, 
agressiya vujudga keladi.  
3.  Ketma-ket  ffustasiyalar  soni  -  agar  maqsad  yo'lida  bir-to'siq  ortidan  ikkinchisi,  uning 
ortidan  uchinchisi  kelaversa  va  bu  ketma-ketlik  davom  etaversa,  bu  albatta  shaxsda  agressiyani 
keltirib chiqaradi. 
Yuqoridagi  uch  holatni  quyidagicha  tushuntirish  mumkin:  sub’ekt  o'z  oldiga  qo'ygan 
maqsadidan  qoniqishni  qay  darajada  ko'p  kutsa,  bu  yo'lda  to'siqlar  qay  darajada  kuchli  bo'lsa  va 
to'siqlar qay darajada ko'p blokirovka qilinsa, agressiv xulq-atvorga turtki shuncha kuchli bo'ladi.  
Frustasiyalar ketma-ket sodir bo'lganda ulaming kuchi bir-biri bilan qo'shilib, katta kuchdagi 
agressiv reaksiyani tug‘dirishi mumkin. 
Bundan tashqari organizmdagi og‘riq va frustrasiya  (maqsadga  erishish  yo‘lida to‘siq paydo 
boiishi)  ko‘pincha  tushkunlik  va  adovat  hissini  keltirib  chiqarishi  va  buning  ortidan  agressiya 
yuzaga  kelishi  olimlar  tomonidan  tasdiqlangan.  Agar  frustrasiya  qo‘rquv  yoki  ikkilanish  tufayli 
kelib  chiqqan  bo'lsa,  shaxs  alamini  (agressiyasini)  ko‘pincha  boshqalardan  oladi.  Bu  holat  fanda 
“agressiyani chiqarib yuborish” fenomeni deb ataladi. 
 O ‘z agressiyasini chiqarib yuborish uchun shaxs turli xil nishoniami topadilar. Misol sifatida 
quyidagi  tarixiy  holatni  keltirish  o'rmli.  Germaniya  Birinchi  jahon  urushida  mag'lubiyatga 
uchragach,  bu  davlatga  iqtisodiy  tartibsizlik,  inqiroz  kirib  keldi  va  ko‘pchiiik  nemislar  buning 
alamini olish uchun yevreylami tanlashdi va ularga nisbatan yovuzlikni his qila boshlashdi. A.Gitler 
hokimiyat  tepasiga  kelishidan  ancha  oldin,  bir  nemis  lideri  shunday  degan  edi:  “Evreylar  -  bu 
bizning agressiyamizni chiqarishimiz uchun juda qulay ob’ektdir. Agar yevreylar bo'lmaganida edi, 
ulami o'ylab topishga to‘g‘ri kelgan bo'lardi” (G.W.Allport. 1958). O'rta  asrlarda odamlar o'zidagi 
qo‘rqinch  va  agressiyani  jodugarlarga  ko'chirishgan,  vaqti-vaqti  bilan  ulami  gulxanda  kuydirib, 
alamini chiqarib yuborganlar. 
Hozirgi  kunda  agressiyani  chiqarib  yuborilishi  yuzasidan  quyidagi  holatlami  kuzatish 
mumkin:  
1.  Oila  muhiti  -  ba’zi  oilalarda  ota-ona  o‘z  ag-essiyasini  o‘z  juftiga  yoki  farzandlariga 
namoyon qiladi. Bu psixologik jihatdan katta xato hisoblanadi, chunki bunday xatti-harakat bolada 
agressiv xulqning shakllanishiga olib keladi. 
 2.  Ijtimoiy  muhit  -  ayrim  kishilar  o‘z  agressiyasini  oiladan  tashqarida  -  o‘z  tengqurlari, 
hamkasblari  b  lan  bo‘lgan  munosabatlarda  namoyon  qilishga  harakat  qiladilar.  Bu  ham  o‘ziga 
yarasha  muammolami  keltirib  chiqarishi  mumkin,  ya  ni  agressiv  shaxsni  o‘sha  guruhdagilar 
orasidan  siqib  chiqarilishi  o‘sha  shaxs  uchun  yolg‘izlanib  qolish  hissini  keltirib  chiqaradi.  Bu  esa 
muammo ustiga muammo tug‘dirmasdan qolmaydi. 
3.  Ommaviy  axborot  vositalari  -  bugungi  kunda  aksariyat  kishil—r  o‘z  agrcssiyalarini 
kompyuter  va  uyali  telefon  vositalaridagi  o‘yinlar  orqali  bartaraf  etishga  urunayotganligi  haqidagi 


 
102
fikr  keyingi  paytlarda  ko‘pchilik  tomonidan  e’tirof  etilmoqda.  Bu  ham  o‘ziga  xos  muammoni 
yuzaga  keltirmoqda,  ya’ni  bunday  kishilar  aksariyat  hollarda  agressiv  o‘yinlar  bilan  mashg'ul 
bolishadi va bunday o‘yinlar ularda agressiv hulq-atvomi yanada kuchaytiradi.  
 

Download 1,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish