96
•do stona munosab.at taktikasi (umumiylikka asoslanib muammoni yechishga tayyorlikni
ifodalash, zarur ma’lumotni topib berish, yordam taklif etish va h.k.);
• bitim tuzish taktikasi (bir-birga o’zaro yaxshilik qilish, va’dalar berish, yon berish, uzr
so‘rash).
Nizoning kechishi va ishtirokchilarining tavsifi o’rtasida o’ziga xos zanjir vazifasini
о
taydigan holat mavjud bo’ lib, u bir tomondan nizoli xulq-atvor, ikkinchi tomondan nizoli
vaziyatning quyidagi elementlami o'z ichiga olgan obrazlari ga bog’liq:.
1) nizo ishtirokchilarining o‘zi haqidagi qarama-qarshiliklar (o‘z ehtiyojlari, imkoniyatlari,
qadriyatlari, maqsadlari va h.k.);
2) nizo ishtirokchilarining qarama-qarshi tomonlar haqidagi tasavvurlari (ulaming ehtiyojlari,
imkoniyatlari, qadriyatlari, maqsadlari va h.k.);
3) nizoning har bir ishtirokchisining qarama-qarshi tomon uni qanday qabul qilayotganligi
haqidagi tasavvurlari;
4) nizolashuvchi tomonlaming nizo yuz bergan muhit va sharoitiar haqidagi tasavvurlari.
Nizoli vaziyatning obrazini tahlil qilish nima uchun zarur? Nizoli xulqni nizoning qarama-
qarshiliklaming mavjudligi emas, aynan nizoning sub’ektiv kartinasi belgilab beradi, ya’ni nizoli
vaziyatning buzib, noto‘g‘ri idrok etilishi quyidagilarda namoyon bo’lishi mumkin:
1) butun bir vaziyatni noto g‘ri talqin etish — vaziyaiga yuzaki qarash, faqat oq-qora tarzida
baho berish, informasiyani o ‘z foydasiga filtrlash, uni n o to ‘g ‘ri qabul qilish va h.k.;
2) nizodagi xatti-harakat motivlarini nito‘g‘ri idrok etish — masalan, o‘z foydasiga ijobiy
motivlami, qarshi tomonga esa eng qabih, tuban motivlami qo'shib-chatish;
3) harakatlar, fikr-mulohazalar, xulq-atvor kabilaming buzib talqin etilishi — o'ziga nisbatan
quyidagi tarzdan ishlatilishi smumkin: «men to‘g‘ri qiidim», «men shunday qilishga majbur
boTdim», «uning o‘zi aybdor, chunik meni shunga uning o‘zi majburiadi», «hamma shunday
qiladi»; va qarshi tomonga nisbatan: «u menga qasdma-qasd shunday qilyapti», «u ataylab shunday
qilyapti» va h.k.;
1972 yilda K. Tomas va R. Kilmenn nizoli vaziyatlarda namoyon boTadigan xulq-atvoming 5
xil shakli (stili)ni ajratib ko‘rsatgan:
1. Hamkorlik — barcha tomonlaming manfaatlarini hisobga olgan holda birgalikda bir
qarorga kelish. Hamkorlik quyidagi jihatlari bilan foydali boTadi:
• taraflar o‘z pozitsiyalarini saqlab qolishlar va sabab va oqibatlami chuqur tahlil qilishlari
uchun ularda imkoniyat (vaqt va istak) boTadi;
• kelishmovchilikning o'mini toTdiruvchi elementlarini topish imkoni boTadi;
• qaror yoki yechimning bir nechta variantlari ishlab chiqish mumkin boTadi;
• yuzaga kelgan qarama-qarshiliklami, tushunmovchiliklami konstruktiv hal etish imkoni
boTadi;
• tomonlar nizodan chiqish variantlarini tahlil etishga tayyor boTishadi
2.
Do'stlaringiz bilan baham: