Psixologik trening asoslari. N. Ismoilova


NIZO  -  shaxslararo  munosabatlar  jarayonida  o‘zaro  qarama-qarshi  bo‘lgan  ziddiyatli



Download 1,67 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/197
Sana03.01.2022
Hajmi1,67 Mb.
#314460
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   197
Bog'liq
psix tren

NIZO  -  shaxslararo  munosabatlar  jarayonida  o‘zaro  qarama-qarshi  bo‘lgan  ziddiyatli 
manfaatlar va munosabatlaming to‘qnashuvidir. 
Nizo  deganda  (lot.  conflictus  —  to'qnashuv)  o'zaro  Munosabatlar  jarayonida  yuzaga 
keladigan qarshiliklami hal etishning anchagina keskin usuli tushuniladi. Bu jarayonda odatda nizo 
sub’ektlarining  o'zaro  qarshilik  ko‘rsatishlari  va  negativ  emotsiyalar  bilan  kechadi.  Agar  nizo 
sub’ektlari  o'zaro  tortishsa,  lekin  bu  jarayonda  neggativ  emotsiyalarni  boshdan  kechirmasa  yoki 
aksincha,  tortishmasalar  u  negativ  emotsiyalami  boshdan  kechirsa,  bu  holat  nizo  oldi  vaziyati 
hisoblanadi. 
Nizo  sub’ektlarining  tortishuvi  uch  xil  doirada  namoyon  bo'lishi  mumkin:  muloqotda,  xulq-
atvorda,  faoliyatda.  Har  qanday  nizoning  asosida  tomonlaming  qandaydir  voqe-hodisaga  nisbatan 
qarama-qarshilik  pozitsiyasi  yoki  ma’lum  bir  sharoitda  ulaming  maqsadga  erishishidagi  qarama-
qarshiliklari yoki qiziqishlari, istaklari, intilishlarining bir-biriga mos kelmasligi kabilar yotadi. 
Ko'pchilik  insonlar  nizoni  negativ  va  buzg‘unchi  xarakterga  ega  deb  tushunadilar.  Lekin, 
o‘zaro  munosabatlarda  yoki  tashkilotlarda  nizoning  boimasligi  o‘sha  munosabatlaming  yoki  o‘sha 
tashkilotning  “so‘lish”ga  olib  keladi.  Nizolar  javobgarlik,  manfaatdorlik,  qat’iylik  kabilarni 
rivojlantiradi.  Shuningdek,  anglangan  nizolar  kishilar  orasidagi  munosabatlaming  yaxshilanishi  va 
yangilanishiga  olib  keladi.  Nizolar  bo‘lmaganda  kishilaming  o‘z  muammolarini  anglashi  va 
ulaming  yechimini  topishga  harakat  qilishi  kamdan-kam  holatlarda  sodir  bo‘ladi.  Tinchlik  - 
tomonlaming ular uchun mutloqo yechimi yo‘qdek tuyulgan muammolami birgalikda yengib o‘tib, 
ma’lum bir yechimga kelishlaridir. 
Destruktiv  nizo  -  Tomonlardan  binning  manfaatla-i  ustun  qo‘yilganda  yuzaga  keladi.  Bunda 
quyidagi holatlar kuzatiladi:  
- Nizoning yechimi topilmaydi va uni boshqarish imkoniyati boy beriladi, 
-  G‘azab,  jahl,  dilsiyohlik,  hafagarchilik,  nafrat  va  qasos  xislarining  kelib  chiqishiga  sabab 
bo’ladi;  
- Juda kuchli stressga olib kelishi mmkin;  
- Odamlar o‘rtasida uzoq muddatli nizo va ixtilofni vujudga keltiradi. 
Konstruktiv  nizo  -  Tomonlaming  ikkalasi  uchun  ha—  teng  manfaatga  ega  boTgan  yechim 
topiladi va buning natijasida:  
• Yashirin imkoniyatlar va muammoning yangi qirralarining ochiladi; 
 • Muammo yechimining yangi yo‘llari, imkoniyat va usullari kashf etiladi; 
 •  Ishonch,  samimiylik,  hamkorlik  va  haqiqatni  tan  olishga  qaratilgan  yangi  munosabatlar 
o‘matiladi, tomonlami birlashtiradi. 
Aksariyat  hollarda  adabiyotlarda  “nizo”  tushunchasi  bilan  birgalikda  “nizoli  vaziyat” 
tushunchasi ham qoTlaniladi va bu tushuncha aynan nizo bilan bir xilda 188 
tushuniladi.  Shunga  ko'ra  nizoning  tuzilishi  haqida  gap  ketganda  aynan  nizoli  vaziyatning 
tuzilishini  ko‘rib  chiqish  mumkin  bo'ladi.  Har  bir  nizoli  vaziyat  o‘zining  ob’ektiv  mazmuni  va 
sub’ektiv ahamiyatiga egadir. 
Ob’ektiv tomonlarga: 
 • nizoning ishtirokchilari (tomonlari);  
.• nizoning predmeti; 
• nizoning ob’ekti;  
• nizoning mikro va makromuhiti. 
Subektiv  mazmun  tomonlaming  motivlari,  nizoli  xulq-atvor,  informasion  model  kabi 
elementlami o‘z ichiga oladi. Ushbu elementlami chuqurroq ko'rib chiqamiz. 


 
95
Nizoning  ishtirokchilari.  Har  qanday  nizoda  ham  asosiy  harakatlantiruvchi  kuch  -  odamlar 
bo‘ladi.  Ular  shaxsiy,  rasmiy  va  yuridik  shaxslar  sifatida  harakat  qiladi  yoki  gumhga  birlashadi. 
Nizoning ishtirokchilariga bog’iq holda nizoning quyidagi turlari ajratiladi:  
1. Shaxsning ichki nizosi — shaxsning tashqi muhitdan noroziligini va qaror qabul qila olmay 
qiynalishi  bilan  bog‘liq  ichki  kurashlar  natijasida  kelib  chiquvchi  kcskin  negativ  kechinmalardan 
iborat boTgan nizo.  
2.  Shaxslararo  nizo  -  ikki  yoki  undan  ortiq  alohida  shaxslar  o’rtasida  yuzaga  keladi.  Bunda 
ulaming ehtiyojlari, motivlari, maqsadlari, qadriyatlari, ustanovkalari va e’tiqodi kabilaming o‘zaro 
mos kelmasligi kuzatiladi.  
3. Shaxsiy—guruhiy nizo - ayrim holatlarda shaxsning xulq-atvori yoki xatti-harakati guruhiy 
normalar va guruhning kutishlariga mos kelmaganda yuzaga keladi.  
4.  Guruhlararo  nizo.  Bu  holatda  turli  guruhlaming  xulq-atvor,  norma,  maqsad,  qadriyatlarga 
nisbatan stereotiplarining o‘zaro to‘quashuvi yuz beradi. 
Nizoda ishtirok etishiga ko‘ra quyidagilami tahlil qilish (ajratish) mumkin:  
•  nizoning  asosiy  ishtirokchilari  (yoki  qarama-qarshi  tomonlar)  —  bir-birlariga  qarshi  faol 
harakatlami  amalga  oshiruvchi  kishilar,  ulaming  faol  harakati  qarshilik  ko‘rsatish  yoki  himoya 
reaksiyasi ko‘rinishlarida namoyon boTadi;  
•  qo'llab-quwatlovchilar  (tarafkashlar)  guruhi  —  o'zining  faol  harakati  yoki  ishtiroki  orqali 
nizoning rivojlanishi yoki barham topishiga olib keluvchi kuchlar;  
•  boshqa  ishtirokchilar  —  nizoning  rivojlanishi  va  natijasiga  epizodik  ta  sir  ko‘rsatuvchi 
sub’ektlar  (masalan,  g’alamis  fitnachilar;  raediatorlar,  ya’ni  orada  turuvchilar  va  hakamlik 
qiluvchilar; nizoni keltirib chiqaruvchilar). 
Nizoli  xulq-atvor  (xatti-harakat).  U  nizo  ishtirokchilarining  qarama-qarshi  harakatlaridan 
tashkil  topadi.  Nizoli  xulq-atvomi  strategiya  va  taktikaga  bo‘lish  mumkin.  Strategiya  nizoga 
nisbatan va nizoni hal etish shakllariga ko‘ra (masalan, o’zini chetga olish yoki passivlik, kelishuv, 
raqobat, hamkorlik). shaxsning 
о
 z yo’nalishini, ustanovkalarini belgilab olishi sifatida qaraladi.  

Download 1,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   197




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish