Polietilenni termik barqarorligini oshirish texnologiyasini ishlab chiqish


Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati



Download 1,12 Mb.
bet5/25
Sana23.07.2022
Hajmi1,12 Mb.
#841732
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
2 5312200789337315458

Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Ushbu magistrlik dissertatsiya ishi mahalliy xom-ashyolardan unumli foydalanish hamda ularni qayta ishlashga bag‘ishlangan. Shu bilan birga, stabillangan polietilen materiallari yaratish muammolarini hal qilishda modifikatsiya qilingan gossipol smolasini chet eldan keltiriladigan qimmatbaho termostabilizatorlar bilan almashtirish, shuningdek ular asosida polimer kompozitsion materiallar olish uchun ishchi retsepturalar ishlab chiqish aktual masalalardan bo‘lib, muhim ilmiy - amaliy ahamiyatga egadir.
Ishda gossipol smolasi bilan stabillangan polietilen kompozitsion materiallar olish texnologiyasi ishlab chiqildi, an’anaviy sanoat termostabilizatorlari hisoblangan Santanoks va Irganoks-1010ga nisbatan ishlab chiqilgan ushbu termostabilizator ishlatishga qulayligi, samaradorligi, zararsizligi va texnologiyasining soddaligi bilan farqlanadi. Polietilenni stabillash sohasidagi ko‘plab tadqiqotlar natijasida kompozitsion materiallar olish uchun gossipol smolasidan samarali stabilizator sifatida foydalanish imkoniyatlari aniqlandi, shuningdek ularning ishchi retsepturalari ishlab chiqildi.
Magistrlik dissertatsiya ishi kirish, 3 ta bob, xulosalar va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Adabiyotlar sharhida oxirgi yillardagi eng muhim ishlar, polietilenni gossipol smolasi bilan stabillash, uni modifikatsiya qilish mexanizmi, kompozitsion materiallar olish uchun ishlab chiqilgan retsepturalar, stabillangan polietilen kompozitsiyasining elektr xossalari bayon qilingan.
Ikkinchi bobda birlamchi moddalarning tavsiflari, sharoitlar, tadqiqot usullari, ishlab chiqilgan kompozitsion materiallar olish texnologiyasi, olingan stabilizatorlarning eng muhim xossalari berilgan.
Uchinchi bobda modifitsirlangan gossipol smolasi bilan stabillangan polietilen kompozitsiyalaridan amaliy jihatdan foydalanish yo‘lidagi tadqiqotlarning asosiy natijalari keltirilgan.
Ishning aprobatsiyasi. Ishning natijalari quyida muhokama etilgan: “PVX uchun to‘ldirgichlarni modifikatsiya qilish texnologiyasi”. «Qashqadaryo viloyatini innovatsion rivojlantirish: muammo va yechimlar» mavzusida respublika miqyosidagi onlayn ilmiy-amaliy anjumani maqolalar to‘plami, Qarshi, 2020 yil, 118-119 b.

Download 1,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish