Stabillangan va stabillanmagan polietilenning eskirishgacha bo‘lgan xossalari
Zichlik , g/sm3
|
0,9220
|
0,9198
|
0,9197
|
0,9197
|
0,9212
|
PTR, g/10 min
|
0,55
|
0,80
|
0,83
|
0,81
|
0,82
|
Uzilishga bo‘lgan mustahkamlik, MPa
|
26,05
|
27,75
|
27,84
|
27,92
|
28,12
|
Mol. massa taqsimoti
|
1,56
|
1,39
|
1,30
|
1,31
|
1,31
|
Tnach.pl., ºC
|
110
|
113
|
115
|
114
|
112
|
Karbonil gruppaning nisbiy miqdori, %
|
0
|
0
|
0
|
0
|
0
|
Cho‘zilishdagi nisbiy uzayish, %
|
860
|
870
|
880
|
875
|
875
|
6-jadval
Stabillangan va stabillanmagan polietilenning eskirishdan keyingi xossalari (250oS da 24 soatdan keyin)
Zichlik , g/sm3
|
0,9240
|
0,9570
|
0,9250
|
0,9263
|
0,9272
|
PTR, g/10 min
|
0,23
|
0,56
|
0,58
|
0,52
|
0,51
|
Uzilishga bo‘lgan mustahkamlik, MPa
|
17,35
|
20,42
|
23,13
|
24,71
|
22,64
|
Mol. massa taqsimoti
|
1,24
|
1,11
|
1,15
|
1,09
|
1,08
|
Tnach.pl., ºC
|
125
|
129
|
135
|
132
|
131
|
Karbonil gruppaning nisbiy miqdori, %
|
29,76
|
16,52
|
14,98
|
12,65
|
13,57
|
Cho‘zilishdagi nisbiy uzayish, %
|
351
|
390
|
405
|
410
|
400
|
Olingan natijalarga ko‘ra gossipol moddasini polietilenni termik barqarorligini oshirishda va mahsulotni fizik-mexanik xossalarini yaxshilashda ishlatish mumkin ekan.
3.4. Stabillangan polietilenning yumshash haroratini aniqlash
Gossipol smolasi bilan stabillangan polietilenning yumshash harorati Vicat / HDT markali laboratoriya qurilmasida GOST 15088-2014 (ISO 306:2004) bo‘yicha tadqiq qilindi.
Olib borilgan tajribalar davomida stabillangan polietilenning yumshash haroratlarini o‘rganish jarayonida 3 ta namuna tayyorlab olinib, sinab ko‘rildi. Namunalarning qalinligi standart bo‘yicha: 1-namuna 3,54 mm, 2-namuna 3,63 mm va 3-namuna 4,0 mm qilib olindi. Tajriba xona haroratida 24,50S dan boshlandi. Apparatning qizish tezligi 500S/soat. 1-namunaga qo‘yilgan yuk (10 N) ostidagi igna 1 mm botib kirishi uchun ketgan vaqt 112,68 minutni, harorat esa ushbu vaqtda 118,40S tashkil qildi.
3.4.1.-tajriba. Gossipol smolasi bilan stabillangan polietilenning yumshash haroratini aniqlash.
8-rasm. Gossipol smolasi bilan stabillangan polietilenning yumshash harorati.
Izoh. Rasmdagi qizil rangli to‘g‘ri chiziq qurilmaning harorati, yashil, ko‘k va och qizg‘ish ranglar uchta bir xil namunaning haroratlari.
Olingan natijadan ko‘rinib turibdiki, polietilen tarkibiga termostabilizator sifatida gossipol smolasini kiritish har xil turdagi buyumlar ishlab chiqarish imkoniyatini berib, polietilenning yumshash haroratini ham biroz kamayganligidan dalolat beradi.
Stabillangan polietilenning suyuqlanish va qayta kristallanish haroratini aniqlash
Tadqiq qilinayotgan stabillangan polietilenning suyuqlanish va qayta kristallanish harorati Differensial skanerlovchi kalorimetr qurilmasida (DSC) D 3417-99 usuli bo‘yicha olib borildi.
Quyidagi tajribada stabillangan polietilen namunasining suyuqlanish harorati keltirilgan.
3.5.1-tajriba. Stabillangan polietilen namunasining suyuqlanish haroratini aniqlash.
9-rasm. Stabillangan polietilen namunasining suyuqlanish harorati.
3.5.1-rasmdagi keltirilgan tajriba-sinov natijasiga ko‘ra shunday xulosaga kelish mumkinki, stabillangan polietilen namunasini qayta ishlab turli maqsadlar uchun ishlatiladigan sifatli polimer mahsulotlari olish uchun ularning tarkibiga termostabilizator sifatida gossipol smolasining kiritilishi xuddi yuqoridagi polimerning yumshash haroratini kamaytirganidek, suyuqlanish harorati hamda qayta kristallanish haroratlarining pasayishiga ham sabab bo‘lar ekan. Bu esa texnologik jihatdan maqsadga muvofiq hisoblanadi.
3.6. Stabillangan polietilenning IQ-spektrlarini tadqiq qilish
Stabillangan polietilenning IQ-spektrlarini tadqiq qilish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlarda polietilenni stabillash maqsadida mahalliy yog‘-moy sanoatining chiqindisi – gossipol smolasidan foydalanildi.
Quyida stabillangan polietilenning IQ-spektrini o‘rganish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari keltirilgan:
3.6.1-tajriba. Tadqiqot uchun gossipol smolasi bilan stabillangan namunalarning infraqizil spektrlari «Spekord-75UR» spektrofotometrda 500-4000 sm-1 to‘lqin uzunligida tadqiq qilindi. Dastlab polietilenning o‘zi stabillangan polietilen bilan taqqoslash uchun alohida infraqizil spektri olindi. Quyidagi 3.6.1.-rasmda polietilenning IQ-spektri keltirilgan:
Do'stlaringiz bilan baham: |