Polimerlarning fotokimyoviy destruksiyasi. Xar xil to‘lqin uzunligiga ega bo‘lgan nurlar ta’sirida makromolekula destruksiyasiga uchrashi natijasida ozod radikallar va makroradikallar xosil bo‘lishi molekular massani, eruvchanlikni va boshqa xossalarining o‘zgarishiga olib keladi.
Nur yutilganda makromolekulaning kimyoviy bog‘lari uzilib ozod radikallar xosil bo‘ladi. Initsirlash natijasida makromolekulaning molekular massasi, tuzilishi va xossalari o‘zgaradi.
Nurlar ta’sirida boradigan kimyoviy destruksiya jarayoni fotoliz deyiladi. Bir vaqtning o‘zida nurlar, kislorod, namlik, kimyoviy agentlar ta’sir etsa, makromolekulada murakkab jarayonlar, ya’ni ularning fotooksidlanishi va gidrolizi sodir bo‘ladi. Polimerlarning fotokimyoviy destruksiyasi fotosensibilizatorlar ishtirokida tezlashadi.
Polimerlarning radiaktiv nurlar ta’sirida destruksiyasi. Radiaktiv nurlar ta’sirida polimer yuzasida erkin radikallar xosil bo‘lishi mumkin, bu erkin radikal tufayli zanjirlarning o‘zaro choklanishi, destruksiyasi va oksidlanishi mumkin. Masalan, polietilenda choklanish reaksiyasi quyidagicha ketadi:
Uzun zanjirli polimerlar yuzasida makroradikallar xosil bo‘lishining axamiyati katta. Bunday makroradikallarni polimerlarni modifikatsiyalashda ishlatish mumkin. Masalan, polietilendan olingan buyumni issiqlik bardoshligini oshirish uchun bu usuldan keng foydalanish mumkin.
Polimerlarni mexanokimyoviy destruksiyasi. Polimerlar mexanik kuch ta’sirida xam mexano-kimyoviy destruksiyaga uchraydi. Mexanik energiya ta’sirida birinchi navbatda polimerlaning molekular massasi kamayadi. Bu usuldan amaliyotda foydalanib xalq xo‘jaligida va sanoatda ishlatiladigan xar xil maxsulotlar olish mumkin (erkin radikallar xosil bo‘lishi xisobiga payvandli va blok-sopolimerlar olish mumkin).
Agarda polietilenni uy sharoitida qorong‘i xonada saqlansa, u xolda polimer strukturasi, molekular massasi o‘zgarmasdan (tarkibida oksidlanish ingibitori bo‘lmasa xam) uzoq saqlash mumkin. Polietilendan buyum ishlab chiqarishda strukturasini, molekular massasini saqlab qolish katta muammoga aylanadi.
Buyum ishlab chiqarishda polietilen isitilib uni oquvchan xolatga o‘tkaziladi, bu xolatda mexanik energiya ta’siri ostida unga shakl beriladi, bu tashqi muxitda olib boriladi (xavo, kislorod va xakozolar ta’sirida). Berilayotgan energiyaning bir qismi polietilen mokromolekulyasidagi kimyoviy bog‘larni uzilishiga sarflanadi va bu esa molekular massani o‘zgarishiga olib keladi.
Xosil bo‘lgan erkin radikal turg‘unmas bo‘lib u darrov kislorod molekulasi bilan birlashib peroksid radikal xosil qiladi.
Xosil bo‘lgan peroksid radikal xam turg‘un emas va boshqa polietilen molekulasidan vodorod atomini tortib oladi. Shunday qilib polietilenni oksidlanish reaksiyasi zanjirli reaksiyaga aylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |