Oksidlanish destruksiyasi. Polimerlarning oksidlovchi moddalarga chidamliligi unda oson oksidlanadigan guruxlar bo‘lishi yoki bo‘lmasligiga boqliq. Oksidlanish destruksiyasi ultrabinafsha (UB) nuri, radiatsiya, issiqlik, kislorod, kuchli oksidlovchilar (ozon, HNO3, KMnO4) va metallar (Fe, Cu, Mn) ta’sirida sezilarli tezlashadi. Oksidlanish destruksiyasi zanjirli reaksiya bo‘lib uni quyidagi reaksiyalar orqali tushuntirish mumkin:
Polimerlarning termik destruksiyasi. Termik destruksiya jarayonni kuzatish ko‘pincha inert gaz atmosferasida yoki vakuumda qizdirish bilan olib boriladi. Termik destruksiyaning xususiyatlari shundan iboratki, u nafaqat makromolekulaning polimerlanish darajasini kamaytiribgina qolmay, uning strukturaviy o‘zgarishi, shuningdek depolimerlanishiga xam olib keladi. Monomerning xosil bo‘lishi destruksiya jarayoniga va polimerning sintez usuliga, makromolekulaning tabiatiga bog‘liq bo‘ladi.
Organik kislota asosida termik barqarorlashtiruvchi moddalarni sintez qilish texnologiyasi
PVX ni termik destruksiyasi – bu bir vaqtda bir necha yo’nalish bo’yicha kechadigan murakkab kimyoviy jarayonlar kompleksidir. Reaksiya asosida HCL ning ajralishi sodir bo’lib, u makromolekulalar tarkibida poliyenli tuzilmalar hosil bo’lishiga va PVX rangining ketishiga hamda ekspluatatsion xossalarini yomonlashuviga olib keladi. Shuning uchun ham PVX ni termik barqarorlashtirish uchun T-mahsulotining qo’rg’oshinli tuzi asosida termik barqarorlashtiruvchi moddalarni sintez qilish talab etiladi. Bu termostabilizatorni quyidagicha olish mumkin.
Termostabilizatorlarni olish kimyoviy mexanizmini quyidagicha ifodalash mumkin: Benzoy kislotasi metall gidooksidlari bilan reaksiyaga kirishib, uning tuzlarini hosil qiladi.
Bu yerda, Me – Na, Ba, Ca va Pb
Quyidagi sxemada esa benzoy kislotasi asosida termostabilizatorlar olish texnologiyasi keltirilgan:
6-rasm. Benzoy kislotasi asosida termik barqarorlashtiruvchi moddalarni sintez qilish texnologik sxemasi
1 - dastlabki reagentlarni o’lchovchi idish; 2- reaktor; 3 - sintez qilingan mahsulot va ajralgan suv uchun oraliq idish; 4 - ajralgan suv uchun idish; 5 - sintez qilingan mahsulotni quritish apparati; 6- sintez qilingan mahsulotni maydalovchi barabanli tegirmon; 7- tayyor mahsulot uchun idish.
Shu maqsadda benzoy kislotasini metall gidroksidlari bilan reaksiyaga kiritib, uning tuzlari sintez qilindi va texnologiyasi ishlab chiqildi.
Benzoy kislotasi asosida termik barqarorlashtiruvchi moddalarni sintez qilish texnologik jarayoni quyidagicha amalga oshiriladi: oldindan o’lchab va tayyorlab olingan metall gidroksidlari eritmasi va benzoy kislotasi 1 o’lchov idishidan 2 reaktorga kelib tushadi. Bu yerda komponentlar rektordagi harorat 85oS ga ko’tarilguncha 1,5 soat davomida aralashtiriladi. Shundan so’ng reaksion aralashma 3 oraliq idishga olinadi va sovutiladi. Sovush davomida aralashma tinib, benzoy kislotasining tuzlari cho’kmaga tushadi va suv ajralib chiqadi. Ajralib chiqqan suv alohida 4 idishga olinadi. CHo’kmaga tushgan kristall holatdagi benzoy kislota tuzlari quritish uchun 5 quritish apparatiga yuboriladi. Quritilgan mahsulotni maydalangan poroshok holatga o’tkazish uchun 6 barabanli tegirmonga solinadi. Maydalangan mahsulot tayyor mahsulot sifatida 7 idishga solinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |