Eksperimentni rejalashtirish. Har bir namuna uchun natijalarning ishonchliligiga ta’sir qiluvchi omillarning o‘zaro bog‘langanligini hisobga olgan holda to‘liq uch faktorli eksperiment o‘tkazildi.
Eksperiment natijalarini hisoblash va ishlarning rasmiylashtirilishi standart dasturlar Misrosoft Offise Power Point - 2007 [Prezentation], Paint Misrosoft Offise- 2007, Misrosoft Offise Word - 2007, Misrosoft Offise Excel – 2007, Internet Explorer ga muvofiq kompyuterda amalga oshirildi.
II bob bo‘yicha xulosa Polietilen asosidagi kompozitsion polimer materiallari uchun mahalliy xom-ashyo gossipol smolasidan foydalangan holda polietilenni stabillash uchun kerakli bo‘lgan asosiy xom-ashyo va yordamchi materiallar tanlandi, ularning texnik –texnologik tavsiflari keltirildi.
Tajriba-sinov natijalarida gossipol smolasi bilan stabillangan polietilen asosidagi polimer kompozitsiya namunalarini fizik-kimyoviy va texnologik ko‘rsatkichlarini tadqiq qilish usullari aniqlandi.
III. TAJRIBA-TADQIQOT QISMI 3.1. Termik barqarorlashtiruvchi moddalar (TBM) Kompozitsion polimer materiallari, jumladan polietilen kompozitsiyasi tarkibiga ham turli xildagi TBM lar yoki boshqacha qilib aytganda termostabilizatorlar qo‘shiladi. Chunki polietilen ham boshqa polimerlar singari ma’lum haroratdan so‘ng termik destruksiyaga uchraydi. Buning oldini olish va mahsulotga kerakli xossalarni berish uchun unga TBM hamda boshqa qo‘shimchalar qo‘shiladi. Polietilen kompozitsiyasining termik barqarorligini oshirish maqsadida quyidagi moddalardan foydalaniladi: Santanoks va Irganoks-1010 va shunga o‘xshash ko‘pgina moddalar. Ular polietilen tarkibiga kirganda yuqori haroratda ajralib chiqayotgan gazlarni bog‘lab, uni o‘ziga yutadi va destruksiya ketishini oldini oladi. Polietilen asosidagi kompozitsion polimer materiallari tarkibiga qo‘shiladigan TBM larning ba’zilari termik barqarorlikni oshirish bilan bir qatorda kompozitsiya tarkibidagi boshqa qo‘shimchalarni ham asosiy polimer bilan yaxshi aralashiga ularni yog‘lab molekulalararo, ishqalanish kuchlarini kamaytirishga yordam beradi. Shunday turdagi maddalar borki ular kompozitsiya tayyorlash jarayoniga komponentlarini yaxshi aralashish uchun ham ichki va tashqi ishqalanish kuchlarini kamaytirishga yordam beradi. Bularga lubrikant K-11 va stearin kislotasi micol bo‘ladi. TBM larning hozirgi kundagi taqchiligi va qimmatligi hamda chet ellardan keltirishi mahalliy TBM lar yaratish majburiyattini yuklamoqda. Mahalliy xom- ashyolar sanoat chiqindilari asosida yangi xildagi TBM lar yaratish ustida hozirgi kunda Toshkent kimyo texnologiya instituti va Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti ilmiy xodimlari faol ishlar olib borishmoqda.
Ushbu ishda polietilenning termik barqarorligini oshirish uchun Santanoks va Irganoks-1010 kabi termostabilizatorlarning o‘rniga mahalliy yog‘-moy ekstraksiya zavodning texnologik chiqindisi gossipol smolasidan foydalanildi.
Polietilenning termik barqarorligini oshirish uchun gossipol smolasi bilan quyidagi tarkibdagi ishchi retseptura ishlab chiqildi:
4-jadval