Ammo Shayboniyxonning Movarounnahrda sinmagan qilichi Xurosonga kelib albatta sinur!
Izoh: Ushbu matnda “Mavarounnahrda” va “Xurosonda” so’zlari metonimiya sifatida qo’llanilgan. Ya’ni buyerda “shahri” so’zi tushurilib qoldirilgan. Tarjimon esa tarjimada buni quyidagicha izohlab bergan.
But Shaibani Khan's sword, which was not broken in Movarounnahr, will definitely break when it comes to Khurasan town! Izoh: Tarjimada ushbu matndagi “Movarounnahr” va “Xuroson” metonimiyalari ingliz tilida “in” predlogi hamda “town” so’zi orqali joy nomini izohlab bergan.
Qandahorgami, G’aznagami ko’chib ketish taraddusida emishlar deb eshitdim.
Izoh: Ushbu matnda “Qandahorgami” so’zi metonimiya sifatida qo’llanilgan. Ya’ni buyerda “shahri” so’zi tushurilib qoldirilgan. Tarjimon esa tarjimada buni quyidagicha izohlab bergan.
I heard that they are thinking of moving to Kandahar and Ghazna. Izoh: Tarjimada ushbu matndagi “Qandahorgami” so’zi “to Khandahar” “to” predlogi orqali shahar ma’nosini izohlab keltirilgan
Hirotda bitilgan bu g’azal tez kunda Samarqandu Andijonga ham etib borur,- dedi.
Izoh: Ushbu matinda “Hirotda” so’zi metonimiya sifatida ishlatilgan. Ya’ni “shahrida” so’zi tushirib qoldirilgan. Tarjimon esa tarjimada buni quyidagicha izohlab bergan:
This ghazal, written in Herat, will soon reach Samarkand and Andijan, he said. Izoh: Tarjimada ushbu matndagi “Hirot” metonimiyasi “in” predlogini qo’shish orqali tog’ tizmasi hamda shahar nomini ifodalab ko’rsatgan.
Pirimqul Qodirovning “Yulduzli tunlar” asarining Asliyat matnidagi frazeologik birliklarning tarjimasi va tahlili Frazeologiya (yun. phrasis — ifoda, ibora va ...logiya) — 1) tilshunoslikning tilning frazeologik tarkibini uning hozirgi holatida va tarixiy taraqqiyotida tekshiruvchi boʻlimi; 2) muayyan tildagi frazeologizmlar majmui. Tilshunoslik boʻlimi sifatidagi Frazeologiyaning asosiy diqqat eʼtibori frazeologizmlar tabiatini va ularning kategorial belgilarini oʻrganishga, shuningdek, frazeologizmlarning nutqda qoʻllanish qonuniyatlarini aniqlashga qaratiladi. Frazeologiyaning eng muhim muammosi frazeologizmlarni nutqda hosil qilinadigan (yaʼni avvaldan tayyor boʻlmagan) soʻz birikmalaridan farklab, ajratib olish va shu asosda frazeologizmlarning belgilarini aniqlashdir. Frazeologiya doirasiga maqol va matallar, folklorga xos barqaror jumlalar, baʼzi muloqot shakllari (salomlashish, xayrlashish jumlalari) ham kiritiladi. Lekin bu masala, yaʼni Frazeologiyani keng maʼnoda tushunish masalasi hanuz munozarali boʻlib qolmoqda.