1-MAVZU: MUDIRA ISHINING MAZMUNI.
“Pedagogning yorqin fikr va ishtiyoqdan ilxomlanishi bo’lmasa, tarbiya
o‘lik sxemaligicha qoladi”.
V.A.Suxomlinskiy
REJA
Mudira maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari.
Dastur talablarining bajarilishiga mudiraning rahbarligi nazorati.
3. Mudiraning ota-onalar, jamoat oldidagi hisobdorligi va ish usullari.
Tayanch tushunchalar:
Mudira, komil inson, dastur, metodik, instruktiv, tashkliy-pedagogik, paradigma, sayrlarni kuzatish.
Mudira maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari. Maktabgacha ta'lim tashkilotida mudiraning roli, faoliyati ko’p qirralidir. Mudira maktabgacha ta'lim tashkilotining tashkilotchisi, rahbari, malakali pedagog, uning faoliyati maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarni komil inson qilib tarbiyalash vazifalarini to’la-qonli hal etishga qaratilgan. U bolalar tashkilotidagi ta'lim-tarbiyaviy, pedagogik va gigiyenik talablar muvofiq ravishda amalga oshirilishi uchun zarur shart-sharoitlami ta'minlaydi.O’z jamoasida ishchanlik, maqsadga qaratilgan inoqlik vaziyatini yaratadi. Ularga umumiy rahbarlik qiladi. Mudira o’z ishida davlatimiz va Maktabgacha ta'limi vazirligi tomonidan qabul qilingan qaror, qonunlarga amal qiladi va o’z ustida ijodiy ravishda ishlashni amalga oshiradi. Yuksak onglilik va siyosiy yetuklik, prinsiplilik, o’ziga va qo’l ostidagilarga talabchanlik, mudiraga qo’yiladigan asosiy talablardir.
Jamoadagi o’zaro to’g’ri munosabatlar, har bir xodimning mehnat va ishlab chiqarish intizomiga rioya qilishini nazorat qiladi. Rahbarlik mavqeyi mudirani o’z g’oyaviy, ma'naviy-ma'rifiy, siyosiy-huquqiy saviyasini va mutaxassislik mahoratini doimo ongli ravishda oshirishga, pedagogik bilimlarni, bolalarga ta'lim-tarbiya berish nazariyasi va amaliyotini puxta egallashiga, hozirgi bosqichda maktabgacha ta'lim oldida turgan vazifalami bilishga,o’z bilimlaridan faoliyatida foydalanishga majbur etadi. U dastur, metodik, instruktiv me'yoriy hujjatlarni puxta bilishi va amal qilishi kerak. U pedagogik jarayonning mohiyatini chuqur bilishi, kamchiliklami darhol bartaraf qilish choralarini ko’rishi lozim.
Maktabgacha ta'lim tashkilotida kadrlar rezervini shakllantirib, ular bilan doimiy ish olib boradi. Mudira bolalar bog’chasining butun faoliyatiga, bolalar bog’chasini obodonlashtirish, ko’kalam-zorlashtirish ishlariga rahbarlik qiladi. Smeta bo’yicha xarajatlarni to’g’ri taqsimlash, tashkiloti oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlash tartibini to’g’ri tashkil etish, bog’chani rejadagi bolalar bilan to’ldirish, ta'lim-tarbiya dasturining bajarilishi uchun javobgar, yozgi sog’lomlashtirish ishlari, pedagogik va xizmat ko’rsatuvchi xodimlarning bilimi, ishga nisbatan munosabati, ularning malakasini oshirish ishlari bo’yicha bosh rahbardir.
MTT rahbarining asosiy vazifalaridan biri qulay ma’naviy va psixologik o‘zaro hamkorlikni yaratish hisoblanadi. Faqatgina ijodiy ishlaydigan pedagoglar jamoasi bolalar bilan ta’limiy-tarbiyaviy ishlaming yuqori darajasini ta’minlashga, ijodiy shaxsni shakllantirishga qodir bo‘la oladi.
Jamoani boshqarishni san’at deb hisoblaydilar, unda tug‘ma “tabiatdan” boshqaruvchi bo‘lganlar yoki pedagogik menejment va ijtimoiy psixologiya nazariyasini o‘rganib, doimiy ravishda boshqaruv faoliyati ustida ishlaydiganlar muvaffaqiyatga erishadilar. Zamonaviy jamiyat shaxs faoliyatining iste’molchilik, madaniyatni o‘zlashtirish xususiyatidan yaratuvchilik va ijod xususiyatiga o‘tish, foydalilik jihatidan qadr-qimmat jihatiga o‘tish bilan tavsiflanadi. Shuning uchun ham zamonaviy rahbarga asosiy maqsadga erishish uchun pedagogik jamoaga ta’sir etishning g‘oyalari va usullari - shaxsning rivojlanishi, zamonaviy o‘zgarib boruvchi olamda yashash qobiliyatini bilish zarur.
V.A.Suxomlinskiy pedagogning rolini, uning bolalar tarbiyasiga o‘z shaxsining, individualligining ta’sirini ta’kidlab, quyidagicha yozgan edi: “Pedagogning yorqin fikr va ishtiyoqdan ilxomlanishi bo’lmasa, tarbiya o‘lik sxemaligicha qoladi. Chunki go‘dak yer yuzidagi ilk qadamidan boshlab, o‘zini uni tarbiyalayotgan, unga talablar qo‘yayotgan, o‘zining ma’naviy kuchini sarf etayotgan, o‘z idealini ta’kidlashni xohlayotgan inson bilan solishtira boshlaydi”.
Do'stlaringiz bilan baham: |