Mudira - maktabgacha tarbiya muassasasining tashkilotchisi rahbari, malakali pedagog. Uning faoliyati maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni komil inson qilib tarbiyalash vazifalarini to'laqonli xal etishga qaratilgan. U bolalar muassasalaridagi ta'lim-tarbiyaviy pedagogik va gigiyenik talablarga muvofiq ravishda amalga oshirilishi uchun zarur shart-sharoitlarni ta'minlaydi. O'z jamoasida ishchanlik maqsadiga qaratilgan va inoqlik vaziyatini yaratadi. Ularga umumiy rahbarlik qiladi. Mudira o'z ishida davlatimiz va Xalq ta'limi vazirligi tomonidan qabul qilingan qaror, qonunlarga amal qiladi va o'z ustida ijodiy ravishda ishlashni amalga oshiradi. Yuksak onglilik va siyosiy yetuklik, prinsiplilik, o'ziga va qo'l ostidagilarga talabchanlik. Bu mudiraga qo'yiladigan asosiy talablardir.
Mudiraning tashkiliy - pedagogik ishlarini rahbarligi,
Tashkiliy - pedagogik jarayonlarga quyidagilar kiradi.
Bayram ertaklarini o'tkazish va rahbarlik.
Ochiq tadbirlarni tashkil etish va rahbarlik qilish, ochiq tadbirlar va pedagogik jarayonlarni jamoa asosida kuzatish va tahlil qilish.
Masalan, ochiq mashg'ulot, sayrlarni kuzatish.
Xalq ta'limi bo'limlari tomonidan berilgan topshiriq asosida tarbiyachi va bolalarni ko'rik-tanlovlarga qatnashishi, yil tarbiyachisi, san'at bayrami, sport bayramlarini o'tkazish.
Mudiraning ta'lim-tarbiyaviy jarayonlarga rahbarligi quyidagilar:
har bir guruhdagi ta'lim-tarbiyaviy reja asosida ishlarni kuzatish va tahlil qilish, tarbiyachining ish hujjatlarini o'rganish va tahlil qilish guruhning ta'lim-tarbiyaviy ish rejasi, diagnostika daftari: bu o'tkazilgan ishlarning hisobotidir.
guruhning jihozlanishini, bunda guruhlarga qarab burchaklar soni takomillashib boradi.
Mudira har kvartalda bir marta umumiy ota-onalar majlisini tashkil etadi. Majlisni ota-onalar komitetining raisi olib boradi yoki yordam beradi. Mudira 1 xaftada 3 marta ota-onalarni qabul qiladi. Bunda ota-onalar tomonidan ba'zi bir muammo kamchiliklar bilan bolalar tarbiyasiga oid muammolar xal etiladi.
Muammo - har qanday tizimda mavjud va zarur bo'lgan holatdan chetga chiqishni tavsiflovchi vaziyat (voqelikni)ni anglatadi.
Normativ hujjat - normalar qoidasiga asoslangan
hujjatdir.
Masalan: Bolalarning yoshi bo'yicha yosh guruhlariga to'g'ri taqsimlash, xodimlarni shtat normasi bo'yicha ishga qabul qilish, smeta bo'yicha harajatlarni taqsimlash - sarflash, bolalarning ovqatlantirish normalari, tarbiyachilarning oylik ish haqlari va x.k. iborat.
Rivojlanish - bu insonning ruhiyati va organizmidagi sifatiy o'zgarishlaridir. Bu o'zgarishlar ijtimoiy muhit, uy-joy sharoitlari, uni qurshab turgan kishilarning ta'siri natijasida yuz beradi.
Rivojlanish - bu obyektiv jarayon bo'lib, tashqi va ichki boshqariluvchi omillar tomonidan miqdor va sifat jihatidan fizik va ma'naviy shakllanish, ya'ni, shaxsning fazilatlari, sifatlar va xulqlarning shakllanishi, tushunchalarning chuqurlashishi, kengayishi, osondan - qiyinga, oddiydan - murakkabga, mavhumdan - bilishga, oddiy hayot kechirish shakllaridan - oliy faoliyatga o'tish jarayonidir.
Rivojlanish sohasi (Domen) - bola shaxsi rivojlanishining jabhalari sifatida belgilanadi va odatda aniq bir yo'nalishda o'z aksini topadi. Bundan tashqari har bir alohida soha ichida ayrim aniq yo'nalishlar rivojianishiga tegishli bo'lgan bo'limga ajratiladi (masalan, "jismoniy rivojlanish, o'z-o'ziga xizmat va gigiyena yo'nalishdagi "mayda motorikani rivojlantirish bo'limi")
Stil - boshqarish uslubi - rahbar shaxsini psixologik, xarakteri orqali boshqarish.
Talab - aniq yosh davrida bolalar bilishi va bajara olishi shart bo'lgan talablar majmui.
Tarbiya - shaxsda muayyan jismoniy, ruxiy, axloqiy, ma'naviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon; insonning jamiyatda yashashi uchun zarur bo'lgan xususiyatlarga ega bo'lishini ta'minlash yo'lida ko'riladigan chora-tadbirlar yig'indisi.
Ta'lim - bilim berish, malaka va ko'nikmalar hosil qilish jarayoni, kishini hayotga va mehnatga tayyorlashning asosiy vositasi. Ta'lim jarayonida ma'lumot olinadi va tarbiya amalga oshiriladi. Ta'lim tor ma'noda o'qitish tushunchasini anglatadi.
Ta'limga yondashuv - kattalarning bolalar bilan ta'lim jarayonini tezlashtirish va talabni egallashga yo'naltirish maqsadida, uy yoki maktabgacha ta'lim muassasasida amalga oshiradigan faoliyat turlari. Ushbu chora-tadbirlar mazkur talabni o'zlashtirish va bajarishga yo'naltirilib, aksariyat hollarda ta'lim olish jarayoniga qiziqtirish uchun kattalar va bolalarning birgalikdagi harakatlari bo'lishi lozim.
O'qish - bilish, mashq va tajribalarni egallash orqali xulq va faoliyatning yangi shaklini paydo bo'lish jarayoni.
Hayot havfsizligi - berilgan talablar doirasida turli ko'rinishdagi rivojlantiruvchi faoliyatlar uchun xavfsiz muhitni tashkil etishga oid tavsiyalar.
Shaxsiy tayyorligi, atrof-muhitga, kattalarga, tengdoshlariga, o'simliklar dunyosiga, tabiiy xodisalarga, shaxsiy madaniyatni shakllanganligini nazarda tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |