Pedagogning yorqin fikr va ishtiyoqdan ilxomlanishi bo’lmasa, tarbiya o‘lik sxemaligicha qoladi


Dastur talablarining bajarilishiga mudiraning rahbarligi nazorati



Download 90,5 Kb.
bet2/8
Sana18.07.2021
Hajmi90,5 Kb.
#122266
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1mavzu maruza

Dastur talablarining bajarilishiga mudiraning rahbarligi nazorati. Maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari ta’lim – tarbiyaviy ishlarga, tashkiliy – metodik ishlarga, ma’naviy – ma’rifiy ishlarga bevosita mas’ul va javobgardir. MTTning nufuzi, bolalar qamrovi, ta’lim – tarbiya jarayoni sifatini rahbarning nazorati ostida bo’lishi barcha ishlarni tizimli olib boorish uchu asosiy me’zon hisoblanadi. Bu borada jamoada pedagogik faoliyat to’g’ri shakllangan bo’lishi lozim.

Pedagog faoliyati - bu pedagogik nazariya va pedagogik ijod - san’atga asoslangan faoliyatdir. Pedagogning shaxsi tarbiyalanuvchilar shaxsining shakllanishi omili bo’lishi uchun, u kasbiy bilimli, pedagogik jamoaning an’analarini saqlovchi va boyituvchi, uning qarashlari va qadriyatlarini e’zozlovchi uning ijodiy a’zosi bo‘lishi kerak!

Ijtimoiy munosabatlar, jamiyatda shakllangan ta’lim paradigmalariga ko‘ra, sharoitlarga yondashuvlarda farqli jihatlar mavjud. Ta’limning avtoritar, an’anaviy modelida yondashuv pedagogni va uning ijodiy imkoniyatini, kasbiy mahoratini yaratish, shakllantirish sifatida qaraladi.

F.Xersberg va uning yordamchilari tomonidan ijodiy faoliyat motivatsiyasi tamoyillari ishlab chiqilgan bo‘lib, ijodiy jamoani boshqarishda ulaming ko‘plarini nazarda tutish lozim, bulardan:

  • ko‘pgina insonlar, agar ish jarayonida ulaming shaxsiy qadr- qimmatlari va shaxsiy ishtiroklari ehtiyojlari qondirilsa, ishdan xursandchilikni his etadilar. Pedagog bilimli hisoblangan masalalardagi qarorlar uning hamkorligida qabul qilinishi muhim;

  • har bir insonga uning muhimligini his qilish yoqimli hisoblanadi, shuning uchun boshqarish san’ati - bu yana har bir xodimga umumiy muvaffaqiyatga erishishda uning mehnati muhimligini yetkazish, o‘z vakolatlarini ishchilarga topshirish, maqtovlami qo‘llay bilish malakasi hisoblanadi, bu ulaming faolliklari va ijodiy yondashuvlarini oshiradi;

  • ish jarayonida xursandchilik va muvaffaqiyatni his qilmagan ishchilar, ijobiy his-tuyg‘ulami tashkilotdan boshqa joylarda, tashqaridan izlaydilar. 0‘z ish joyida muvaffaqiyatni his qilmagan inson, o‘z kuchini boshqa yo‘nalishlarda muvaffaqiyatni izlashga yo‘naltiradi;

  • xodimlar tashkilotdagi ishning holati to‘g‘risidagi ma’lumotni qanday shaklda va qanday sur’atlarda olishlariga qarab, ma’muriyat uchun ulaming asl qadr-qimmatlari qanday ekanligi to‘g‘risida hukm chiqaradilar. Agar ma’lumot yashirin saqlansa yoki kechiktirib yetkazilsa, ular o‘zlarini ahamiyatsiz his qiladilar va natijada ulaming ijod qilishga tayyorlik darajalari pasayadi;

  • har qanday nazorat hayajonli va yoqimsizdir, hatto u obyektiv va yaxshilik sari bo‘lsa ham. Uning o‘z-o‘zini nazorat qilish bilan birgalikdagi qoilanishi ishchining motivini ko‘proq rag‘batlantiradi;

  • har bir xodim o‘z ish joyida o‘z-o‘ziga rahbar bo‘lishi kerak. Har qanday faoliyatda rahbar ishchining tashabbusi, uning o‘z-o‘zini ifodalashi uchun erkin muhitni qoldirishi lozim;

  • yaxshi ishning tan olinmasligi umidsizlikka olib keladi. Har bir yaxshi ishlaydigan xodim uning harakatlari moddiy va ma’naviy to‘g‘ri baholanishiga ishonch hosil qilishi lozim.

Rahbaming asosiy vazifasi - lavozim majburiyatlari va vazifalarini halol ijro etilishini nazorat qilishga imkon beruvchi xodimlarga ta’sir etish metod va usullarini tanlash hisoblanadi. Rahbar va xodimlaming munosabatlari subyekt - subyekt asosiga tayanadi, o‘zaro munosabatlar jarayonida muvaffaqiyatga erishiladi. Kasbiy muloqot dialog asosida quriladi, rahbar yagona to‘g‘ri qaror bo‘lgan joyda novatorlik bo‘lmasligini tushunishi lozim, chunki bunday yondashuvda boshqa, ehtimol eng yaxshi variantlar chetda qolib ketadi. Shuning uchun ham u doimo muammoni hal etish bo‘yicha boshqa yondashuvni taklif etayotgan insonni nafaqat tinglashi, balki qo‘llab-quwatlashi ham lozim.

Rahbar qo‘I ostidagilarga boshqaruvning “yumshoq usullari”dan foydalanib ta’sir etishi mumkin. Boshqaruv jarayonida yo‘naltirilgan va yo‘naltirilmagan ta’sir mexanizmlari qo‘llanadi. Yo‘naltirilgan ta’sir mexanizmi ishontirish va da’vat qilish hisoblanadi. Yo‘naltirilmagan ta’sir mexanizmi - taqlid qilish va yuqtirish hisoblanadi.

Rahbar ishontirish metodini qo‘llashda, insonlaming aql va tafakkuriga murojaat etadi. Bu holatda xodimlar va rahbar kasbiy bilimlar va tajribalari bo‘yicha teng hisoblanadilar va ikki tomon ham asosli dalillar, sharhlami keltirib ishontirishlari mumkin.

Da’vatdan foydalanish inson ma’lumotni hech qanday asos va isbotlarsiz qabul qilganida ulaming his-tuyg‘ulari va emotsiyalariga murojaat etish imkonini beradi. Da’vat, rahbar ob’ro‘, hurmat-e’tibor qozongan hollardagina samarali hisoblanadi. Da’vatning muvaffaqiyati shaxsning yorqinligi va kuchliligiga, rahbaming iroda kuchini boshqarish qobiliyatiga - kuch, ob’ro‘, o‘ziga ishonch hissini namoyon eta olishiga bog‘liq. Rahbar taqlid uchun namuna bo‘lishi kerak, qo‘l ostidagilar ongli ravishda yoki anglamagan holda deyarli doim rahbardagi ishlash uslubini, o‘zini tutish, suhbatni olib borish, ishga bo‘lgan munosabat va hatto xulq-atvomi o‘zlashtiradilar, bu unga nisbatan yuqori javobgarlikni talab etadi. Bundan muhim xulosa chiqariladi - ijodiy jamoani ijodiy rahbar boshqarishi lozim.

Jamoada hamfikrlar jamoasi tuzilgandagina muloqotning psixofizik darajasida bir individdan boshqasiga emotsional muloqotning ko‘chishi jarayoni sifatida yuqtirish metodi amal qiladi.

MTTda “ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo’yiladigan davlat talablari”, “Ilk qadam” davlat o’quv dasturi va bir qator me’yoriy hujjatlarga asoslanib ta’lim – tarbiya ishlari tashkil qilinadi. MTT rahbari ya’ni mudira doimiy nazoratga oladi.Dasturning har bir bo’limi amaliyotga joriy etilishi uchun reja ishlab chiqadi va uni belgilangan muddatda yoki vazifaga qarab doimiy nazorat qilib boradi.Nazoratni ijrosi ta’minlanishiga uslubchi ham javobgar bo’lib, mudiraga doimiy hisobot va takliflar berishi maqsadga muvofiq.Har bir guruh kesimida bolalrni nechog’lik talab darajasida ta’lim – tarbiya olishini kuzatishlar, suhbatlar, ochiq mashg’lulotlar va boshqalar orqali nazorat qiladi.Davlat talablari va o’quv dasturida berilgan talablarni bajarilishi har oyda ma’lumotlar va hisobotlar shaklida taqdim qilinishini nazorat qiladi. MTTda dasturning ijrosi tizimli olib borishi bolalarni maktabga tayyorlashda asosiy omil hisoblanadi.

Ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil qilishda qiyinchiliklarga yaki kamchiliklarga yo’l qo’ygan tarbiyachilarni malakali, tajribali pedagoglarga biriktiradi. Dastur talablari qoniqarli bajarilishini ta’minlamagan tarbiyachi o’qituvchilarga belgilangan taribda jazo qo’llaydi.Avvalo ta’lim-tarbiyani tashkil qilishda tarbiyachi – pedagoglarga yetarli shart-sharoit yaraib berish muhimdir.Zero sharoit bo’lmagan tizimda sifat bo’lmaydi.


Download 90,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish